Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
Tashkiliy qism:
a) O’quvchilar bilan salomlashish;
b) Darsga o’quvchilarni tayyorlash;
c) Davomatni aniqlash;
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash
a) O’quvchilar Vatan haqida maqollar aytadi.
Vatan ahqida she’rlar aytishadi.
Test sinovi.
1. O'zbekiston Respublikasi qachon mustaqil bo'ldi?
a) 1991 yil 1 sentabr.
b) 1992 yil 1 sentabr.
s) 1991 yil 12 oktabr.
2. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qachon tasdiqlangan?
a) 1992 yil 8 dekabr.
b) 1992 yil 10 oktabr.
s) 1992 yil 2 dekabr.
3. O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qachon tasdiqlangan?
a) 1991 yil 2 iyul.
b) 1992 yil 2 iyul.
s) 1991 yil 10 noyabr.
III.Yangi mavzu bayoni.
Muallif haqida: Shoir, tarjimon, publitsist, jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagandan keyin (1958), hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetning jurnalistika fakultetida oʻqidi (1958–1963), “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, “Yosh gvardiya” va Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida muharrir, “Yosh gvardiya” dramatik teatrida badiiy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, katta adabiy maslahatchi, Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida oʻrindoshlik boʻyicha oʻqituvchi, “Sharq yulduzi” jurnalida muharrir (1963–1982), Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimi masʼul kotibi (1982–1983), “Gulxan” jurnali bosh muharriri (1983–1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rayosati raisining oʻrinbosari (1985–1987), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi (1987–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Mualliflik huquqini himoya qilish davlat agentligi raisi (1989–2007), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi (1995–2009) vazifalarida ishladi. 2009 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Faxriy raisi. U 1990 yilda Oʻzbekiston Oliy Kengashining, 1995 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati aʼzosi (2005–2010).
IQBOLI BUYUKSAN
Abdulla Oripov
Avvalo rahmatdir Onaga,
So'ng esa albatta Otaga.
Bizlarga eslatmish hayotni,
Unutmang hech qachon ustozni.
Sen o'zbek elining farzandi,
Istiqlol yurtining dilbandi...
Vataning g'oyatda keng erur,
Barchaga barobar, teng erur.
Mehnatda qotsa ham suyaging,
Hech yerga tegmasin kuraging.
Chiniqtir mayliga sen tanni,
Unutma va lekin Vatanni.
Bolajon, sen doim suyuksan,
Bilib qo'y, iqboli buyuksan!
Do'stlaringiz bilan baham: |