OʻQITUVCHILARNI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH ALGORITMI. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim mazmunini modernizatsiyalash munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ishlar birmuncha jonlandi. 2017 yilda qabul kilingan «Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror[6] kasbiy oliy ta’limni o‘zgarib borayotgan jamiyat va mehnat bozori ehtiyojlariga tez moslashishga yordam beruvchi yangi ta’limiy texnologiyalarni, jumladan, distansion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va ulardan samarali foydalanishning zarurligi qayd etilgan. Turli kafedralar (ayniqsa, pedagogika va psixologiya kafedralari) o‘qituvchilarida pedagogik innovatsiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi ilmiy ishlarga katta qiziqish uyg‘ondi. Biz tadqiq qilayotgan muammoga oliygohlardagi nisbatan ijobiy siljishlar shakllantiruvchi tajriba-sinovlar o‘tkazishda hisobga olindi.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida tadqiqotchi pedagogika oliygohlaridagi o‘quv jarayonining turli bo‘g‘inlariga faol ishtirok etdi. O‘quv rejalari va dasturlarini innovatsion tayyorlashni amalga oshirishdagi imkoniyatini aniqlash maqsadida o‘rgandik va tahlil qildik, o‘quv jarayonida va pedagogik amaliyotda talabalarning harakatlarini bevosita kuzatdik, ularning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi darajasiga baho berdik. Bularning barchasi 2004-2005 o‘quv yilida ishlab chiqilgan, (2016-2021) o‘quv yilida takroran tajriba-sinov dasturining belgilangan variantiga muvofiq bajarildi.Shakllantiruvchi tajriba-sinov dasturiga muvofiq, tadqiqotimizga pedagogika institutlari o‘qituvchilari ham jalb qilindi. Buning uchun ularning talabalarni innovatsion tayyorlash bo‘yicha masalalarni yechishga tayyorligi darajasini aniqladik. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining ko‘pchilik kafedralari o‘qituvchilari o‘rtasida yozma so‘rov o‘tkazdik, bu so‘rov natijalari bizning alohida savollar bo‘yicha tahlillarimizni chuqurlashtiradi (3.8-jadval).
O‘qituvchilarning bo‘lg‘usi hamkasabalarini tayyorlashda pedagogik innovatika vazifalarini bajarishga tayyorligi darajasini tahlil qilish davomida ularning ichida sifatiy farqlarni aniqladik. So‘rov o‘tkazilganlarning ko‘pchiligi: ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedralari professorlari, dotsentlari, katta o‘qituvchilari, assistentlari o‘zlarining talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi bilan tanishligini tasdiqlashdi, bu masalani hal qilishda ishtirok etayotganliklari haqida aytib o‘tishdi.
3.8-jadval.
Professor-o‘qituvchilarning talabalarni innovatsion tayyorlash muammosi va vazifalariga munosabati
Pedagogika va psixologiya, xususiy metodika kafedralarining yuqori ko‘rsatkichlarini alohida qayd etib o‘tish kerak: so‘rov o‘tkazilganlarning barchasi o‘zlarining o‘qituvchilik faoliyatida biz o‘rganayotgan muammo bilan shug‘ullanishadi. Bu esa, o‘ylaymizki, haqiqatdir, chunki “innovatsiya” tushunchasining o‘zi ilmiy va ayni paytda pedagogik toifadir.
Bundan tashqari aynan ushbu kafedrada mehnat bozori sharoitida talabalarni kasbiy tayyorlashni takomillashtirish masalalari doimiy ravishda muhokama qilingan, bu esa ma’lum darajada biz o‘rganayotgan muammoni yechish bo‘yicha o‘qituvchilarning tayyorgarligi sifatini oshirgan. Anketa ma’lumotlari tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasida fizika-matematika fakultetining kasbga yo‘naltiruvchi kafedrasi sifatida ishlar yaxshi kechayotganidan dalolat beradi. Bu kafedrada o‘qituvchilar tarkibining biz ishlab chiqqan metodik tavsiyalarga muvofiq ravishda tadqiq qilinayotgan muammoga biriktirilishi 2004 yilda boshlangan. Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari o‘zlarining talabalarni tayyorlash jarayonida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida ilmiylik prinsipini amalga oshirishda ishtirok etibda savollarga yaxshi javoblar berishdi.
3.8-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, kasbga yo‘naltiruvchi kafedra o‘qituvchilari bilan bog‘liq vaziyat bir muncha yomonligiga ishonch hosil qilamiz. Bir qator o‘qituvchilar biz tadqiq qilayotgan muammo bilan tanish emas yoki uni yuzaki bilishadi. Shu bilan bir qatorda ularning ko‘pchiligi (ayniqsa, fizika kafedrasi o‘qituvchilari) bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda elementar ishtirok etish istagini bildirishdi: “Agar bu menga bog‘liqligini aytishsa, hal qilishga tayyorman”. “Sizning ilmiy ishingiz pedagogik innovatsiya muammosi bilan bog‘liqmi?” savoliga so‘rovda qatnashgan 114 o‘qituvchining 54 tasidan “ha”, 60 tasidan esa “yo‘q” javobi olindi. Anketadagi “Siz rahbarlik qilayotgan talabalar ITI mavzularida innovatsion tayyorgarlik masalalari bormi?” savoliga 114 kishining 50 foizi qoniqarli javob berishdi. Bu yerda masalani yechishda yana pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari “qutqarib qolishdi”. Shu bilan birgalikda innovatsiya masalalari hali kurs va bitiruv malakaviy ishlari mavzularida to‘liq o‘z aksini topmagani ma’lum bo‘ldi.
“Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashda o‘zingiz o‘qiydigan fan imkoniyatlaridan foydalanyapsizmi?” savoliga javoblar natijalari ijobiy javoblarning kamligidan dalolat beradi 114 kishidan 43 tasi bu savolga pedagogika va psixologiya, xususiy metodika kafedralari o‘qituvchilari nisbatan to‘g‘ri javob berishdi. “Etarlicha baholamaslik” kasbga yo‘naltiruvchi va ijtimoiy fanlar kafedralari o‘qituvchilari orasida kuzatildi.
O‘zining tajriba-sinovga asoslangan qarashlarini ifodalagan holda muallif turli vaqtlarda (talabalar innovatsion tayyorgarligi masalasining qo‘yilishini o‘rganuvchi tadqiqotchi sifatida) Termiz davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti Shaxrisabz pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universitetlarida ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarida, bir qator fanlar bo‘yicha joriy nazoratlarda ishtirok etdi va o‘quv-tarbiya jarayoni mazmuni yo‘nalishi, uning umumiy o‘rta ta’lim maktabi innovatsion sohasini boshqarish uchun bo‘lajak o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash shakllari va usullarini o‘rgandik. Bunda biz uchun anketa so‘rovi, kuzatish, suhbat, kafedra va dekanatlar faoliyatini o‘rganish tadqiqotning samarali metodlari bo‘ldi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash tajribasiga qaytar ekanmiz, yuqorida aytib o‘tilgan OTM faoliyatidagi o‘quv-tarbiya jarayoni pedagogik innovatika masalalari uchun innovatsion yo‘naltirilganlik bilan izohlanmasligini qayd etib o‘tish mumkin. Bu holat shakllantirilayotgan sinovning barcha talablarini bajarishda o‘qituvchilar tarkibning faolligini ta’minlash maqsadida bu tarkibni “qayta malakalashtirishni” nazarda tutadi. Maxsus kursning biz tomonimizdan ishlab chiqilgan mavzular rejasi aynan bozor sharoitida kafedralar o‘qituvchilari malakasini oshirishga xizmat qiladi (3.9-jadval).
Ushbu maxsus kurs 20016-2021 yillar davomida ushbu tadqiqot muallifi tomonidan Termiz davlat universiteti, Shaxrisabz pedagogika instituti va Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun o‘qilgan. Tinglovchilar orasida professorlar, dotsentlar, fan nomzodlari, katta o‘qituvchilar va assistentlar bo‘lganligini qayd etib o‘tish kerak. Ular avval yozma ravishda nazorat topshiriqlari bajarishdi. Bu topshiriqlar o‘z mazmuni bo‘yicha pedagogik innovatsiya bilan bog‘liq 10 ta savoldan tuzilgan edi:
“Pedagogik innovatsion faoliyat” tushunchasining mohiyati.
O‘quv predmetini o‘qitishda Siz tomondan joriy etiladigan yangiliklar mazmuni va xarakteri.
Pedagogik innovatsiyaga munosabatingiz.
Yangiliklarni o‘quv jarayonida qo‘llash malakangizni baholang.
Texnologiyalarni loyihalashtira olish malakangizga baho bering (maqsadlarni belgilash va metodlar, vositalarni tanlash, o‘qitish jarayoni modelini ishlab chiqish malakasi).
Axborot texnologiyasining mohiyatini ochib bering.
Masofaviy o‘qitshning mohiyatini ochib bering.
O‘qitishning kredit texnologiyasi mohiyatini ochib bering.