O`qituvchining nutqida paralingvistik vositalar. Ovozning kuchi


O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari



Download 406,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana07.09.2021
Hajmi406,98 Kb.
#167669
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maruza mashguloti. 10-mavzu

 

O’qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo’llari 

 

   



O‘qituvchi  pedagogik  faoliyatida  pedagogik  texnikaning  ko‘nikma  va 

malakalarini  mukammal  takomillashtirgan  holda  o‘z  mahoratini  oshirish  uchun 

quyidagi jarayonlarni bilishi lozim: 

 

Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun avvalo, o‘qituvchi 



o‘z fanini, o‘qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda bilishi, 

pedagogik va axborot texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini 

davr  taraqqiyoti  darajasida  bilishi,  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalay  oladigan 

bo‘lishi zarur. Chunki pedagogik texnika o‘qituvchilarning individual shaxsiy xusu-

siyatlariga  ham  bog‘liq.  Har  bir  o‘qituvchi  o‘z  tafakkuriga,  fikrlash  qobiliyatiga, 

o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak. Bu yo‘nalish 

va laboratoriyani o‘qituvchilarning o‘zlari mustaqil fikr yuritishlari, mustaqil bilim 

olishlari, pedagogik mahoratini oshirib borishlari orqali qo‘lga kiritadilar va mohir 

o‘qituvchiga  xos  fazilatlarni  tarbiyalaydilar  hamda  kasbiy  ideal  sari  harakat 

qiladilar. 

Pedagogik  texnika  sirlarini  mukammal  bilish  o‘qituvchining  tashkiliy  - 

metodik malakalarni egallashiga ham bog‘liq. Bu malakalar zarur bilimlar bo‘yicha 

ma’ruzalarni  tinglash,  maxsus  adabiyotlarni  o‘qish  orqali  qo‘lga  kiritiladi. 



Tashkiliy-metodik  malakalar  aytilgan  yo‘l-yo‘riqlar,  ko‘rsatmalarni  o‘zining 

individual kasbiy tajribasida sinab, ko‘nikma hosil qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.  

Tashkiliy-metodik  malakalarning  individual  xususiyatlari,  jamoa  va  guruh 

bo‘lib ishlash,  o‘qish,  faoliyat  ko‘rsatish  asosida  qurilgani  ma’qul.  Chunki guruh 

yoki jamoa bo‘lib o‘qish, ishlash har bir o‘qituvchiga refleksiv qobiliyatlari asosida, 

o‘zini  boshqalar  ko‘zi  bilan  ko‘rishni  va  baho  berishni,  faoliyatidagi  nuqsonlarni 

seza  bilishni,  muomala  va  xulq-atvorning  yangi  shakllarini  izlab  topish  va  sinash 

imkoniyatini  beradi.  Bu  esa  o‘z-o‘zini  bilish,  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  uchun  asos 

bo‘ladi va pedagogik vazifalarning yangi usullarini tekshirib ko‘rish, nazariy masa-

lalarini hal qilish uchun tajriba maydonini tashkil qilishga zamin yaratadi. Demak, 

tashkiliy  -  metodik  malakalarni  egallashda  guruh,  jamoa  faoliyati,  mashg‘ulotlar 

pedagogik texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi. 

Pedagogik  texnikani  egallashning  asosiy  yo‘llari  o‘qituvchining  malaka 

oshirish  kurslariga  ishtiroki,  ustoz  murabbiylar  rahbarligidagi  mashg‘ulotlar 

(ulardan  pedagogik  texnika  sirlarini  o‘rganish)  va  mustaqil  (kasbiy  jihatdan  o‘z-

o‘zini tarbiyalash) ishlashdir. Pedagogik texnika ko‘nikma va malakalarini egallash 

individual-shaxsiy salohiyat ekanligini hisobga olib, pedagogik texnikani egallashda 

va  uni  takomillashtirishda  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalash,  ya’ni  talabalik 

yillarida  o‘zida  tajribali  o‘qituvchilarning  shaxsiy  fazilatlarini  va  kasbiy  mala-

kalarini  shakllantirishga  qaratilgan  faoliyat  yetakchi  rol  o‘ynaydi,  deb  aytish 

mumkin.  Kasbiy  ideal  sari  intilishda  bu  harakat  pedagogik  texnikani  egallashda 

muhim rol o‘ynaydi. 

Pedagog  va  psixolog  olimlar  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlarning 

ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan 

qiyinchiliklarning  asosiy  sababi  aynan  pedagogik  texnikaga  oid  ma’lumotlarni 

bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib 

o‘tilgan  fikr va  mulohazalarga  e’tibor  qilmaslik,  pedagogik  faoliyatda nazariy  va 

amaliy tajribalarning yo‘qligi, o‘z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan baho berolmaslik 

oqibatida hamda o‘qituvchida individual pedagogik texnikani rivojlantirish, tahlil 

qilish  va  uni  takomillashtirish  yuzasidan  aniq  maqsadga  qaratilgan  pedagogik 

faoliyatning yo‘qligi mazkur qiyinchiliklarning asosiy sabablaridan biri ekanligini 

unutmaslik kerak. 

O‘qituvchi  mulohazasi  va  fikrining  til  vositasida  nutq  organlariga  ta’siri  va 

harakati bilan real tovushlar sifatida yuzaga keladigan nutq  – tashqi nutq bo‘lib, u 

ijtimoiy hodisadir. 

O‘qituvchining nutqiy faoliyati: so‘zlash, mutolaa qilish va eshitishdan iborat. 

Nutq hodisasi monolog, dialog, polilog, deklamatsiya hamda ayrim matn va kitob 

shaklida bo‘lishi mumkin. Nutq maxsus belgilangan tartibda o‘zining hajmi bilan 

notiqqa havola etiladi.  

Pеdаgоgik-psiхоlоgik  аdаbiyotlаr  tаhlili  аsоsidа  nutqning  quyidаgi  o’zigа 

хоsliklаrini аjrаtib ko’rsаtish mumkin: 

 

1. Funktsiyalаri: mulоqоt, shахsgа tа’sir ko’rsаtish, tа’lim vа tаrbiya vоsitаsi. 



2. Shаkllаri: tаshqi nutq (оg’zаki): mоnоlоg, diаlоg, pоlilоg; yozmа: dоklаd, 

rеfеrаt, аnnоtаtsiya vа bоshqаlаr; ichki nuqt. 




3. Nutq tехnikаsi: pеdаgоg оvоzining kаsbiy sifаti: tеmbr, intоnаtsiya, diktsiya, 

tеmpоritm (bir minudа 120 tа so’z). 

4. Nutqiy fаоliyat turlаri: o’qish, yozish, gаpirish. 

5. Nutq uslublаri: ilmiy, rаsmiy, so’zlаshuv, bаdiiy, оmmаbоp. 

6.  Nutqqа  qo’yilаdigаn  tаlаblаr:  tаlаffuzning  аniqligi,  ifоdаviylik, 

emоtsiоnаllik,  diktsiyaning  tushunаrligi,  tоvushlаrning  аniq  tаlаffuz  qilinishi, 

оbrаzlilik,  nutq  mаdаniyati,  so’zdаn  fоydаlаnish  qоidаlаrigа  riоya  qilish, 

tеmpоritmgа аmаl qilish. 

7.  Nutqni  egаllаshdа  yo’l  qo’yilаdigаn  kаmchiliklаr:  mоnоtоnlik, 

tеmpоritmning  оshib  kеtishi,  nоto’g’ri  diktsiya,  so’zlаrni  nоo’rin  qo’llаsh,  til 

qоidаlаrini buzish.  


Download 406,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish