O'quv – uslubiy majmua tarkibi


Qoliplarni sovitish va urib chiqarish



Download 30,62 Mb.
bet46/123
Sana01.01.2022
Hajmi30,62 Mb.
#288457
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
Металларга қуймакорлик йўли бн деформациялаб ишлов бериш УМК

Qoliplarni sovitish va urib chiqarish.

Quymaning qolipda sovish vaqti metallning issiqdik darajasiga, quyma devorining kalinligiga, qoliplash ashyosining issiqlik almashinuv xossasiga va boshka xossalariga karab aniklaniladi. Unchalik katta bulmagan oddiy, kichik kalinlikka ega bo’lgan quymalarning qolipda sovish vaqti bir necha dakikd atrofida bulsa, 50-60 tonnali katta kalinlikka ega bo’lgan quymalar qolipda bir necha kun, xattoki xaftagacha davom etadi.

Quymaning qolipda uzoq, sovishi iqtisodiy nuqtai nazardan ham foydasiz hamda texnologik jarayonni cho‘zadi. Quymaning sovish davomiyligini kiskartirish maqsadida ayrim hollarda sovitish uslubi kullaniladi. Masalan. quyma qolipdagi maxsus teshik orkali havo puflab sovitiladi. quymaning uurtacha sovish tezligi 2 dan 150 grad daqiqaga teng. Sovish tezligi quyma devorining qalinligiga va qotishma mustaxkamlik xossasiga karab tanlanadi. Quymalarda juda tez sovish jarayonini amalga oshirish devorlarining ichki va tashki qismda termik kuchlanishni hosil qilishga va yoriklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Quymakorlik sexlaridagi ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, quyidagi haroratda qolipdan ajratilgan quyma sifatli olinadi: cho‘yan quymalarda mayda kquymalar uchun 700-800°C o‘rta o‘rtachalar uchun 400-500° C; yirik massa uchun 300-400° C. bronzadan tayyorlangan quymalar uchun 300-500°C, alyuminiydan tayyorlangan quymalar uchun 200-300° issiqlik daraja, magniyli quymalar 100- 150°C atrofida qolipdan ajratib olinadi.

Quymani bu vaqtdan erta ajratib olish mustaxkamligi past yoki ichki

kuchlanish yukoriligi hisobiga yoriklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Seriyali va massali ishlab chiqarishda quyma maxsus mexanizmlar yordamida ajratiladi. Qoliplarni ajratish quymakorlik sexlaridagi eng og‘ir jarayonlardan biri hisoblanadi. Jarayonni amalga oshirish vaqtida juda katta mikdorda issiqlik va chang chiqadi.

Qolipni ajratish bulimida o‘rtacha holatdagi ish sharoitni ta’minlash uchun juda kuchli shamoylatish ventilyatsiyalari, tabiy chang bostirish va havoni tozalash imkoniyatlaridan foydalaniladi. Yirik qoliplarni bo’zish uchun esa kutarma traversalar ko‘llanailadi. Mexanizatsiyalashgan sexlarda qoliplar har xil jihozlarda bo’ziladi Bo’zilgan qoliplar qayta yigishga qaytariladi. Qolip aralashmasi qolipni bo’zish vaqtida reshetkalar orasidan lentali konveerga tushadi va qayta ishlatish uchun tozalanadi. Amaliyotda ajratishdan tashkari quymalarni tozalovchi avtomatik ajratish qurilmalaridak foydalaniladi.

Qolipdan ajratilgan quymalarning issiqlik darajasiga qarab sovitigich yoki o‘zakni ajratish uchun yuboriladi. Tarkibida organik boglovchilardan ta topgan o‘zak engil bo’ziladi. Qumgilli o‘zak va suyuq shisha aralashmasidan tayyorlangan o‘zaklar qiyinrok bo’ziladi. O‘zaklar tebranma-pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida bo’ziladi. Mayda quymalardagi o‘zaklar pnevmatik zubilalar yordamida bo’zib chiqariladi, murakkab quymalardagi o‘zaklar statsionar pnevmatik tebranma mashinalarda bo’zib chiqariladi.

Yirik po‘lat va cho‘yan quymalardan o‘zaklar bo’zish uchun gidravlik kameralardan foydalaniladi. Quyma buriluvchi stolga o‘rnatiladi va unga 50 dan 100 atrofida bosim ostida suv uriladi. Bu usulda bir vaqtning o’zida o‘zak urib chiqarish bilan birgalikda quymaning yuzalari tozalanadi. Yuvilgan va mayda qismlarga ajratilgan qumlarni ishlab chiqarishda qayta ishlatish mumkin. Pnevmatik tebranma qurilmasida o‘zaklarni ajratish vaqti qoliplarni ajratish ish sharoitidan kam fark qiladi. Shuning uchun ish sharoitini yaxshilash uchun qurilgan barcha choralar (shamoilatish, changni bostirish, shovkinga qarshi kurash ikkala bulimga ham zarurdir. Quymadan o‘zaklar buzib olingandan keyin karkaslar ajratib olinadi.

Keyin quymanin nuqsonlan mavjudligi tekshiriladi.


Download 30,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish