0‘yma shaklidagi yer polotnosining namunaviy ko‘nda!ang kesimi ko‘rinishi 2.3-rasmda keltirilgan. Bunda yer polotnosining asosiy maydonchasi to‘kma shakl bilan bir xil. Asosiy maydonchaning ikki yonidan «kyuvet» deb ataluvchi bo‘ylama ariqchalar qurilib, uning chuqurligi 0,6 m, /—ajratma maydon belgisi; 2— tepalik ariqchasi; J—do‘nglik (kavalyer); oraliq ariqchasi; 5—ko‘tarma (banket); 6—temir yo‘l cheti (kyuvet) ariqchasi; 7— ballast qatlami; 8— yo‘l cheti; 9-grunt to'kmasi. Yo‘l tomonga oqib keladigan suv- iarni qochirish uchun kavalyerdan oldinroq tepa tomon ariq- chasi quriladi. 0‘yma yonbag‘ri chekkasidan (qosh chizig'idan) kavalyergacha boigan oraliqda kavalyer tomonga qiyalik bilan «banket» deb ataluvchi tuproq uyumi to‘kib tekislanadi. Bekatlar hududida ustki suvlar ko‘ndalang va bo‘ylama suv qochirish qurilmalari yordamida olib ketiladi. Odamlar ishlaydigan, yura- diganjoylarda bunday inshootlar yopiq turda quriladi. Katta bekat- lardan suvlarni olib ketish uchun kollektorlar va kanalizatsiya quvurlari, seryog‘in hududlarda esa jala quduq kanalizatsiyalari quriladi. Yer polotnosi tomondan yer osti suvlarini qochirish yoki uning sathini pastlash maqsadida maxsus drenaj inshoot- larini qurish ko‘zda tutiladi. Drenaj qurilmalari ochiq drenaj ariqchalari, lotoklari, yopiq turda kyuvet osti drenajlari yoki drenaj yo‘lagi ko‘rinishida quriladi.
Yer polotnosining deformatsiyalari va ularni bartaraf etish
Qurilish va foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilinganda yer polotnosining muqim holati yaxshi ta’minlanadi. Qoi- dalarga rioya etilmaganda, yer ustki qismi holati buzilganda yoki tabiiy ofatlar oqibatida yer polotnosida deformatsiya o‘zgarishlari paydo boiadi. Yer polotnosi asosiy maydon- chasining deformatsiyasi va buzilishlarida yonbag‘irning, yer polotnosi tarkibi va asosining buzilishlari farqlanadi. Bu ho- latlar bo‘sh zamin va noqulay tabiat ta’sirida ham paydo bo‘lishi mumkin. Yer polotnosi asosiy maydonchasining deformatsiyalari va buzilishi (zararlanishi) asosiy maydonchada chuqurliklar va do‘ngliklar ko‘tarilganda paydo bo‘lishi mumkin. Chuqurlik paydo boiishi asosiy maydonchada ballast qatlamining yer polot- nosiga o‘yilib kirishi natijasida sodir bo‘ladi. 2.5- rasmda yoining qiyshayib ketishi aks ettirilgan.
Yonbag‘ir buzilishlari gruntni yog‘ingarchilik suvlari bilan yuvilishi, grunt ayrim qismlarining umumiy holati buzilmay siljishi va tuproq ko‘chishi natijasida yuzaga keladi. Tog‘Iik joylarda esa yirik toshlar qo‘zg‘alishi yoki gruntning toshli massalari surilishi mumkin. Bularning sababi, odatda, yonbag‘irning yetarlicha mus- tahkamlanmaganligi, qiyaligining kattaligi, grunt zichligining kamligidandir (2.6- rasm). Zamin bo‘sh bo‘lganda yer polotnosida o‘pirilish, to‘kma joylarda cho‘kish, yer polotnosi asosida grunt ko‘tarilishi holatlari paydo bo'lishi mumkin. Cho£kishlar, o‘pirilishlar joyning geo- logik holatlarini sinchiklab tekshirish, yo‘lni ballast bilan ko‘tarish va boshqa tadbirlar bilan bartaraf etiladi 1.Geometrik rejaviy shakliga qarab necha xil park mavjud?
a)3 b)5 c)6
2.Yo`llar soni ko`p bo`lganda ushbu chizmalarda strelkali ko`cha uzunligi qanday o`zgaradi?
a)torayadi b) kattalashadi c) o`zgarmaydi
3.Qabul qlish jo`natish yo`llarning soni ko`p bo`lganda qanday shakildagi parkni qo`llash qulay?
a)baliqcha b)trapetsoit c) trapetsiya
4.Qabul qlish jo`natish va boshqa ko`plab parklar asosiy yo`lda qanday joylashgan trapetsiya yoki trapetsoitlardan tashkil topgan “baliqcha” shaklida loyxalanadi?
a)aksiometrik b)simmetrik c)to`g`ri javob yo`q
5.Bir yo`llik uchastkalrda asosiy maydonchaning ustki qisim kengligi necha metrni tashkil etadi?
a) 2.3 b) 2.4 c) 2.2
6.Grunt to`kmasining yo`l ustiga tushadigan qismi nima deb ataladi?
a) yer platfo`rmasining asosi b) yer platfo`rmasining pasti c) yer platfo`rmasining usti
7.Odamlar ishlaydigan yuradigan joylarda bunday inshoatlar qanday quriladi?
a) ochiq turda b) yopiq turda c) inshoatlar qurilmaydi
8.Yon bag`ir qyaligi qanday nisbatta qo`llaniladi?
a) 1;2 b)1;1.5 c) 1;3
9. Yo`lning bo`ylama o`q chizig`iga perpendikulyar kesim nima deb ataladi?
a) perpendikulyar b) yer palatnosi c) yer palotnosining ko`ndalang kesimi
10.Individual profillar murakkab topografik gidrogiologik gidrologik va iqlimiy sharoitlarda xamda yer polotnosi yon bag`ri balandligi necha metrdan ko`p bo`lmaganda qo`llanadi?
a)10 b)11 c)12
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
C
B
A
B
A
A
B
B
C
C
JAVOBLAR
E’tiboringiz uchun rahmat! Uyda qoling!!!