O’qituvchi: Shamsiyeva Dilnoza Baxodirovna «Tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari



Download 475,25 Kb.
bet33/69
Sana18.02.2022
Hajmi475,25 Kb.
#456027
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69
Bog'liq
9-синф обший

I ntegrallashgan muhit – dasturlashga yordamlashuvchi dastur bo‘lib, u quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi lozim:

  • avvalambor, u dastur matnini kiritish imkonini berishi;

  • vaqti-vaqti bilan kiritilayotgan dastur matnini tashqi xotirada saqlab turishi;

  • dasturni ishga tushirish uchun translyatorga ega bo‘lishi;

  • sintaktik xatoliklarni aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak.

T urbo Paskal 7.0 integrallashgan muhiti sanab o‘tilgan vazifalardan tashqari yana ko’pgina vazifalarni ham amalga oshirish imkonini beradi.
“Turbo Pascal 7.0” dasturlash tizimi tashqi xotiraning, odatda, “TP7” nomli katalogiga joylashtiriladi (umuman olganda boshqa katalogga joylashtirish ham mumkin). U yuzdan ortiq fayldan iborat bo‘lib, fayllar vazifalariga qarab bir nechta kataloglarga joylashtirilgan (1-rasm). Turbo Paskal integrallashgan muhitini ishga tushiruvchi Turbo.exe fayli “BIN” katalogida joylashgan. Qolgan kataloglarda asosan yordamchi fayllar hamda Turbo Paskalning imkoniyatlarini namoyish etuvchi dasturlar joylashgan. Masalan, “BGI” katalogida grafik holatda ishlash uchun zarur fayllar joylashgan.
Turbo Paskalning qolgan katalog va fayllari haqida darslikda keltirilgan qo‘shimcha adabiyotlar ro’yhatidagi qo‘llanmalardan yetarlicha ma’lumot olishingiz mumkin.
Turbo.exe fayli ishga tushirilgach ekranda Turbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi ochiladi. U menyular satri, oynalar sohasi va ma’lumot satridan iborat (2-rasm). Turbo Paskalda bir nechta turdagi oynalar bo’lib (3-rasm), ulardan bizga eng muhimi dastur matni muharriri oynasidir. Bu oynani hosil qilish uchun File menyusining New (Yangi) buyrug’ini tanlash yetarli.
Menyular satriga o‘tish uchun F10 klavishi bosiladi. So‘ngra chapga yoki o‘ngga yo‘nalish klavishalari yordamida kerakli menyuni tanlab ENTER klavishi bosiladi. Kerakli menyuni sichqoncha yordamida ham tanlash mumkin.
T urbo Paskal integrallashgan muhiti interfeysi matn muharririni interfeysiga o‘xshaydi. Unga dastur matni dastur muharriri oynasida matn muharriridagi kabi yoziladi. MS Worddagi kabi Turbo Paskalda ham bir nechta oyna ochib, ularning har biri bilan alohida ishlash imkoniyati mavjud. Bu bir vaqtda bir nechta dastur bilan ishlash imkonini beradi. Joriy vaqtda ishlanayotgan oyna faol oyna deyiladi (faol oyna 3-rasmda ikki qatlamli chegaraviy chizig’i bilan ajralib turibdi). Dastur matni muharririda matn nomi NONAME00.PAS kabi tavsiya etilayotgan bo’lib, matn nomi nomsiz00 va fayl kengaytmasi pas bo’lishini bildiradi.

Download 475,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish