O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, pedagogik mahoratini oshirish, mavzuni bugungi kungi hayot bilan bog`lash
O`quvchi: mavzu bo`yicha mustaqil amaliy ishlashni o`rganadi.
Darsning maqsadi :
Ta`limiy - o`quvchilarga tarixiy yoki afsonaviy mavzularda ishlangan portretlar haqida tushuncha berish, ularga tarixiy yoki afsonaviy mavzularda portret ishlashni o`rgatish
Tarbiyaviy – o`quvchilarda milliy qahramonlarimiz va ajdodlarimizga nisbatan mehr va hurmat hissini uyg`otish, ularga qahramonlarimiz hayot yo`lini namuna qilib ko`rsatish.