6.2-topshiriq
.
Esse tanlovida badiiy o‘qishga tayyorlaning.
NAZORAT ISHI.
ESSE YOZISH
7.1-mashq.
Yozma matnni o‘qing.
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida bir
tabibning hovonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
– Behad gunohkorman, – debdilar, – shu kasalimga qarshi doring
bormi?
7-mavzu
. NUTQ TURLARI
http://eduportal.uz
30
Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab
turgan bir xasta javob beribdi:
– Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb
hovonchasida tavhid
*
to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan
o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan
shom orasida ko‘proq tanovul qil. Ko‘rasan, xastaligingdan asar ham
qolmaydi!
Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar:
– Yo Rabbim! Bu dunyo xastaxonasida ne-ne tabiblaring bor!
(
„Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar“ kitobidan
)
7.2-mashq
.
Og‘zaki nutqqa xos matnni o‘qing va tinglang.
– Buvi, siz rostdanam ko‘p narsalarni bilasizmi?
– Sersavolimdan o‘rgilay, ikkam saksonga qarab ketyapman, bolam.
Tosh qattiqmi, bosh qattiq? Taqdirni shapalog‘ini ko‘p yegan ko‘p narsani
bilarkan. Bu bosh o‘lgur har narsani ko‘raverib, pishib ketgan, qoqindiq.
Nimani so‘ramoqchiyding?
– Boya televizorda sigirni yetti xazinani biri ekanini aytishdi. Shunaqa
xazina o‘zi nechta, buvi?
– Hay, qaqajonim-a, men aytay, sen qulog‘ingga quyvol, ho‘pmi?
Birinchisi: sigir – ro‘zg‘orning baqqoli, ham qassobi; ikkinchisi: asalari –
oilaning tabibi; uchinchisi: ipak qurti – qizlarning sepi; hah, nechanchisiga
keldim, bolam?
– To‘rtinchisi, buvi, to‘rtinchisiga keldingiz.
– Barmog‘ing bilan sanab tur-da, bolam, sanoqda adashib ketmay.
Ha… Shunaqib, to‘rtinchisi: obijuvoz – qozonning yog‘i; beshinchisi:
tegirmon – qorinning belbog‘i; oltinchisi: o‘rmon – imorat suyagi, qozon
olovi; yettinchisi: tovuq – ham obiyovg‘on, ham dori-darmon, bolam.
– Voy-bo‘, tushunmaydiganlarim ko‘p ekan-u, buvi.
– Yanagi safar aytib beraman qolganini, o‘rgilay, charchadim.
Shomgacha picha mizg‘ivolay. Hali ayang kelganda uyg‘otarsan.
– Xo‘p, buvi, bemalol uxlavoling.
*
tavhid
– Alloh bilan uyg‘unlashish (tasavvuf)
http://eduportal.uz
31
7.3-mashq.
Yuqoridagi yozma va og‘zaki nutqlarni qiyoslang.
Qiyoslash tartibi:
1) qo‘llangan so‘zlar;
2) qo‘llangan qo‘shimchalar;
3) gap qurilishi.
Nazariy matn
Og‘zaki va yozma nutq tarkibida qo‘llaniladigan so‘zlari, qo‘shimchalari
va gap qurilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Yozma nutqdagiday gapirish
yoki og‘zaki nutqdagiday yozish to‘g‘ri emas. Shuning uchun til
o‘rganishda, ayniqsa, xorijiy tillarni o‘zlashtirishda bunga alohida e’tibor
qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |