O'qituvchi kasbining pedagogik va psixologik xususiyatlari


Tashkiiotchilik malakalari



Download 68,5 Kb.
bet4/5
Sana29.12.2021
Hajmi68,5 Kb.
#85282
1   2   3   4   5
Bog'liq
file 1

5. Tashkiiotchilik malakalari:

  • bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

  • turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

  • bolalarni nimalardir bilan qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

— amaliy masalalarni hal etishda o'zini bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo'llay olishi 6. Kommunikativ malakalari:

  • bolalarni o'ziga jalb etishni bilishi;

  • bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

— bolalarni jamoalararo va jamoa ichidagi o'zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;

— bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog'lashni bilishi.

7.Gnostik malakalari:


  • bolalarning asab psixik taraqqiyot darajasini aniqlay bilishi;

  • o'zining tajribasi va pedagogik faoliyat natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

  • boshqa o'qituvchilarning tajribalarini o'rganib', undan (nazariy va amaliy tomondan) to'g'ri xulosa chiqara olishi;

  • psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

  • o'quvchilarni to'g'ri tushunib, ulaming xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi.

8. Insoniy xislatlari:

  • pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;

  • o'quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

  • o'zini, o'quvchi o'rniga qo'yib bo'lib o'tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;

  • awalgi voqealar hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yan-gicha qaray olishi;

  • o'zining o'quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko'ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko'rsatib o'tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:

  • shaxsning jamoatchiligi va kasbiy yo'naiishi;

  • pedagogik mahorat va qobiliyati;

  • xarakterning psixologik xususiyatlari;

  • bilish faoliyati;

— o'qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umuraiy taraqqiyoti.

Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

Pedagoglik kasbi ma'lumki har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Pedagogik faou'yatdagi yutuqiarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faollik bilan shug'ullanishga moyil oqibat natijasida esa pedagogik qobiliyatga ega bo'lgan kishilargina erisha oladi.

Qobiliyat — bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.

Pedagogik qobiliyat — bu qobiUyat turlaridan biri bo'lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishini aniqlab beradi.

Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko'p qirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko'rsatib beradi. Ana shu tadqiqot ma'lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyat tuzilishida muhim o'rin egallaydigan qator komponentlarni ajratib ko'rsatish mumkin.

Didaktik qobiliyatlar - bu boialarga o'quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg'otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg'ota oladigan qobiliyatdir. Didaktik qobiliyatga ega bo'lgan o'qituvchi zarurat tug'ilganda qiyin o'quv materialini osonroq, murakkabrog'ini soddaroq tushunishi qiyin bo'lganini tushunarliroq qilib o'quvchilarga moslashtirib bera oladi.

Akademik qobiliyatlar — matematika, fiz biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi faniar sohasiga xos qobiliyatlardir. Qobiliyatli o'qituvchi o'z fanini faqat kurs hajmidagina emas, balki atroflicha keng, chuqur bilib bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzatib borib, o'quv materialini mutlaqo erkin egallab unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo'lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.

Ko'pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o'qituvchi o'z fani bo'yicha bunday yuksak bilim saviyasiga erishishi boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirishi, o'quvchilarda katta qiziqish uyg'ota olishi uchun yuksak madaniyatli har tomonlama keng bilimdon bo'lishi lozim.

Perseptiv qobiliyatlar — bu o'quvchining tarbiyalanuvchming ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o'quvchi shaxsini vaqtinchalik, psixik holatlari bilan bog'liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.

Nutq qobiliyati — kishining o'z tuyg'u hislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.

Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan, o'quvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o'zining shaxsiy ishini to'g'ri tashkil qila olish qobiliyatidir.

Avtoritar qobiliyat — o'qituvchining rostgo'ylik, irodaviy uddaburonligi, o'zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga shu bilan birga o'quvchilarning tarbiyasida javobgarlikni his etish uning e'tiqodi, o'quvchilarga ma'naviy va ma'rifiy e'tiqodni singdira olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog'liqdir.

Kommunikativlik qobiliyati — bu bolalar bilan muloqotda bo'lishga o'quvchilarga yondashish uchun to'g'ri yo'l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq o'zaro aloqa bog'lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.

Pedagogik takt psixologiyasini o'rganishida psixolog I.V.Straxov benihoya katta hissa qo'shgan. Uning fikricha, bunda muhimi — o'quvchilarga ta'sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta'sirni qo'llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e'tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olgan holda, o'quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.

Pedagogik xayol - bu kishining o'quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyhalashtirganda o'z ish harakatlarining natijasini oldindan ko'ra bilishda namoyon bo'ladigan maxsus qobiliyatdir.

Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o'zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo'lib, o'qituvchi ishida g'oyat muhim ahamiyatga egadir.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qobiliyatlardan tashqari o'qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo'lishi lozimdir.



Download 68,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish