O'qituvchilar bilimini tashkil qilish. Ditaktika tushuncha sifati r ej a



Download 30,31 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2022
Hajmi30,31 Kb.
#683071
1   2   3
Bog'liq
Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida

- o`zbek tilida ta’limning qariyb o`n besh asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqligini,
-Prezidentimiz juda to`gri ta`kidlaganlaridek," fojeali o`tmish, bosib o`tgan mashaqqatli yo`l"ga ega ekanligini,
-bu silsilaning hozirgi kundagi holati uning zamonaviy oliy cho`qqisi bo`lib,
-oldinda, istiqbolda rivojlanish, davr bilan uyg`unlashishning deyarli cheksiz imkoniyatlariga ega ekanligini,
Kishilik jamiyati tomonidan to‘plangan tajribalarni yosh avlodga o‘rgatish jamiyatda yashashining zarur shartidir.
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlarida hali insonlar endigina tabiat qiyinchiliklari bilan kurasha boshlagan davrda ham o‘zlarining uncha ko‘p bo‘lmagan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatganlar. Masalan: gulxanni yoqish, yovvoyi hayvonlarini ovlash uchun qurollar tayyorlash yo‘llari va shu kabilarni o‘rgatganlar. Bu davrda Bolalarga hayot uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikmalarni o‘rgatish stixiyali holda amalga oshirilib, uni alohida faoliyat turi deb sanalmagan. Lekin bu biz hozir ta’lim deb atayotgan faoliyatning o‘zi bo‘lgan. Shuning uchun ham yosh avlodga insoniyat to‘plagan tajribalarni o‘rgatish orqali ularning jamiyat hayotiga qatnashtirish hamma vaqt hamma xalqlarning asosiy ijtimoiy funksiyasi bo‘lgan. Kishilik jamiyati yashar ekan ta‘lim hamma vaqt zarur bo‘lib qolaveradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida ijtimoiy tajribalar ko‘paya borgan sari, ta‘lim jarayonida beriladigan bilimlar mazmunining xarakteri va doirasi ham o‘zgaradi. Shunday qilib, ma‘lum dasturga asoslangan, ma‘lum maqsadga qaratilgan maxsus ijtimoiy dorilfunun-maktab paydo bo‘ladi. Endi esa maktabdagi faoliyat turi, uni amalga oshirish usuli va vositalarini asoslab berish zaruriyati paydo bo‘lgan.
Shunday qilib didaktika fani yuzaga keladi. Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir.Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahaiyatga ega.
Ma‘lumot-bu egallagan, tizimlashtirilgan bilim, ko°nikma va malakalar, hosil qilingan dunyoqarashlar majmui.
Ta‘lim-o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirilgan, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan va dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta‘lim va ma‘lumot bir-biri bilan mustahkam bog‘liq. Ma‘lumot bu ta‘limning natijasi, ta‘lim esa ma‘lumot olishning asosiy yo‘lidir.
Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi.
Didaktika sohasida birinchi asar yaratgan olim XVII asrning chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670). O‘zining mashhur asari «Buyuk didaktika» (1632y yozilgan, 1975y o‘zbek tilga tarjima qilingan) sida o‘qitish va tarbiya jarayonlari, o‘qitishning yo‘llari va didaktik printsiplar maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish kabi masalalarni ishlab chiqdi.
Markaziy Osiyo allomalari merosida ham didaktika sohasida yaratilgan bir qancha asarlarda ta‘lim qoidalari, ta‘limni tashkil etish, unda o‘qituvchining roli kabi masalalar bayon etilgan Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) «Tadbiri manozil», Abu Nasr Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to‘g‘risida», «Sharxlar», «Evklid kitobining muqaddimasiga sharxlar», «Hikmat asoslari» kabi bir qator asarlarida, Burhoniddin Marg‘iloniynng (1150-1187) «Ilmga kirishuvchi uchun birinchi asos» kabi asarlari shular jumlasidan.
Didaktika quyidagi masalalar bilan: ta‘lim jarayonining mohiyati, ta‘limni muvaffaqiyatli olib borish shartlari, ta‘limning vazifasi va mazmuni, ta‘limni tashkil etish shakli va metodlari, o‘quvchilarning bilimini tekshirish va baholash kabi masalalar bilan «Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida «Ta‘lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor» deb e‘lon qilinganligi ta‘kidlanadi. Hozirgi davrda didaktlar vatanimiz va chet ellar pedagogikasi va psixologiyasi yutuqlariga tayanib o‘quvchilarning faolligini va mustaqilligini oshirish, o‘quvchilarni bilimlarni mustaqil egallashga o‘rgatish, ularning bilish faoliyatlarini faollashtirish, darsni takomillashtirish, ta‘lim printsiplari va ta‘limning izchilligi va shu kabi muammolarda tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Didaktika ikkiga bo‘linadi:umumiy didaktika va xususiy didaktika.
Umumiy didaktika maktablarda o‘rganiladigan barcha predmetlarga xos bo‘lgan uquv jarayonining umumiy qonuniyatlari tekshiriladi va belgilanadi.
Xususiy didaktikada esa u yoki bu predmetni o‘rgatishga xos bo‘lgan didaktik qonuniyatlar tekshiriladi va belgilanadi.
Didaktika pedagogika fanlari sirasiga kirgani uchun ham ta‘lim sohasini tadqiq etishda pedagogik ilmiy-tekshirish metodlaridan foydalaniladi.
1.Kuzatish.
2.Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va umumlashtirish.
3.Didaktik eksprement.
4.Hujjat va arxiv materiallarini tekshirish (dars planlari, sinf jurnallari va h.) va o‘quvchilar ishlari (insho, kontrol, grafik ishlar, o‘quv ustaxonasida bajarilgan ishlar).
5.Suhbat va anketa.
Mustaqil O‘zbekistonda didaktika rivojlanishining hozirgi etapi «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi» ta‘lim oldiga qo‘ygan muammolar bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masalaa barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi. Shuning bilan birga hozirgi va kelgusi didaktika faqatgina shu masalani bajarish bilangina cheklanib qolmaydi.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» va «Ta‘lim to‘g‘risida»dagi Qonun ta‘lim oldiga qo‘gan muhm vazifalarni yechish hozirgi zamon didaktikasi zimmasiga tushadi.
Bular:
1) boshlang‘ich ta‘lim didaktikasi oldiga o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish yangi pedagogik texnologiya joriy etishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqish zarur;
2) boshlang‘ich ta‘lim standartlarini ishlab chiqishda fan bilan Bolaning bilim imkoniyatlari o‘rtasidagi birlikni o‘rganish sohasida keng tadqiqotlar olib borish;
3) o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ilmiy dunyoqarash va erkin fikrlashga o‘rgatish, mustaqil bilim olish va mustaqillikka o‘rgatish bugungi kun vazifasi. Chunki boshlang‘ich ta‘limdayoq bo‘larga e‘tibor berilmasa o‘quvchining mustaqil, erkin va ijodiy fikrlashga o‘rgatib bo‘lmaydi.
4) boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «Kadrlar tayyorlash Milliy modeli» talablari asosida tayyorlash. Ularni yuqori professional qobiliyatga ega, bilimdon, pedagogik mahoratli bo‘lishlariga erishish.
Uzluksiz ta’lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash milliy modelining tarkibiy kismlaridan biri deb, ta’kidlanadi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o‘kuv-tarbiya jarayonining hamma boskichlarini kamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yetishtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy tamoyillari (prinsiplari) belgilanadi. Bular ta’limning ustuvorligi, ta’limning demokratlashuvi, ta’limning insonparvarlashuvi, ta’limning ijtimoiylashuvi, ta’limning milliy yo‘nalganligi, ta’lim va tarbiyaning uzviy boglikligi, iktidorli yoshlarni aniklash, yukori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab kilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu konun-koidalar o‘kitish, bilim berish, ya’ni ta’lim jarayoniga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogikada ta’limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari aloxida, ya’ni didaktika kismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga ham aloxida to‘xtaladi.
Ta’lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta’lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta’lim maqsadining ta’lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Kraevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta’lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta’lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta’lim maqsadi ta’lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta’lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta’lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta’lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta’lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta’lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta’lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta’lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi.
Ta’lim maqsadi silsilasida ona tili ta’limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta’limi ona tilini ta’lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta’lim oluvchi ona tilini ta’lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta’limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta’limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta’limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?!
Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta’limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta’limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim.
Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?".1 Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta’limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma’naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta’lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta’lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi, ta’lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta’lim maqsadining tubdan yangilanishi, bу maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta’limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. Shuningdek, unda:
−"O`zbekistonda ona tili ta’limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi", degan fikrning noto`g`riligi;
−"ona tilida ta’lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" tushunchalari bir narsа emasligi;
− ona tilida ta’lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va ta’lim tili tushunchalari bir-biriga mos kelishi;
−ona tili ta’limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida ta’limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi;
−ona tilida ta’lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta’limi mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar batafsil bayon etiladi.
Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta’lim maqsadi tushunchasi, uning ta’lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi esa ona tilida ta’lim va ona tili ta’limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida ta’lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini yoritishga bag`ishlanadi.
Ta’lim jarayoni – bu mohiyatan ta’lim jarayoni ishtirokchilari –ta’lim oluvchi (o`quvchi, talaba, shogird, izdosh, payrav; tarixan – murid) va ta’lim beruvchi (o`qituvchi, muallim, murabbiy, ustoz: tarixan– pir, murshid)1 orasidagi ta’lim maqsadi asosidagi faol munosabatidir; ta’lim bilan aloqador barcha munosabatlar, uning barcha qirralari ta’lim ishtirokchilarida – ustoz va o`quvchida kesishadi. Inson barcha ijtimoiy munosabatlarning markazi, kesishish nuqtasi bo`lganidek, ustoz~o`quvchi ham barcha turdagi didaktik munosabatlarning kesishish nuqtasidir. Shuning uchun biz yuqorida ta’lim maqsadi, uning mazmuni, usuli, vositalari, ularning o`zaro aloqadorligi masalalarini ko`rib o`tyotgandа har doim o`quvchi~ustoz munosabati masalalari bilan to`qnashdik. Chunonchi, ta’lim maqsadining o`zi, eng avvalo, KIMni, qanday shaxsni yetishtirish masalasini o`rtaga qo`yadi. Bu shaxs kim? U O`QUVCHIdir! Kim uni yetishtiradi, tarbiyalaydi? U esa USTOZdir! Ular o`zaro qanday munosabatda bo`lishi kerak? Biz bu haqda yuqorida (ta’lim usuli bilan bog`liq ravishda) ikki xil yondashish mavjudligini va bu yondashishlarning har biri o`ziga xos shaxsni –
biri bilimdon, ijrochi, lekin mute, mo`min-qobil, passiv ijrochini,
ikkinchisi esa faol, bunyodkor, mustaqil ijodiy tafakkur sohibi bo`lgan tadbirkorni
tayyorlashga qaratilganligi haqida suhbatlashgan edik. Haqiqatan ham, o`quvchi~ustoz munosabati ta’lim jarayonining m a r k a z i y muammosi –ham ibtidosi, ham intihosidir. Ta’lim maqsadi, ya’ni jamiyatning tarbiya-ta’lim natijasiga qo`ygan ijtimoiy talabi, birinchi navbatda o`quvchiga qanday yondashish va ustoz qanday bo`lishi kerakligini, kimni yetishtirishni belgilaydi. Undan keyingina o`quvchiga nimani berish (ta’lim mazmuni), qanday berish (ta’lim usuli), nimalar orqali berish (ta’lim vositalari) masalalari turadi. Shuning uchun Prezidentimiz O`zbekistonda ta’limning tub islohoti dasturi bo`lgan tarixiy ma’ruzalarida bu masalaga alohida to`xtalib, jumladan, ustoz haqida shunday degan edilar: "O`qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o`zi ana shunday bilimga ega bo`lishi kerak."1 Shuningdek, zamonaviy o`quvchiga talab ham bu ma’ruzada "bilimga сhanqoq, bilim olishni o`zining oily maqsadi qilib qo`ygan"2 sifatida belgilanadi. Prezidentimiz o`quvchi-ustoz munosabatlariga ham alohida to`xtalib: "O`qituvchi va o`quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o`rnini ongli intizom egallashi" lozimligini, "o`qituvchining bosh vazifasi o`quvchida mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini hosil qilishdan iboratligini" ta’kidladilar1. Shuning uchun zamonaviy ta’limda o`quvchi o`rganishga intiluvchan, bilimga tashna, ehtiyojli, ustoz esa uni bu qiziqish va izlanishlari sari san’atkorona olg`a yo`llovchi, o`quvchining izlab topish baxtidan quvonishi va g`ururi uchun ilhombaxsh tashabbuskor, homiy va yetakchi bo`lmog`i lozim. Shundagina zamonaviy ta’lim o`z maqsadiga yetishgan bo`lishi mumkin. Bunday o`qituvchi va o`quvchini faylasuf shoir G`afur G`ulom mashhur "Yasha,- deyman, - o`g`lim! " she`rida ota va o`qil timsolida ajoyib tasvirlagan edi.
Ta’lim (o‘kitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p kirralidir. Unda o‘kituvchi va o‘kuvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffakiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining konun-koidalari, ya’ni ta’limga ko‘yilgan didaktik talablarga kay darajada amal kilishlariga boglik.
O‘kitish bilish faoliyatining ajralmas kismi sifatida, insonning tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy konunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli shaxsni o‘kitish, tarbiyalash, barkamol avlod kilib yetishtirish jarayonida bir butunlikda amalga oshirish zarur. O‘kituvchi kachonki ta’lim tamoyillaridan xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshkarish, o‘kitishning samarali usullarini to'g'ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘kitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muxim masalalarini nazariy va amaliy jixatdan to‘gri xal kilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim tamoyillari o‘kuv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustaxkam boglik xolda bir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maksadlarni xal etishga o‘z hissasini ko‘shadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda o‘kuvchi-talabalarga mustaxkam bilim berish, ularni erkin, mustakil fikrlay oladigan insonlar kilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining moxiyatini chukur anglash va xayotga tadbik etish muxim muammolardan biridir.
O‘kuv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy harakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuk va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘kituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘kuv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘kitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘kuvchi-talabalarni xozirgi zamon fan-texnika tarakkiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan kurollantirish, ayniksa talaba yoshlarni ilmiy-tadkikot usullari bilan tanishtirib borishga karatilgan.
Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham alokadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘kuv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bogliklik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma boskichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmok lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan boglab olib borish ta’limning yetakchi koidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya soxasidagi yutuklar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro boglikligiga asoslanadi. Shundagina o‘kuvchi-talaba o‘rganayotgan o‘kuv materiallarining tub moxiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘kituvchi ta’lim jarayonida o‘kuvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmok lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtiriishga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o‘kuvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘prok bilishga intilish, mustakil fikrlash va xulosalar chikarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘kitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.
O‘kitishda nazariy bilimlar kanchalik kat’iy bayon etilsa, o‘kuvchi talabaning fikr yuritishi ham shunchalik anik va ravshan bo‘ladi va o‘kuv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi islox kilinayotgan xozirgi jarayonda yoshlarning mustakil fikr yuritishi, mustakil suratda bilim olishga intilishi talab kilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘kituvchi o‘kuvchining mashgulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini kanday tutishga e’tibor bermogi lozim. Yoshlardagi o‘kish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantikiy kismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o‘kituvchining o‘kuvchilarni o‘kishga izchil va muntazam kiziktirib borishiga boglikdir. Buning uchun o‘kituvchi, ularni o‘kishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustakillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan xayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.
O‘kitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘kituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilish, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.
O‘kuvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyokarashi ham, irodasi va axlokiy sifatlari, imon-e’tikodi va kobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.
Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘kituvchi avvalo ta’limni uslubiy jixatdan to‘gri tashkil etishga, o‘kuv materiallarining mazmuni bilan boglik tarbiyaviy maksadlarni anik belgilashga va bilim olishga kiziktira olishga boglikdir. Shu bilan birga, o‘kituvchining o‘kuvchilar oldidagi obro‘-e’tibori ham muxim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O‘kitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko‘rsatish orkali o‘kuv materiallarini idrok kilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, dikkatni barkarorlashtiradi. Shuning uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos kelishi, o‘kuvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga muvofiklashgan bo‘lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va vositalarini ko‘llash va ishlab chikish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘kuv predmetlarining harakteri va mazmuniga karab turli-tuman bo‘lishi mumkin. Jumladan:
a) buyum va narsalarni asli tabiiy xolda ko‘rsatish (o‘simliklar, xayvonlar, gerbariy va kolleksiyalar, laboratoriya mashgulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chogida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar).
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish kilish (rasmlar, fotosuratlar, diafilmlar va diapozitivlar, kinofilmlar va boshkalar).
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orkali ko‘rsatish (o‘kuv haritalari, sxema, jadval va maketlar).
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli kinofilmlar).
Bilimlar turli yo‘l vositalari orkali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustaxkam esda koladi, bu esa o‘kuv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni boglashga, ko‘rsatmalilikka amal kilishga va bilimlarni takrorlash orkali mustaxkamlashga boglikdir. Ta’limning bosh maksadi esa bilimlarni sistemali va puxta o‘zlashtirishdir.
Ta’lim jarayonidagi muvaffakiyatlarga fakat bilim berishda o‘kuvchi-talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun o‘kituvchida bolalar psixologiyasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘kuvchilariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har kaysi o‘kuvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir boskichida e’tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘kituvchi o‘kuvchilarni kuzatishi va ularning ruxiy olamini o‘rganishi lozim. Fakat shundagina o‘kuvchidagi kamchiliklarning kelib chikish sabablari aniklanadi va ularni bartaraf kilish uchun izlanishlar olib boriladi.
ADABIYOTLAR:



Download 30,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish