manba — источник tejash — экономить ichimlik — питьевой chiqindi — отбросы jo‘mrak — кран
tasavvur qilmoq — воображатьehtiyot qilmoq — оберегатьisrof qilmoq — растрачиватьesdan chiqarmaslik — незабыватьjazirama — жара
Bilib oling!
Boshqa harakatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo‘lgan harakatni ifodalashda -sa shart mayli qo‘shimchasi qo‘llanadi. Masalan: Atrofga e’tiborli bo‘lsak, boyliklarimiz, sog‘lig‘imizni saqlab qolamiz. Tabiatni asramasak, juda ko‘p narsalarni yo‘qotamiz. Shart maylidagi fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda quyi- dagicha tuslanadi:
Shaxs
|
Birlik
|
Ko‘plik
|
I
|
asrasam, asramasam
|
asrasrS, asramasak
|
II
|
asrasang, asramasang
|
asrasangiz, asramasangiz
|
III
|
asrasa, asramasa
|
asrasalar, asramasalar
|
mashq. Birinchiqatordaberilganfe’llarnishartmayliningbo‘- lishlishaklida, ikkinchiqatordagife’llarnibo‘lishsizshakldatuslabyozing.
O‘qimoq, yozmoq, yodolmoq, shug‘ullanmoq.
Ketibqolmoq, tayyorlamoq, javobbermoq, ishlamoq.
mashq. 2- mashqda berilgan fe’llarning I shaxs shart mayli shak- li ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: Men yaxshi o‘qisam, ... . Darslardan ketib qolma- sam, ... .
mashq. Qavs ichida berilgan fe’llarni shart maylida yozib, gap- larni ko‘chiring.Ahil (bo‘lmoq), hech kim bizni yengolmaydi. 2. Daraxt bargi yoz faslida (sarg‘aymoq), kuz erta keladi. 3. Kuzda daraxt barglari birdan to‘kilib (ketmoq), qish qattiq keladi. 4. Osmonda qushlar pastlab (uchmoq), yomg‘ir yog‘adi. 5. Ko‘k rang bilan qizil rangni (aralashtirmoq), binafsha rang hosil bo‘ladi. 6. Bar- chamiz atrof-muhitga e’tiborli (bo‘lmoq), tabiatni asrab qo- lamiz.
2- topshiriq. Berilgan jadvalni davom ettiring va bir kunda qancha suv ishlatishingizni aniqlang.
Ish turi
|
Qancha suv
ishlataman?
|
1 kunda bu ishni necha
marta bajaraman?
|
1 haftada qancha
suv sarflanadi?
|
Tishimni
yuvaman
|
2 litr
|
2 marta
|
2 x 2 x 7 = 28 litr
|
|
|
|
|
topshiriq. Vaziyatli test topshiriqlarini o‘qing va ularga javob berin
Suv hayot demakdir. Biroq ariqlarga turli chiqindilarni tashlaymiz. Ko‘pchilik ko‘rib turib, indamay ketadi, shuning uchun bo‘lsa kerak shahrimizda ariq suvlari borgan sari kamayib ketmoqda. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin?
Ariqlarni butunlay ko‘mib tashlash kerak.
Ariqqa chiqindi tashlaganlarga jarima solish kerak.
D) Ariqdan baribir suv ichilmaydi.
Ba’zilar jo‘mrakdan suv oqizib qo‘yadilar yoki jo‘mrakni burab qo‘yishni unutadilar. Shunda siz qanday yo‘l tutasiz?
Jo‘mrakni kim ochgan bo‘lsa, o‘sha yopsin.
Darrov jo‘mrakni yopaman.
D) Men javobgar emasman.
topshiriq. Maqollarning mazmunini tushuntiring.
Namuna: Birkishiariqqaziydi, mingkishisuvichadi. — Bumaqoldaariqqazishvasuvkeltirishxayrliishekanligiaytilgan
Adabiy o‘qish
Suv — bebaho xazina
O‘quvchilarni baholash:
Uyga vazifa. Nima uchun suvsiz yashab boMniaydi? Fikr- s laringizni yozing.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: ____________________________________
Sana: _________________ Sinf: 7
MAVZU: SUV — HAYOT MANBAYI.
(Shart maylidagi fe’llar va ularning qo‘llanishi).
Grammatika: O‘quvchilarni shart maylidagi fe’llar va ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
Dars maqsadi: O‘quvchilarga bilim berish, SUV — HAYOT MANBAYI mavzusi haqida tushuncha berish, Shart maylidagi fe’llar va ularning qo‘llanishi tushuntirish.
a) ta’limiy: O‘quvchilarga Shart maylidagi fe’llar va ularning qo‘llanishi bilan tanishtirib ularni qo‘llashga o‘rgatish.
b) tarbiyaviy: O‘quvchilarni SUV — HAYOT MANBAYI mavzusi bilan tanishtirish.
s) rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, bilim darajasini kengaytirish
Tayanch kompetensiya: Shakllantiruvchi kompetensiya;kommunikativ kompetensiyasi. Milliy va umummadaniy kompetensiya. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyas
Fanga oid kompetensiya: Nutqiy va lingvistik (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Dars turi: An’anaviy
Dars jihozi: Darslik kitob, tarqatma material.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, savol-javob, ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi, “BBB” usuli, “Men jurnalist” usuli
Dars rejasi: 1. Salomlashish va davomatni aniqlash .3 daqiqa
2. uyga vazifa so‘rash 7 daqiqa
3. Yangi mavzu bayoni 10 daqiqa
4. Grammatik qoida bilan tanishtirish. 5 daqiqa
5. . Mustahkamlash: 15 daqiqa
6. Darsni yakunlash, o‘quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa 5 daqiqa
Yangi mavzu bayoni:
Matnni o‘qing, ona tilingizga tarjima qiling va maz- munini so‘zlab bering.
Favvoralar
Favvoralar yozning issiq kunlarida havodagi changlarni toza- lab, atrofni salqinlantiradi. Ular charchoqni yozib, insonlarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Qadim zamonlarda favvoralar pod- shoh saroylarida qurilgan. Ularni toza saqlash uchun qoidalar belgilangan. Qoidaga amal qilmaganlar qattiq jazolangan. Ke- yinchalik favvoralar shahar markazlarida ham bunyod etilgan. Bunday san’at namunalari barcha shaharlarda bor. Toshkentda birinchi favvora 1890-yilda qurilgan. 1947-yilda Alisher Navoiy nomidagi teatr maydonida, 1953- yilda Xadra maydonida, 1974- yilda Mustaqillik maydonida, 1997-yilda Temuriylar tarixi davlat muzeyi xiyobonida ajoyib ko‘rinishga ega bo‘lgan favvoralar qu- rildi.
Hozirgikundarangli, musiqalifavvoralarbarpoetilib, ularrespublikamizningbarchashaharlarihusnigahusnqo‘shmoqda
r
|
favvora -
|
- фонтан
|
charchoq — усталость
|
\
|
|
kayfiyat
|
— настроение
|
bahra olmoq — наслаждаться
|
|
V
|
ajoyib —
|
интересный
|
ko‘rinish — вид
|
)
|
Bilib oling!
Agar so‘zi shart mayli qo‘shimchasi bilan birga qoMlansa, shart ma’nosi kuchayadi. Masalan: Agar ahil bo ‘Isak, bizni hech kim yengolmaydi.
mashq. Berilgan fe’llarni shart maylida tuslab, bo‘lmoqfe’li bilan bog‘lab gap tuzing. Ma’nolarini tushuntiring.
Aytmoq, tushuntirmoq, o‘rganmoq, ergashmoq, o‘rnakolmoq, e’lonqilmoq.
mashq. Matnda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, gaplarni to‘ldiring.
1. Qadim zamonlarda favvoralar ... bo‘lgan. 2. Favvoralarni ozoda saqlash uchun .... belgilangan. 3. Favvoralar havodagi ... tozalab, atrofni salqinlantiradi. 4. Toshkentda birinchi favvora ... qurilgan. 5. Hozirgi kunda ... favvoralar barpo etilmoqda. 6. 1997- yilda ... ajoyib ko‘rmishga ega bo‘lgan favvoralar qurildi.
mashq. Gaplarni o‘qing. Shart mayli ma’nosini ifodalovchi gaplarni aniqlang.
1. Yozgi ta’tilda dam olishga ketsam kerak. 2. Agar yoz kelsa, kunlar isib ketsa, tog‘lar bag‘riga ketamiz. 3. Bu she’rni daftarimga ko‘chirib yozsam maylimi? 4. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli. 5. Agar katta bo‘lsam, universitetda o‘qiyman. 6. Iloji bo‘lsa, o‘zing biznikiga kel. 7. Men kelsam, ketib qolgan ekansan. 8. Agar uchrashmasak, ko‘rishguncha xayr.
6- topshiriq. Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Atrofimizdagi barcha narsa: quyosh, oy, yulduzlar, havo, tog‘lar, tekisliklarning hammasi tabiatdir. O‘simliklar, hayvon- lar va odamlar ham shu tabiatda yashaydi hamda o‘ziga kerakli
barcha narsani undan oladi. Shuning uchun tabiatni zararli nar- salardan asrash, unga zarar keltirmaslik kerak. Tabiatni asra- maslik yomon oqibatlarga olib keladi. Zavod, fabrika, avtoulov- lardan chiqayotgan tutun va gazlar havoni iflo slant iradi. Havo buzilsa, odamlarning nafas olishi qiyinlashadi, har xil kasal- liklar ko‘payadi. Daryo, koTlarning suvi ifloslansa, jonivorlar ham zaharlanadi va nobud bo‘ladi. Atrof-muhitning ifloslanishi o‘simliklarga ham zarar keltiradi, ularning hosildorligi kamayadi. Shuning uchun tabiatni qo‘riqlash va asrash har bir insonning muqaddas burchidir.
Savollar:
1.
2.
3.
4.
Isrof nimaga olib keladi?
Moddiy boyliklar qachon barakali bo‘ladi?
Tejamkorlik tufayli biz nimaga erishamiz?
Isrofgarchilikka yo‘l qo‘ysak nima bo‘ladi?
Adabiy o‘qish
Buloq
(Rivoyat
Do'stlaringiz bilan baham: |