O‘qituvchi-kasbiy sifatlari va uni shakllantirish



Download 116,5 Kb.
bet2/6
Sana08.07.2021
Hajmi116,5 Kb.
#113324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
HOZIRGI JAMIYATDA MURABBIY TARBIYACHILARGA QO`YILADIGAN TALAB VA VAZIFALAR

Sh.M. Mirziyoyev
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi, demokratik jamiyatni shakllantirish munosabati bilan bugungi kunda olib borilayotgan islohatlar davomchilari kimlar bo’lishi nihoyatda muhim bo’lib qolmoqda. Yuksak ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan barkamol shaxsni yetishtirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish, o’sib kelayotgan yosh avlod sog’lig’ini mustahkamlash va ijobiy hal qilish uchun xukumatimiz rahbarlari barcha imkoniyatlarni yaratmoqda.

Sog’lom avlodni tarbiyalashda sport va jismoniy tarbiyaning o’rni beqiyosdir.

Ma’lumki, hozirgi kunda Respublikamizda aholining turmush farovonligini oshirish, sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sportni aholi o’rtasida ommalashtirish, kelajagimiz bo’lmish yosh avlodni har tomonlama yetuk va jismonan barkamol qilib tarbiyalash bo’yicha juda katta ishlar amalga oshirilmoqda

Hozirgi davrda Respublikamizda atrof-muhitning ekologik buzilishi inson salomatligiga, ya’ni organizmning jismoniy va asabiy-ruhiy holatiga hamda odamning his-hayajonlariga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada, insonning jismoniy faoliyati pasaya borib, har xil kasalliklarga duchor bo’lmoqda, ya’ni turli xil surunkali kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari, qaddi-qomatning buzilishi, ko’rish qobiliyatining pasayishi, ovqat hazm qilish organlari kasalliklari yuzaga kelmoqda. Jumladan, bunday salbiy natijalar Respublika aholisining 40 foiziga yaqinini tashkil qiluvchi bolalar va o’smirlar salomatligiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi

Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksalgan davrada bolalarning xarakatga bo’lgan talabi uncha katta emas. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko’p vaqtlarini televizor ko’rish, rasm chizish, kompyuter o’yinlarini o’ynash, qo’l mehnati bo’yicha vazifalarini bajarish, turli ertak va xikoyalar tinglash va h.k.larga sarf qiladi. SHuning uchun ham hozirgi zamonda bolalarda harakat faolligining kamayishi gipodinamiyaga olib keladi. Bu, ayniqsa, bog’cha yoshidagi bolalar uchun xavflidir. Shu sababli bog’cha yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini sifatli, yangi shakllarni qo’llagan holda o’tkazib borish alohida ahamiyatga ega.

Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda. 

Jumladan, so‘nggi 20-yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi. 

Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan. 

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi. 

Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi. 

Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi: sohada yangi tizim va amaliyot joriy etiladi

Poytaxtimizdagi Yoshlar press klubida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Unda maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari, tarbiyachilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois bolalarning sog‘lom va bilimli, yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu tizimga alohida e’tibor qaratmoqda. Shu masalaga doir bir necha yig‘ilish o‘tkazildi, tarixiy qarorlar qabul qilinmoqda. 



Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish