„O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi toshkent-2020



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/72
Sana15.03.2023
Hajmi5,3 Mb.
#919497
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72
Bog'liq
ona tili 10 uzb

MUSTAHKAMLASH DARSI

1-topshiriq
.
Matnni o‘qing.
NOSHUKURLIK BALOSI
Mo‘g‘ul imperatori Chingizxonning nabirasi Xulagu 
Bag‘dod
ni 
qo‘lga olib, shaharni boshdan oyoq talon-taroj qiladi. Bu 
qirg‘inbarot
da 
400 ming kishini qatl ettiradi. Bir necha asrlik masjidlar, saroylar, 
kutubxonalar Xulagu navkarlari tomonidan yakson qilinadi. 
Shahar tashqarisiga qarorgoh qurdirgan zolim hukmdor bu yerning eng 
katta olimi bilan ko‘rishmoqchi bo‘ladi. Tabiiyki, hech qaysi olim Xulagu 
bilan uchrashishga talabgor bo‘lmaydi. Shunda Qozixon ismli yosh olim 
hukmdor qarshisiga chiqadi. U o‘zi bilan bittadan tuya, echki va xo‘roz 
olib boradi. Yigitning boshidan oyog‘igacha qarab chiqqan Xulagu yosh 
olimga:
– Qarshimga olib chiqish uchun qidirib-qidirib seni topishdimi? – 
deydi. 
http://eduportal.uz


64
– Agar mendan kattarog‘ini kutayotgan bo‘lsang, u tashqarida turib-
di, – tuyani ko‘rsatadi Qozixon. – Agar sen soqolli olimni tilasang, u 
ham bor; ovozi o‘tkiri kerak bo‘lsa, unisini ham olib kelganman, – deb 
echki va xo‘rozga ishora qiladi. 
Xulagu ro‘parasida turgan Qozixonning oddiy odam emasligini sezib, 
unga savol beradi:
– Ayt-chi, meni sening yurtingga kim va qanday sabab yetaklab keldi?
Yosh olim juda og‘ir gapni aytibdi:
– Seni bu yerga bizning 
a’mollar
imiz yetaklab keldi. Shukur qilishni 
unutib, 
kayf-safo
ga berildik. Maqom, mavqe va dunyo ortidan quvdik. 
Alloh bergan ne’matlarini qaytarib olish uchun seni yubordi.
Shundan so‘ng Xulagu keyingi savolini beribdi:
– Yaxshi, meni bu yerdan kim ketkiza oladi?
– O‘zligimizga qaytib, bizga ato etilgan ne’matlarning 
qiymati
ni 
bilib, 
tavba
qilsak, bir-birimiz bilan tortishishdan voz kechsak, ana o‘sha 
payt sen bu yerda turolmaysan! – deb javob beribdi Qozixon. 
Xulagu yosh olimning aqliga tan berib, uni omon qoldirgan ekan
.
Matn mazmunidan kelib chiqib, quyidagi savollarga javob bering
.
1. Rivoyat nima uchun „Noshukurlik balosi“ deb atalgan?
2. Unga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?
3. Matnda qaysi uslub xususiyatlari ustun?
4. Rivoyatdagi „Xulagu“ timsoli bilan xalqimiz orasida yuradigan „Xu-
laguning iti“ („Xalakaning iti“) iborasi orasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini 
tarix fani o‘qituvchingiz yordamida aniqlang.

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish