Yangi mavzu bayoni:
topshiriq. O‘zbekiston xaritasi asosida suhbatlashing
1- mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
O‘zbekiston sarhadlari
O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida, asosan, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi keng maydonni egallagan. O‘zbekiston beshta qo‘shni davlat — shimoli sharqda Qirg‘iziston, shimolda va shimoli g‘arbda Qozog‘iston, janubi g‘arbda Turkmaniston, janubi sharqda Tojikiston, janubda ozroq masofada Afg‘oniston bilan chegaradosh. Chegaralarimizning umumiy uzunligi 6221 km. Mamlakatning eng chekka joylari: shimolda — Ustyurt va Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘i, janubda — Termiz shahri, sharqda — Farg‘ona vodiysi. Respublika hududi janubi sharqdan shimoli g‘arbga cho‘zilgan va Orol dengizi tomon nishablashib borgan.
O‘zbekiston qayerda joylashgan?
Qadimda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i qanday atalgan?
Mamlakatimiz hududida qanday daryolar, cho‘llar va tog‘lar bor?
Respublikamizda nechta viloyat va qanday vodiylar bor?
Bilib oling!
Ravishlar birdan ortiq asosdan tuzilib, qo‘shma, juft va takroriy bo‘lishi mumkin. Qo‘shma ravishlar, asosan, ikki so‘zdan yasaladi va qo‘shib yoki ajratib yoziladi.
Qo‘shib yoziladigan Ajratib yoziladigan
allaqachon
biryo‘la
qaytarzda
har doim hamma yoq o‘sha yer
ravishlar ravishlar
mashq. Berilgan ravishlarni qo‘shib yoki ajratib yozilishiga ko‘ra guruhlariga bo‘lib ko‘chiring.
Qo‘shib yoziladigan ravishlar:
Ajratib yoziladigan ravishlar:
Bugun, mardona, qo‘qqisdan, bu yoqqa, ertalab, niho- yatda, qahramonlarcha, o‘sha joy, ozgina, hamma yoq, ertaga, ohista, ataylab, o‘tgan yili, birdaniga, uzoq, keyin, piyoda, yuqorida.
mashq. Birinchi qatorda berilgan so‘zlarga ikkinchi qatordagi so‘zlardan mosini qo‘shib, qo‘shma ravishlar hosil qiling.
alla, o‘sha, hamma, bir, bir, hech, shu, har.
yoqda, pas, kuni, yerda, qachon, darajada, doim, oz.
mashq. Nuqtalaro‘rnigafoydalanishuchunberilganravishlar- danmosiniqo‘yingvaimloqoidalariasosidayozing
1. Feruza ... ozoda yuradi. 2. Qish keldi, ... oppoq qorga burkandi. 3. ...ni qilma orzu, ...da bor tosh-u tarozi. 4 . Do‘st- larim bilan ... uchrashishga kelishib oldik. 5. Maktabda ... dars- lar boshlangan. 6. ... qushning sayrog‘i eshitiladi. 7. ... ozoda, saranjom-sarishta. 8. Kelishingda ... yuklaringni ham olib kel. 9. ... musiqa sadolari eshitiladi.
Foydalanish uchun so‘zlar: allaqachon, hamma yer, shu joy, allaqayerdan, har yoqdan, hamma vaqt, hamma yoq, biryo‘la, har yer.
Adabiy o‘qish
Movarounnahr
Do'stlaringiz bilan baham: |