Ishlatish jarayonida kabel liniyalari profilaktik sinovlardan o‘t- kaziladi. O‘zgarmas tok oshirilgan kuchlanishi ostida sinash asosiy usul bo‘lib hisoblanadi. kabellarni o‘zgaruvchan tok kuchlanishi ostida sinash katta quvvatli sinov qurilmalarini qo‘llashni talab etadi, chunki kabellar katta zaryad reaktiv quvvatiga ega bo‘ladi. Uch fazali kabellarni statsionar yoki ko‘chma laboratoriya quril- malarida to‘g‘rilangan tok yorda- mida sinash 4.4-rasmdagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Sinovni amalga oshirish uchun kabel liniyasi uziladi va zaminlanadi. So‘ngra fa- zalarning biridan zaminlash oli- nadi. Sinov kuchlanishi simlarning har biriga navbatma-navbat qolgan ikkala simni zaminlagan holatda beriladi. kabelning har bir simini sinashning davomiyligi 2—35 kV kabellar uchun 5 min, ll0—220 kV kabellar uchun esa 20 min. kabel izolatsiyasining holati daydi tokning qiymati va uning fazalar bo‘yicha nosimmetrikligi bilan aniqlanadi. Izolatsiyaning holati qoniqarli bo‘lgan taqdirda kuchlanishni har bir darajaga oshirish lahzasida daydi tok kabel kondensatorining zaryadlanishi hisobiga keskin oshadi va so‘ngra tez 6—l0 kV kabellarda 500 mkA dan kichik, 20—35 kV kabellarda 800 mkA gacha ka- mayadi. Defektlar mavjud bo‘lganda daydi tok sekin kamayadi va hatto u oshishi ham mumkin.Daydi tokning qiymatini yozib olish sinovning oxirgi daqiqasida amalga oshiriladi.
Faza izolatsiyasi shikastlanmagan kabellarda nosimmetriya, ya’ni fazalar bo‘yicha daydi toklarning qiymatlaridagi farq 50 % dan oshmasligi shart. Odatda, defektli kabellarning izolatsiyasi sinov paytida kuchlanish oshirilganda teshiladi va bu lahzada si- nov qurilmasi avtomatik tarzda uziladi.
6 kV kuchlanishli kabellarni yuklama ostida sinash uslubi ish- lab chiqilgan. Usulning ma’nosi shundan iboratki, sinovchi qu- rilma o‘z ehtiyoj transformatori chulg‘amlarining nol nuqtasiga ulanadi (4.5-rasm) va 20—24 kV miqdoridagi to‘g‘rilangan sinov kuchlanishi fazaning ishchi kuch- lanishiga qo‘shiladi. Tarmoqning sinalayotgan bo‘lagi oshirilgan kuchlanish ostida 3—5 minut davo- mida tutib turiladi. Usulning afzal- ligi sinovlarni liniyalarni navbatma- navbat uzmasdan turib o‘tkaza olish imkoniyatining mavjudligidadir. Biroq kabellarni yuklama ostida sinash usulini tarmoqda aylanib ishlovchi elektr mashinalari (gene- ratorlar, sinxron kompensatorlar, dvigatellar) mavjud bo‘lgan hol- larda; avtomatik zaxira ta’minotiga ega bo‘lmagan muhim iste’molchi- larni ta’minlovchi kabel liniyala- rida qo‘llashga ruxsat etilmaydi.
Shahar elektr tarmoqlarining kabel liniyalarini profilaktik sinash davriyligi 3—35 kV kabellar uchun har yili kamida l marta, ll0—220 kV moy to‘ldirilgan kabel liniyalari uchun 3 yilda bir marta belgilangan.
4.5-rasm. Tarmoq izolatsiyasini oshirilgan o‘zgarmas tok kuchlanishida yuklama ostida sinash sxemasi: