Mustahkamlash:
8- mashq. Berilgan gaplarga sabab yoki maqsad ravishlaridan mosini qo‘yib yozing.
1. Bu xabarni ... (ataylab, noiloj) sizga aytmagan edim. 2. U ... (noiloj, jo‘rttaga) uyga qaytishga majbur bo‘ldi. 3. Men bunga ... (qiynalib, chorasizlikdan) rozi bo‘lganman. 4. Dushman ... (qiynalganidan, noiloj) aybiga iqror bo‘ldi. 5. Aziz bu ishni (bekordan bekorga, jo‘rttaga) bajarmadi.
9- mashq. Savollarga javob bergan holda gaplarni davom ettiring.
Yeriga, eliga, Vataniga loqayd munosabatda bo‘lish (qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?) Agar milliy ma’naviy qadriyatlarimizni ham unutsak, bu (qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?)
Agar biz chegaralarimizni mustahkam qo‘riqlamasak, (natijada nima bo‘lishi mumkin?)
Do'stlaringiz bilan baham: |