IV. Mustahkamlash
Savol va topshiriqlar:
1. Chiziqli dastur deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday operatorlardan foydalanib muloqot dasturlari tuzish mumkin ?
3. Nima uchun dasturda n soniga qiymat berish shart emas?
4. Chiqarish formati haqida so ‘zlab bering.
5. Ekrandagi natijani ko ‘rish uchun qaysi klavishlar juftligi bosiladi?
V. Uyga vazifa
2-mashq
O’qituvchi: Shamsiyeva Dilnoza Baxodirovna «Tasdiqlayman»
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
_______________________________
Informatika-9. 29 – dars.
Sinf
|
9 « »
|
9 « »
|
9 « »
|
9 « »
|
|
|
|
Sana
|
|
|
|
|
|
|
|
Mavzu: O‘tish va tarmoqlanish operatorlari
Maqsad:
Ta’limiy: o`quvchilarga o`tish va tarmoqlanish operatorlari haqida ma’lumot berish;
Tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning dasturlash ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: o`tish va tarmoqlanish operatorlari haqida ma’lumotga ega bo`lish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Tarqatma materiallar, 9-sinf darsligi, jadvallar.
Texnik jihozlar: Kompyuter, multimedia vositalari, slaydlar, proektor.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr
1) salomlashish; 2) davomatni aniqlash.
II. Takrorlash
Savol va topshiriqlar:
1. Chiziqli dastur deganda nimani tushunasiz?
2. Qanday operatorlardan foydalanib muloqot dasturlari tuzish mumkin ?
3. Nima uchun dasturda n soniga qiymat berish shart emas?
4. Chiqarish formati haqida so ‘zlab bering.
5. Ekrandagi natijani ko ‘rish uchun qaysi klavishlar juftligi bosiladi?
III. Yangi mavzuni o`rganish.
Biz hozirgacha chiziqli, ya’ni buyruqlari ketma-ket bajariladigan dasturlar bilan tanishdik. Ba’zan berilgan masalani hal qilishda operatorlarning bajarilish tartibini buzishga, ya’ni boshqarishni dastur bo‘yicha orqaga yoki oldinga o‘tkazish zarur bo‘ladi. Buning uchun dasturda boshqarish uzatilayotgan operatorga nishon qo‘yiladi. Nishon o‘zgaruvchining nomi kabi lotin harflari va raqamlar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 7, N1, nishon2. Ularda ishlatiladigan son 0 dan 9999 gacha bo’la oladi. Birinchi kelgan nollar hisobga olinmaydi.
Dasturda qo‘llaniladigan nishonlar dasturning tavsif qismida Label xizmatchi so‘zi yordamida ko‘rsatilishi shart. Nishonlardan dasturda o‘tish operatori qo‘llanilsagina foydalaniladi. O‘tish operatori quyidagi ko‘rinishga ega: GOTO ;, bu yerda GOTO (ing.– o‘tilsin) operatori boshqarishni dasturning oldiga nishon qo‘yilgan operatoriga uzatadi.
1–misol:
Label N1;
Var a,b,c:Integer;
Begin a:=15; b:=13; c:=a+b; GoTo N1;
{Boshqarish N1 nishonli operatorga uzatildi}
c:=a–b; N1: WriteLn(c);
End.
|
Bu dasturning ishlashi natijasida ekranda hosil bo‘lgan c ning qiymati 28 tengdir. Chunki, boshqarish N1 nishonli chiqarish operatoriga uzatilgani uchun c:=a–b amalni bajarmasdan o‘tkazib yuborildi.
|
O‘tish operatorida hech qanday shart tekshirilmasdan boshqarish ko‘rsatilgan nishonli operatorga uzatiladi. Lekin aksariyat masalalarni hal etishda biror shartning bajarilishiga qarab u yoki bu amallar ketma-ketligini bajarish kerak bo‘ladi. Masalan, kvadrat tenglamani yechishda natijani hisoblash uchun diskriminantning ishorasiga qarab uch yo‘nalishdan biri tanlanadi. Bu izohlar tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini yodingizga solgan bo’lishi kerak. Bunday masalalarni hal qilish uchun Paskalda tarmoqlanish operatori qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |