O`qituvchi: Sana: Mavzu: Istiqlolim- istiqbolim. Mangulikka tatigulik kun. Metod



Download 1,41 Mb.
bet9/16
Sana31.12.2021
Hajmi1,41 Mb.
#207014
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4 sinf oqish i chorak

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o'quvchilar Vatanning o'tmishi, uning buyuk shaxslari haqidagi tushunchaga ega bo'ladilar. To'g'ri, ifodali o'qish malakalari takomillashadi.

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I.Tashkiliy qism

II. O’tgan mavzuni so’rash va IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Otgan mavzu savollar yordamida mustahkamlanadi.



III.Yangi mavzu bayoni.

Muallif haqida:Toʼlqin Hayit 1957 yil 15 noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Dashnobod qishlogʼida tugʼilgan. Respublika rus tili va adabiyoti institutini tutatgan (1981). «Meni kechir, bolajon» (1991), «Dashnobod xangomalari» (1992), «Vafo malikasi» (2005), «Qora Shahzoda» (2007) nasriy asarlari hamda «Ulugʼ Аmir oʼgitlari» (2004), «Shohi Zinda» (2005) kabi risolalari nashr etilgan.

QODIR BOBONING ORZUSI

To'lqin Xayit

«Kasbini kim egallarkin?» Keyingi kunlarda shu o'y Qodir boboni xiyla o'ylantirib qo'ydi. Bu yil saksonga to'ladi, umr oqar daryo, ko'z ochib yumguncha, shu yoshga yetib qoldi. Ozod Vatanda, mustaqil yurtda shukronalik bilan qariyalik gashtini suryapti-yu, ammo birgina shu o'y unga tinchlik bermaydi.

Asaka shahrida yengil mashinalar ishlab chiqarish zavodi qurila boshlaganida, hali ancha tetik, baquvvat, bardam edi.

Zavq-shavqqa to'lgan holda yeng shimarib, birinchilar qatori ishga keldi. Endi bizning ham o'z avtomobillarimiz bo'ladi, degan shirin o'y unga qanot bag'ishlab, bir quvonchiga o'n quvonch qo'shdi. Birinchi o'zbek avtomobillari -«Tiko», «Damas», «Neksiya»larning zavoddan turna qator chiqayotganini ko'rganda esa o'zini dunyoda eng baxtli odamdek his etgani esida. Mustaqillik shunday imkoniyat va quvonch berganidan juda-juda mamnun edi.

U rasm chizayotgan nevarasiga qaradi. Ishini kirn davom ettiradi endi? Katta o'g'li iqtisod yo'lidan ketdi, ikki qizi - o'qituvchi. Yana bitta o'g'li bo'lganda, balki ota kasbini egallarmidi?! Odam degani qariganida ham xotirjam yasholmas ekan-da...

U beixtiyor nevarasi tomon egildi.

Nimalarning rasmini chizyapsan, Po'latjon?

— O'zimizning mashinalarni! Mana bunisi - «Neksiya», bunisi - «Matiz»!

Qodir boboning tomog'idan bir narsa sirg'alib o'tdi.

— «Kasbimni shu nevaram egallarmikan?!» - deya o'ylarkan, qog'ozdagi rasmlarga qarab yuragi yana entikdi.

— O'xshabdi! Chiroyli chizibsan!

— Siz ham shunaqa mashinalar chizganmisiz, bobojon?

Qodir bobo horg'in nafas oldi:

—Yo'q, bolam, men bunaqa rasmlar chizmaganman. Yoshlik paytim ocharchilik yillariga to'g'ri kelgan. Bir burda non topish ilinjida erta-yu kech mehnat qilganman! - U gapni boshqa yoqqa burdi.

— Bu rasmlarni nima uchun chizding, bolam?

— Katta bo'lsam, bobojon, zo'r mashinalar yasayman!

Qodir bobo, yuragi go'yoki o'z qolipiga tushgandek, birdan xotirjam tortdi. Kutgani shu emasmidi?! U beixtiyor nevarasini bag'riga bosib, yuz-ko'zlaridan o'pdi.

— Yasha, bolam! Kelgusida shunday zo'r mashinalar yasa-ginki, hamma qoyil qolsin!

— Bobo, yangi chiqqan mashinaning nomi nimaydi?

— «Spark», bolam, «Spark»!

— Meniki «Samo» bo'ladi, bobojon!

Qodir bobo uni bag'riga yanada mahkamroq bosdi.

— Orzuga ayb yo'q, bolam, «yaxshi niyat - yarim davlat!»

O'zbekning zo'r mashina ixtirochisi bo'lgin! Sen yaratgan mashinalar butun dunyo odamlariga xizmat qilsin!

— Meni Asaka zavodiga olib boring, bobojon!

— Bo'pti, ta'tilga chiqqaningda, senga zavodni ko'rsa-taman. Ungacha «besh»larni ko'paytiraver!

Po'latjon shu kunlarda a'lo baholarga o'qib, tezroq ta'tilga chiqishni kutmoqda.


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish