O’qituvchi: Tugayev G’ayrat
Sana:
Mavzu:
Hindistonning xo'jaligi, transporti va ichki tafovutlari
I.Darsning maqsadi: Oquvchilarga ushbu mamlakatning xo’jaligi, transportiva ichki tafovutlarini tushuntirish.
II.Dars uslubi: Interaktiv usul
III.Dars jihozi: Jahonning siyosiy xaritasi, 9-sinf gеografik atlasi, 9-sinf darsligi, Hindistonni tasvirlovchi fotosuratlar, turli suratlar,
IV.Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) sinf tozaligiga e’tibor berish;
V. O’quvchilardan uy ishiini so’rash;
Uyga bеrilgan topshiriq savollarga javoblarni tеkshirish.
Tayanch tushunchalar:
Tafovutlar mamlakati, boylik va qashshoqlik, zamonaviy va natural ishlab chiqarish, “Hindiston Ruri”, tashqi bozor, iste'mol
VI. Yangi mavzu bayoni:
Bugungi Hindiston rivojlanayotgan mamlakatlaming eng yirigidir. U jahonda yalpi milliy daromad hajmiga ko'ra AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Italiya, Kanada, Meksika, Ispaniya mamlakatlaridan keyingi 11 o'rinda turadi.
Hindiston xo'jaligining muhim xususiyatlari ishlab chiqarish tarmoqlari bo'ylab nomuvofiq joylashganligidir. Umuman, uni tafovutlar mamlakati ham deyish mumkin. Unda boylik bilan kambag'allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan deyarli natural ishlab chiqarishga asoslangan oddiy xo'jaliklar yonma-yon turadi va bir-birlari bilan uyg'unlashib ketgan.
Sanoati. Hindistonda jami ishda band aholining atigi 1/5 qismi sanoatda ishlaydi. Bu uning industrlashish darajasining ancha past ekanligini ko'rsatadi. Shunga qaramay, Hindiston an'anaviy yengil va oziq-ovqat sanoati mamlakatidan tobora zamonaviy og'ir sanoat tarmoqlari mamlakatga aylanib bormoqda. Mamlakat iqtisodiyotining asosini metallurgiya, mashinasozlik va kimyo sanoatlari egallamoqda. Sanoat tarmoqlarining rivojlanish va hududiy taqsimlanishida yirik dengiz porllaridan: Mumbay, Kalkutta, Madras hamda mamlakatning siyosiy markazi bo'lgan Dehli shahrining muhim ahamiyati bor.
Hindistonda Rixand-Singrauli yoqilg'i-energetika majmuasi, Bixilai, Bokaro,Visakxapatnam qora metallurgiya kombinatlari, Chittaranjan, Ranchi, Xardvar og'ir mashinasozlik zavodlari, Barauni va Sindr neftni qayta ishlash zavodlari joylashgan. Bunday yirik korxonalar, ayniqsa, «Hindiston Ruri» deb ataladigan Damodar vodiysi bo'ylab keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |