Yangi mavzu bayoni:
mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning tuzilishiga va imlosiga e’tibor bering.
Kamtarlik
Kamtarlik insonga xos eng go‘zal fazilatlardan biridir. Kamtar deganda ko‘z oldimizda mehnatsevar, xushmuomala, xushfe’l, kamgap, shirinso‘z, rostgo‘y kishi namoyon bo‘ladi. Kamtar inson katta-kichikni doimo hurmat qiladi. U oddiy va ozoda kiyinadi, ortiqcha pardoz-andozlarga berilmaydi. Kamtar kishi odobli, yaxshi xulqli bo‘ladi. Ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, do‘st-birodarlari bilan suhbatlashganda, bahs-munozaralarda hech qachon qo‘pollik qilmaydi. Shuning uchun xalq orasida doimo obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi.
mashq. Berilgan so‘zlarni ijobiy fazilatlar va salbiy odatlarni ifodalovchi 2 guruhga ajrating va namunadagidek darajalab yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |