O'qituvchi faoliyatida rassom-pedagog va xalq ustalarining ilgor tajribalari reja: Kirish Assosiy qism


O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat



Download 269,65 Kb.
bet2/18
Sana13.01.2022
Hajmi269,65 Kb.
#357200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Rustamova

1. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat


SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi. Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi.

Masalan, qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha, falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.

O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va pedagogik mahoratga erishadi.

Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq kiladi. Malaka va uddaburonlik mashk va ukish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat tarakkiy etadi.



Kishi qobiliyati ikkita asosiy to’rga bulinadi:

  1. Maxsus qobiliyatlar;

  2. Umumiy qobiliyatlar.

Pedagoglik faoliyatining samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bulmogi va uni rivojlantirilib borilmogi lozim.

  1. Bilish qobiliyati – fanning tegishli soxalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o’qituvchi fanni o’quv ko’rsi xajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurrok biladi. O’z fani soxasidagi kashfiyotlarni hamisha ko’zatib boradi, unga nixoyatda qiziqadi, ayrim tadkikot ishlarini ham bajaradi.

  2. Tushuntira olish qobiliyati – o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli kilib bayon eta olish, material yoki problemani anik, tushunarli kilib gapirib berish, o’quvchilarda mustakil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uygotish qobiliyati. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noanik narsani tushunarli kilib o’quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning bilim va kamolot darajasini xisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o’qituvchilarga, ayniksa, tajribasi kam o’qituvchilarga o’quv materiali oddiy, tushunarli, aloxida izoxni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchi o’rniga qo’yadi. U kattalarga anik va tushunarli bo’lgan narsani o’quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo’lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.

  3. Ko’zatuvchanlik qobiliyati – o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko’zata olish qobiliyati. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bulmagan tashki belgilar asosida, o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilgamas o’zgarishlarni ham faxmlab oladi.

  4. Nutk qobiliyati – nutk yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda xis – tuygularini anik va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik qobiliyati uchun juda muxim.

  5. Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muxim vazifalarni xal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.

  6. Obru orttira olish qobiliyati – o’quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‘sir ko’rsatish va shu asosda obru kozona olishdir. Obru faqat shu asosda emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va bashqa asosida ham kozonadi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, kat‘iyligi, talabchanligi va bashqalarga) o’quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini xis etishga ham bog’liqdir. O’quvchilar ko’pollik kilmaydigan, ko’rkitmaydigan, to’g’ri talab kuya oladigan o’qituvchilarni juda xurmat kiladilar. Bushang, lakma, irodasiz, printsipsiz o’qituvchilarni bolalar yoktirmaydilar. Bolalar bilan to’g’ri muomala kila olish, bolalar bilan dustlasha olish, ular bilan samimiy munosabat urnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.

  7. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati – o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilish, o’quvchining kelajakda qanday odam bo’lishini tasavvur qilishda. Bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo’lib chikishi oldindan bashorat kilib aytishda ( pedagogik diagnostika).

  8. Dikkatning taksimlay olish qobiliyati – o’qituvchi uchun dikkatning barcha xususiyatlari – xajmi, kuchi, kuchuvchanligi, idora kila olishi, safarbarli tarakkiy etgan bo’lishi juda muximdir.

  9. Kommunikativ qobiliyat – kishilar bilan bo’ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir – biri bilan til topib ishlashni ta‘minlaydigan qobiliyat. Bundan tashkari, konstruktiv - o’qituvchining o’z ishini loyixalashi, rejalashtirishi, pertseptiv – idrok jarayonining ob‘ektlarini birinchi bo’lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya – bashqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat – o’quvchi va bashqa kishilar bilan mulokat qilishda pedagogikaning qonun – koidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.

O’qituvchi yukorida sanab utilgan qobiliyatlardan tashkari bir kancha ijobiy sifatlarga, anik maksadni ko’zlash, kat‘iylik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo’lgandagina pedagogik kasbning yukori pogonasiga kutarila oladi.

Odam ob‘ektiv dunyoni bilibgina kolmasdan, balki unga aktiv suratda ta‘sir ham ko’rsatadi. Odam o’z maksadi yulida harakat kilib, har xil tusiklarga uchraydi. Bu tusiklarning bir xili xayot va mexnat sharoitiga, bashqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog’liqdir. Tusiklarni yengish kishiga bilishning yangi ufklarini ochib beradi, shu bilan birga, uning sharoitlarini va o’z – o’zini idora kila bilish kuchini qaror toptiradi. Iroda odamning o’z xatti – harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko’zlangan maksadni amalga oshirishda uchragan tusikni bartaraf qilishda ifodalanadi. Odam irodasining ahamiyati jamiyat xayotida goyat kattadir. Odamlar yuksak ma‘naviy – irodaviy sifatlari bilan O’zbekiston Mustakilligini kulga kiritdilar. Bugungi kunda katta – katta yutuklarga erishmokdalar. O’quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o’qituvchining eng muxim vazifasidir. Shaxsning irodaviy xislatlari ( sifati, xususiyati ) maksadni amalga oshirishda uchragan tusiklarni yengish borasida odamning tajribada xosil qilgan o’ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi deb, har xil irodaviy xatti – harakatlar va xususiyatlar yigindisiga aytiladi.

Harakatning maksadga karatilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning bashqa eng muxim irodaviy xususiyatlarini sanab ko’rsatadigan bo’lsak:

tashabbus – o’z xoxishi bilan ish – amal kila, xatti – harakat ko’rsata bilish kat‘iyatlik – ikkilanmasdan, har tomonlama uylab qarorlar kabul kila olish va ularni izchil suratda amalga oshira bilish;

sabotlilik – qiyinchiliklarga karshi ko’rashda gayratni bushashtirmasdan maksad orkasidan doimo kuva bilish;

dadillik – ko’rkishga karshi tura olish va kuyilgan maksad yulida urinli tavakkalga bora olish;

ishchanlik – qiyinchiliklarga karamasdan ishni oxirigacha yetkaza bilish. Bolalar tayyor iroda bilan dunyoga kelmaydilar. Irodaviy usishning eng harakterli xususiyati aktivlik va mustakillikdir.

Kuchli iroda egasi bo’lishning bir necha yullari mavjud:


  1. Boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  2. Uchragan qiyinchiliklarni nolimay, maktanmay yengish;

  3. Xatto bir necha marta bo’zib qilish kerak bo’lsa ham boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  4. Bugun qilish kerak bo’lgan ishni yertaga koldirmaslik;

  5. Qiziqkan narsalarga birdaniga kuch sarflamasdan, oldin va ketin bajarish;

  6. Iroda xosil qilish uchun xavasni keltiruvchi narsa va harakatdan o’zini tiyish, keraksiz harakatlarni bajarishdan ko’ra muxim.

Irodani tarbiyalashda jamoada yaxshi tashkil etilib, muntazam utkaziladigan ishlar o’quvchilarning umumiy saviyasiga hamisha ijobiy ta‘sir etadi.

Zexn qobiliyatlarni rivojlantirishda muxim ahamiyatga ega. Masalan, nafas yullarining, tovush naychalari va tomon ustki kismining to’zilishi o’quvchida vokal qobiliyatlarning, diktor, lektor bo’lish qobiliyatlarining rivojlanishi uchun zexn ko’rtak bo’lib xizmat qilishi mumkin.

Shu narsani aloxida ta‘kidlash lozimki, har qanday zexn turlicha ahamiyat kasb etadi. Masalan, pedagog murakkab sharoitni tezda o’rganib olishi, to’g’ri javob yoki xatti – harakatni o’z vaqtida topa bilishi, o’z dikkatini bir ob‘ektdan ikkinchi ob‘ektga kuchira olishi mumkin.

Qobiliyatlarni rivojlantirish uchun zexnning mavjudligi muximdir. Zexn qobiliyatlar rivojlanishining shartlaridan biridir. Biror kishi muayyan faoliyatga nisbatan ajoyib zexnli bo’lishi mumkin, agarda sharoit bulmasa, mana shu zexn asosida qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Mana Mustakil Respublikamiz o’z huquqini kulga olgandan sung turli kasb egalari turli – tuman yangi – yangi ixtirolar kilmokdalar, qobiliyatli bolalarimiz chet ellarda faoliyatlarini (musika, sport, olimpiada uyinlari va bashqalar) namoyish etib kelmokdalar.

Zexnning rivojlanish sharti -- bu avvalo, faoliyat, avvalo pedagog – tarbiyachi tomonidan bajariladigan, sungra tobora mustaxkamlanib boradigan, chuqur ijodiy faoliyatdir. Kishi o’z zexnini mustaxkamlash uchun juda ko’p mexnat qilishi kerak bo’ladi.

Maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi bevosita o’qituvchi – tarbiyachi raxbarligida olib boriladi. O’quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste‘dod nishonalari zexnini xisobga olish juda muximdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo’lishi bolaning favkulotda zexnga ega ekanligini ko’rsatadi.

Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko’pincha, shu kishilarning xayot yulini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib kuyamiz. Holbuki, shu odamlarning maslaxati, qo’llab – quvvatlashi shunday mashxur kishilar yetilib chikkanligidan guvoxdir.

Shaxsning qobiliyatini rivojlanishini yana bir sharti – ta‘limni unumli mexnat bilan kushib olib borilishidir. Ikkinchidan, qobiliyatlarning rivojlanishi bilim, kunikma va malakalar egallash bilan bevosita boglangandir. Agar bola ma‘lum yetarli bilimga ega bulmasa, u har kancha harakat kilsa ham o’z qobiliyatini yo’zaga chikara olmaydi.

Demak, xayot yulini aniklab olish, iroda va harakterni, o’z – o’zini tarbiyalab borish qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir. Pedagogik qobiliyat tarixidan ma‟lumki, pedagogik qobiliyat pedagogika nazariyasida o„qituvchilar tayyorlash va pedagogik perseptiv qobiliyatga A.Disterverg diqqat-e‟tibor berdi. SHunday qilib, A.Disterverg pedagogik qobiliyatning kuchiga, pedagogik taktga va qat‟iy erkinlikka ahamiyat berdi. U o„qituvchining bilim orttirishlik qobiliyatini ilgari surdi. So„ngra 19- asrning ikkinchi yarmida P.G.Redkin “Axloqiy qobiliyat” tushunchasini ilgari surdi. A.Disterverg, P.G.Redkin fikrlarini K.D.Ushinskiy davom ettirdi. K.D.Ushinskiy “Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo„li ishontirish, odam e‟tiqodiga esa faqat ishiontirish bilan ta‟sir qilish mumkin” – deydi. A.S.Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M.Gorkiyni o’zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A.S.Makarenko o’z tajribasiga asoslanib, agar har bir kishi qunt bilan mehnat qilsa, u o’ziga nisbatan talabchan bo„lsa, u yaxshi pedagog bo„lishi mumkin – deydi.

Qobiliyat hamma insonlarda mavjud bo„lib, bir tekisda bo„lmay biri yuqori, biri o„rta va biri quyi darajada bo„ladi. Faqat aqli zaif insonda qobiliyatni uchrata olmaymiz. Maktab o„qituvchisining faoliyati inson shakllanishiga qaratilgan. Muvafaqqiyatli ishlash uchun har bir o„qituvchi pedagogik mahoratga ega bo„lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat qilib katta natijaga erishadi. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo„ladi, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa layoqat, zehn, iste‟dod inson asab tizimida

anatomik – fiziologik xususiyat bo„lishi zarur. O„qituvchining ba‟zi psixik jarayonlari unda shaxsga xos sifatlarni shunday tashkil qiladiki, buni pedagogik qobiliyat deb atash mumkin. Bu qobiliyatni ayrim psixik xususiyatlardan iborat qilib qo„yish mumkin emas. Ta‟lim ishlarining muvafaqqiyatli bo„lishini pedagog shaxsiga xos bo„lgan bir qancha sifatlar, jumladan, uning irodasi, hissiyotlari, Xarakteriga xos bo„lgan bir qancha xususiyatlarni ham ta‟minlab beradi. K.D.Ushinskiy “Faqat shaxs rivojlanishiga va tarkib topishiga ta‟sir qilishi mumkin, Xarakter ta‟siri bilan Xarakterni vujudga keltirish mumkin” – deb yozgan edi. Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyati yuzasidan layoqati va uning kasbini muvafaqqiyatli bajarishdagi sub‟ektiv shart – sharoitni ifodalovchi individual psixik xususiyatlari. Falsafa tarixida qobiliyat uzoq davrgacha “O„zgarmas irsiyat” nasldan – nasga o„tuvchi alohida kuch sifatida talqin etilgan. Bunday qarashlar dastlab

fransuz filosofi J.Lokk va boshqa fransuz olimlari tomonidan tashkil qilingan. Qobiliyatni rivojlantiruvchi anatomik – fiziologik xususiyatlar tug„ma bo„ladi.

Empatiya boshqa odamlarning psixik holtlarni tushunishni va ularga hamdardlik qilish qobiliyati (birgalikda dardlashmoq). Perseptiv qobiliyat – idrok jarayonining asosiy tuzilishi bo„lib, idrok ob‟ektlarini bilib olish va uning hotira obrazlari bilan solishtirishdan iborat.YA‟ni idrok etish bog„chadagi bolaning oldiga kubiklar qo„yilgan rasmlar qo„yib chiqadi. Odamlarni solishtirish obrazi. Didaktik qobiliyat – o„quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogika qonuniyati va uslublarini o„rganadi. Konstruktiv - o„qituvchining o„z ishini rejalashtira olish qobiliyati. Kommunikativ qobiliyat - boshqa odamlar bilan bo„ladigan muloqotni

yaxshilaydigan va birgalikdagi faoliyatda psixologik qovushuvni ta‟minlaydigan qobiliyat. O„quvchi bilan o„zaro muloqotda bo„lish. Ba‟zan falon domla biz bilan

yomon munosabatda bo„ladi yoki bo„lmaydi. Bilish qobiliyati – bilimni egallash va uni o„zlashtirishni ta‟minlaydi. Anglash (tushunish) qobiliyati – ayrim harakatlarni odam qiladi. O„zi anglab etib, ongli harakat qiladi. Ko„p sonli o„qituvchi, tarbiyachi, maktab direktori, o„quv ishlari bo„yicha direktor o„rinbosari va internat xodimlaridan qobiliyat haqida: “SHaxsning qaysi sifatlarini Siz pedagogik qobiliyat deb hisoblaysiz?” – deb berilgan savolga 82 ta yozma javob olingan. Sifatlarni quyida keltiramiz: O„z ishiga muhabbat bilan ishlashga qiziqish. Yuqori madaniyatli auditoriyani ishlata olish. O„tiladigan darsga qobiliyat, uni yaxshi bilishi, unga qiziqish. Pedagogik takt (go„zallik) ga ega bo„lish. Mehnatga qobiliyatli, mehnatsevarlik. Bolalar jamoasiga kirishib ketish qobiliyati. Bolalarga muxabbat. Mehanatga ijodiy yondashish. Javobgarlikni his qilish. Harakatchan (energiyalik). Tashkilotchilik qobiliyatlari. Tarbiyaga oid bilimlar yaxlitligi.O„qituvchi faoliyati yo„nalishlari quyidagi sohalarda aks etadi: G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e‟tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy – siyosiy faollik. Pedagog kasbi sohasida: o„quvchilarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy – pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; talabchanlik; qat‟iyatlilik; maqsadga intilish; vazminlik; o„zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.


Download 269,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish