O’qituvchi va bolalar o’rtasidagi munosabatlar



Download 37,33 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi37,33 Kb.
#640116
Bog'liq
maqola


“O’qituvchi va bolalar o’rtasidagi munosabatlar”
O’qituvchi – avvalo bilimlar olam ilk bora tashrif buyurgan bolajon uchun hamma narsani bilguvchi, katta va mislsiz mahorat egasi ,ushbu jarayonning eng faol ishtrokchisi,hamma narsani so’zsiz hal qila oluvchi, hamma jarayonga bevosita aloqador , notanish dunyoning eng mukammal, eng kuchli bo’lgan ideal shaxsi hisoblanadi. Bolalar bu insonga nisbatan katta hurmat, ishonch bildiradi va uning iedalshaxs ekanligiga o’zi juda qattiq ishonadi. Shunday ekan ekan har bir o’qituvchi o’z o’quvchilari bilan , unga katta hurmat va ishonch bildirgan individ bilan alohida uning fe’l –atvoriga , holatiga, kayfiyatiga , kundalik faoliyatiga uning ruhiyatiga bevosita qalban his qilib, uning murojat etmasidanoq nima hohlayitganini his etishi kerak deb hisoblayman. Bu jarayonga avvalo insonlar ya’ni o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqat jarayoni birinchi va muhim jarayoni hisoblanadi.
O’quvchilar bilan muomula qilish pedagogning o’z o’quvchilari bilan muloqat olib borish mahoratini talab etadi. Buning uchun esa u so’zlashishni bilishi lozim. U darsni samarali olib borishni, suhbat, leksiya , hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi , umuman butun ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan muloqatni yo’lga qo’yishi lozim. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqat olib borilishi uchun o’qituvchi yetarli darajada qobilyatga ega bo’lishi kerak.Uning muomula madanyati o’quvchi mukammal shaxs deb bilganchalik yuksak darajada , jumladan nutqi ravon , har bir aytilayotgan so’zga nisbatan o’ta ma’asuliyat bilan yondashmog’I lozim , chunki har bir so’z insonni hayoti davomida hamroh bo’ladi va ustoz haqida bolaning fikr mulozalarini , tasavvurlarini boyitishiga hizmat qiladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog o’zining kasbiy tayyorgarligiga javob berishi bilan birga pedagog, o’qituvchi , tarbiyachi , muallim sifatida o’z zimmasiga ko’plab ma’suliyatlarni olishi zarur.Shuning uchun ham ustoz o’quchining individual ham rivojlanishini ta’minlash dolzarb muammo hisoblanadi. Buning uchun ta’lim jarayonida o’qtuvchining o’quvchiga bo’lgan aqliy rivojlanish dinamikasini o’stirish , bilim berish vaqtida shu bian birga har bir o’quvchiga alohida e’tiborda bo’lish muhim ahamiyatga egadir.Zero har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o’zaro munosabat va ta’sir shakllarini o’z ichiga oladi. O’qituvchi bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf-odat mezonlaridan saboq beradi . O’quvchilar muomula odobini , muloqat olib borish yo’llarini asosan o’qituvchi timsolida ko’proq anglab oladilar . Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qoladi. Shu bois pedagog hodimlar o’zlarining kasbiy , insoniy sha’ni , qadr-qimmatlarini himoya qilishlari , odob-axloq qoidalariga rioya etishlari , bola, o’quvchi shaxsning qadr qimmatini asrashlari , bolalarni mehnatga , qonunlarga , ota-onalarga , ma’naviy , tarixiy, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat , atrof-muhitga extiyotkorona munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari, ibratli faoliyatlari va shaxsiy namumalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga , haqiqat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik, va boshqa hayrli hislatlarga nisbatan qaror toptirishlari kerak.
O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga yetkazishga , ish borishini hal erishga hammani faol ishtrok etishga undaydi. O’zining vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o;quvchini rag’batlantiradi, shunda o’ziga ishinch paydo bo’ladi , o’’z-o’zini boshqarish rivojlanadi.
Kishining madaniyati , avvalo uning muomulasi , atrofigagi insonlar bilan munosabatida ko’zga tashlanadi. O’qimishli, madaniyatli , o’quvchisidan nimani, qanday so’rashni , yoki biror masala yuzasidan murojaat qilishini olilaviy munosabatlar daxldor masalalarga munosabt bildirish zarurati bormi yo’qmi yaxshi anglaydi. Dars vaqtida o’quchiga kayyfiyatini ko’tarish , unga nisbatan optimistik ruh bag’ishlash , uning o’z kuchiga ishonchini hosil qlish ham o’’qituvchining eng muhim sifatlatidan biri sanaladi. O’qituvchining muomula madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyati bilan bog’liq. Chunki nutq va unda ifodalangan har bir so’z kishiga ta’sir etuvchi qudratli psixologik kuchga ega. Uni faqat o’zining mazmuni bilan emas , balki so’zlovchining aytulatotgan fikrining ta’sir darajasi va qudratini yanada oshirishi mumkin.O’qituvchi nutqining negizida fikr turar ekan , fikrni bayon etishi har bir o’qituvchining saviyasi , ma’naviy dunyosi , madaniyatiga asoslanadi. Aynan shu munosabat va muloqat madaniyati o’qituvchi va bolalar o’rtasidagi munosabatga katta asos bo’ladi . Har bir o’qituvchi o’zi o’qitadigan yoki rahbarlik qiladigan sinf o’quvchisini ruhiy jihatdan to’g’ri tushuinishi qalaban his etishi nihoyatda zarur . Buning uchun ustoz o’quvchining oilaviy sharoiti atrofidagi o’rtoqlari, munosabatda bo’ladigan insonlaridan habardor bo’lishi lozim. Chunki munosabatlar insonning ya’ni o’quvchining ruhiy va ma’naviy holati bilan bevosita bog’liq. O’quvchinig oilaviy muhiti , yaqinlari, oila a’zolari , do’stlari ham uning kayfiyati bilan bog’liq bo’lgan ruhiy holati munosabatning asosiy bo’g’ini hisoblanishini inobatga olsak bu ish jarayonimizning asosiy qismidir. Shunga ko’ra biz bu aytib o’tilgan jarayonning asosiy qahramoni ya’ni o’quvchimiz bilan muntazam aloqada bo’lsak uning qalbida nima kechyapti, nimalarni his etayotganidan habardor bo’lshimiz juda muhim vazifa . Bolaga qanday amaliy va ruhiy, ma’naviy yordam kerak bo’lsa , biz ustozlardan shu vaqtda o’quvchimiz bizdan tortinmay botinib dardlarini , hursandchiligini ayta olishi shu jarayonga bizni sherik qila olsihi kerak deb hisoblayman . Zero ularni biz yaxshi tushunsak, his etsak ,yordam bersak ularni bu holatiga bizni munosib sherik deb hisoblasa bu bizning kasbiy va insoniy yutuqlarimizning munosib ko’rinishi bo’lsa ajabmas. Munosabat shakllarini hosil qilishning yana bir muhim manbasi bolaning psixologik temperamentlaridan o’qituvchinig habardor ekanligidir. Zero psixologik bilimga ega ustoz bolalar bilan munosabatga kirishishida qiyinchilik bo’lmaydi. Temperamentlar insonning xarakterini aniq belgilab berishi bilan birga o’qituvchi uchun muhim manbadir. Shu asosida bolalar bilan munosabatga kirishishimiz o’qituvchi va o’quvchi munobatimiz yana ishonchli bo’lishi mumkin.
Bolalar bilan iliq do’stona munosabatda bo’lishimiz muhim kasbiy faoliyatimizning muhim bo’lagi, zero o’quvchi bizni yaqin insonlari bilan bir safda ko’ra olishi, yoki undanda yaqin kishi ekanlimizni his etsa dars jarayonida, dars samaradorligida ham katta yutuqlarga erishishimizda muhim manbadir. O’qituvchi o’quvchi shaxsini hurmat qilishi va talabchanlik mezoni asosiga qurish pedagogning har bor o;quvchining kelajagiga umid bilan qarashi, unga individual tondashishga harakat qilishi , jazo usullarini qo’llamasligi , o’quvchilar jamoasini istiqbolli tarbiyaviy maqsad qoyishi va uning ravnaqi yo’lida intilishi lozim. Ta’lim tarbiya jarayoni yo’lga qo’yishda bolalar bizni o’ziga yaqin olishi va bu munosabatda ustozni qattiq hurmat qilishi, unga chin dildan mehr qo’ygani, undan chin ma’noda ruhiy panoh topgani asosiy mezon bo’lishi o’qituvching eng eng oliy mukofoti bo’ladi desam mubolag’a bo’lmaydi deb hisoblayman. Har bir o’qituvchi bu vazifani o’zning shaxsiy va kasbiy faoliyatida eng muhim vazifa sifatida o’z olidiga maqsad etishi lozim .
So’zim so’ngida hamkasblarimizdan bolalar bilan ayniqsa , axborot kommunikatsiyalari rivojlangan zamon bilan hamanafas zamonamizning yoshlari ya’ni bizning qo’limizda ta’lim olayotgan o’quvchilarmizni imkon qadar har biri bilan alohida mehr-muhabbat rishtalarini bog’lash orqali munosabat shakkaltini o’rnatishini taklif qilmoqchiman. Siz nima deysiz, aziz hamkasbim???

Sirdaryo viloyati , Xovos tumanidagi


10–sonli maktabning boshlang’ichi sinf o’qituvchisi Xolkuziyeva Zaynura Norbutayevna.
Download 37,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish