“O`qituvchi nutq madaniyati” fanid an Oraliq javoblar
1. О’qituvchi nutq madaniyati” kursining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati - tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo’ladi. Insoniyat umummadaniyatining kata tarkibiy qismini nutq madaniyati tashkil etadi.Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma’noda ishlatiladi: birinchidan, nutq madaniyati de-yilganda, nutqning fazilatlari (sifatlari) yig’indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan, nutq madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta’limotni anglatadi.O’qituvchi nutqi madaniyati - amaliy jihatdan o’qituvchi nutqining xilma – xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan., Pedagogika institutlarida tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to’g’ri va chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til me’yorlari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo’lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko’rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.O’qituvchi nutqi madaniyati fan sifatida o’z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir. Bu fazilatlar har qanday nutqda bir xil darajada bo’lmaydi. SHuning uchun turli kishining nutqi tinglovchi tomonidan turlicha qabul qilinadi. Hatto bir kishining turli mavzuda so’zlagan nutqi ham har xil bo’lishi mumkin.Ma’lumki, har qanday fan ham u yoki bu tomonlari bilan boshqa fanlar bilan bog’langan bo’ladi, unda ko’tarilgan masalalar, muammolar boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi, ba’zan ularning ham tekshirish ob’ekti bo’ladi. Ba’zan esa ma’lum bir muammoni hal qilishga boshqa - boshqa fanlar o’z xususiyatlaridan kelib yondoshadi va uni ana shu xususiyatlardan kelib chiqib hal qiladi. Jumladan, uslubiyat ham tilshunoslikning, ham adabiyotshunoslikning tekshirish ob’ekti bo’la oladi. Faqat tilshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda, adabiyotshunoslik nuqtai - nazaridan boshqa yo’sinda tekshiriladi. Uslubiyatga har ikki fan o’z xususiyatlaridan kelib chiqib yondashadi, ikki xil munosabatda bo’ladi.O’qituvchi nutq madaniyati fan sohasi sifatida shakllangan ekan, u albatta, boshqa fanlar bilan munosabatda bo’ladi. Nutq madaniyati ta’limotining lingvistik va nolingvistik fanlar o’rtasida tutgan o’rnini belgilashda uning boshqa fanlarga qay darajada aloqasi borligini, poetika, uslubiyat, me’yoriy grammatika kabi ta’limotlar bilan aloqasini ular orasidagi umumiy tomonlar va tafovutlarni aniqlash katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |