8-mavzu. Kuch transformatorlarini ta'mirlash va ko‘rikdan o‘tkazish.
Reja:
Kuch transformatorlarini ta'mirlash.
Kuch transformatorlarini ko‘rikdan o‘tkazish.
Kuch transformatorlarini vazifasi.
Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlari
Transformator va avtotransformatorlarni ta’mirlashga olib borishda mos transport vositalarini tanlash uchun ularning che-garaviy tashqi o‘lchamlari — gabaritlarini bilish lozim. Transfor-matorlarning ayrim elementlarini (chulg‘amlar, magnit o‘tkaz-gichlar va boshqalarni) almashtirish orqali tayyorlash va ta’mir-lashda ularning o‘lchamlari ham bunday transformatorlar uchun belgilangan gabaritlarga bog‘liq holda tanlanadi. Umumiy vazifa-dagi transformatorlar va avtotransformatorlar quvvatlari va YK chulg‘ami kuchlanishining sinfiga bog‘liq holda u yoki bu gaba-ritga mansubdir. Transformator va avtotransformatorlar uchun quyidagi yettita gabarit kiritilgan
Quvvati, kVA/kuchlanishi, kV
|
Gabarit
|
16—100/<10
|
I
|
125—630/<35
|
II
|
1000—6300/<35
|
III
|
10000—80000/35
|
IV
|
2500—80000/110
|
IV
|
40000/ < 150—220
|
IV
|
100000—400000/110
|
V
|
63000—320000/150—220
|
V
|
400000/ > 150—220
|
VI
|
Har qanday quvvat/330—500
|
VI
|
Har qanday quvvat/ > 750
|
VII
|
8.2. Ta’mirning turlari va muddatlari
Buzilishlarni bartaraf etish va avariyaning oldini olish maqsadida transformatorlar davriy tarzda joriy va kapital ta’mirga chiqariladi.
Joriy ta’mir hajmiga transformatorni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va uni tozalash, kichik shikastlanishlarni bartaraf etish, izolatsiya-sining qarshiligini o‘lchash, moyning namunasini olish, gazli hi moyani tekshirish, uzib-ulagichlarning holatni (Ï6 tipidagi QAU seriyasi uchun) ulardagi halqa va sterjenlarda uzoq vaqt davomida uzib-ulashsiz ishlashi natijasida hosil bo‘luvchi oksidli qatlamni yo‘qotish maqsadida bitta chekka vaziyatdan ikkinchi chekka vaziyatgacha o‘zgartirish (10 martadan kam bo‘lmagan sonda) ishlari kiradi. Elektr stansiyalari va podstansiyalarining bosh trans-formatorlari va asosiy o‘zehtiyoj transformatorlarining tarmoq-dan uzilgan holatda amalga oshiriluvchi joriy ta’miri 1 yilda 1 bir martadan, qolgan barcha transformatorlarniki esa 4 yilda 1 mar-tadan kam bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi.
Transformatorni ochish, uning faol qismlarini (magnit o‘t-kazgich va chulg‘amlar) sinchiklab tekshirish va sinash bilan bog‘-liq bo‘lgan kapital ta’mir birinchi marta u ishga tushirilganidan so‘ng 6 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda, keyinchalik esa, zarurat bo‘yicha o‘lchash va sinash natijalariga bog‘liq holda amalga oshi-riladi. Transformatorning holati yaxshi bo‘lgan taqdirda uning faol qismi ochilmaydi va ko‘rikdan o‘tkazish, ichini tozalash, mahkam-lash joylarini tiklash va alohida qismlarini ta’mirlash bilan chek-laniladi. Ba’zan ta’mir transformatorning faol qismini chiqar-masdan, uning o‘rnatilgan joyida moyini to‘kkach, bakning ichiga kuzatuv lukidan kirish orqali amalga oshiriladi. YOR li transfor-matorlarda rostlovchi qurilmalarning navbatdan tashqari ta’miri belgilangan sondagi uzib-ulashlardan so‘ng zavod yo‘riqnomalarida belgilangan ko‘rsatmalarga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.
Ishlatish sharoitlarida ulkan transformatorlarning kapital ta’miri o‘rnatilgan joylarida inventar yig‘ma konstruksiyalarni qo‘llagan holda, taqsimlovchi qurilmalarning yaqinida, elektr stansiyalari mashina zalining transformatorlarni o‘rnatilgan joylarigacha yerosti yo‘liga ega bo‘lgan ta’mirlash maydonchalarida quriluvchi trans-formator minoralarida amalga oshiriladi. Unchalik katta bo‘lma-gan transformatorlar elektr stansiyalari elektr sexlarining ustaxo-nalarida amalga oshiriladi.
Ta’mirlash uchun xonalar va qurilgan inshootlar trans-formatorlarni chang va atmosfera yog‘ingarchiliklaridan ishonchli himoyalashi shart. Tashish va ko‘tarish ishlarini bajarish ta’mirlovchilardan alohida bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. Shu sababli transformatorlarni ta’mirlash maydonchasiga olib kelish, chiqishlarni yechish, faol qismni ko‘tarish, alohida detallar va tugunlarni ko‘chirish ishlarini bajarish maxsus take-lajchi-mutaxassislarga yuklanadi. Ta’mirlash davrida transformator izolatsiyasining namlanishi havoning tarkibidagi namning yutilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holat faol qismning harorati atrof-muhit havosining ha-roratiga nisbatan past bo‘lganda kuzatiladi. Iliq havo nisbatan sovuq aktiv qismga tekkanda uning sirtida namlik kondensatsiyalanadi va izolatsiya tomonidan shimiladi. Ta’mir davrida izolatsiya namla-nishining oldini olish va transformatorni quritishsiz ishga tushirish uchun faol qismni nisbiy namligi 75 % gacha bo‘lgan havoda 35 kV va undan past kuchlanishli transformatorlar uchun 24 soatgacha, 110 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar uchun esa 16 soatgacha ushlab turishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, faol qismning harorati atrof-muhitning haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lishi shart. Agar ushbu shart bajarilmasa, transformator ochish qoldiriladi yoki faol qism atrof-muhit haroratidan yuqori haroratgacha qizdiriladi. Faol qismni atrof-muhitning harorati noldan past bo‘lgan holatda kuzatish zarurati yuzaga kelganda, transformator qopqoq tagidagi moyning harorati 20°C dan yuqori bo‘lguncha qizdiriladi. Yomg‘irli ob-havo sharoitida ko‘rik havoning harorati tashqaridagi haroratga nisbatan kamida 10°C ga ortiqcha tutib turiluvchi xonada amalga oshiriladi. Atrof-muhitning harorati 0°C dan yuqori, nisbiy namlik 75 % gacha, ta’mirlash paytida faol qismning harorati atrof-muhit haroratiga nisbatan 10°C gacha bo‘lganda faol qismning havoda turishiga ruxsat etilgan vaqt da-vomiyligi yuqorida ko‘rsatilganiga nisbatan ikki baravar oshirilishi mumkin. Agar faol qism havoda yanada uzoqroq vaqt davomida turib qolsa, u holda zarurligi izolatsion tavsiflarni o‘lchash natijalari bo‘yicha aniqlanuvchi izolatsiyani quritish amalga oshiriladi.
35>35>10>
Do'stlaringiz bilan baham: |