1
O’qituvchi faoliyati Sharq mutafakkirlari talqinida
Lobar Berdiyeva
QXTXQTMOI
Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi o’qituvchisi
O’qituvchi faoliyati, pedagogik mahorati, ta’limni tashkil etish yo’l-usullari
insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarda dolzarb muammo bo’lib kelgan. Ushbu
muammo, ayniqsa, Movaunnahrda va Eronda yashab o’tgan ko’plab
mutafakkirlarning diqqat markazida turib, ular o’z asarlarida yosh avlodni
tarbiyalash, o’qituvchi-murabbiyga xos xususiyatlar haqida fikrlarini bildirib
o’tganlar. Mutafakkirlarining ana shunday fikrlaridan namunalar keltirib o’tamiz.
Jaloliddin Davoniy “Axloqi Jaloliy” nomli asari ta’lim-tarbiya masalalariga
bag’ishlangan bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy masalalar, axloq, ta’lim-tarbiya va
xulq-odob qoidalari o’z aksini topgan.
Jaloliddin Davoniy bolalarga ta’lim berishda murabbiylarni “ma’naviy ota”
deb hisoblaydi. Murabbiylarni o’quvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashlari
lozim deb hisoblaydi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishni murakkab ish hisoblab,
o’qituvchilarni qat’iyatli, sabr-toqatli bo’lishlarini ta’kidlaydi.
Bolalarni xulq-odobiga muallim ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin deb
hisoblab, bunga qo’pol va badjahl muallimlarning harakatlari ta’sir etadi.
Jaloliddin Davoniy muallimni shunday ta’riflaydi:
- muallim sabr-toqatli bo’lishi;
- qo’pol va badjahl bo’lmasligi;
- bola tarbiyasidan xabardor bo’lishi;
- yaxshi xislatli bo’lishi;
- muallimning tarbiyalash usuli otaning tarbiya usulidan yuqori bo’lishi;
- bolaning o’z xususiyatlarini bilish;
- bolalarning qaysi kasbga qiziqishlarini o’rganib borish;
- har bir bolaning iqdironi, qobiliyatini aniqlay olish.
Muslihiddin Sa’diy Sheroziy Sharq mumtoz madaniyatining butun
dunyoga mashhur yirik namoyondalaridan. Sa’diy Sheroziyning “Guliston”
2
asari tarbiyaviy, pand-nasihatdan iborat hikoya va hikmatlar to’plamidir.
Sa’diy o’z pedagogik qarashlarida tarbiyani uchga bo’ladi: aqliy, jismoniy
va mehnat tarbiyasi.
1
Sa’diy ta’lim va tarbiyaning ahamiyatini ta’rif etish bilan birga
bolalarning tug’ma qobiliyatini tan oladi:
Qobiliyat bo’lsa aslida,
Tarbiyat unga qiladi asar.
Qancha urinma bo’lmas sayqali,
Temir aslida bo’lmas javhar.
Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchanligi, bilim va
tarbiya berishda qattiqbo’l bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi:
Yubordi o’g’lini maktabga podsho,
Qilib qo’yniga nuqra taxtaga jo,
Kumush ul taxtaga zardin bitib yod:
Ota mehridan afzal jabri ustod.
2
Sa’diy Sheroziy murabbiy bolalarga bilim berish bilan birga hunarning
qay darajada inson hayotida zarurligini tushuntirib borishi kerak deb
hisoblaydi.
Alisher Navoiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratib, ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi fikrlarini bayon etadi. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim
berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o’zlari ham
bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U muallimlarni quyidagicha
ta’riflaydi:
- muallim johil, nodon bo’lmasligi kerak;
- ma’lumotli, o’qitish yo’llarini biladigan;
- qattiqqo’l, johil va ta’magir bo’lmasligi;
- o’zi bilmagan ilmni tushuntirmasligi;
- g’iybat va g’avg’olarga aralashmasligi;
1
O’zbek pedagogikasi tarixi. “O’qituvchi” 1997. 247-bet.
2
Hoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi “O’qituvchi” 1996. 150-bet.
3
O’qituvchining hurmatini qanchalik joyiga qo’yish lozim bo’lsa,
o’qituvchi ham kerakli talablarga javob berishi lozim. Alisher Navoiy
shunday deb keltiradi: “Uning ishi odam qo’lidan kelmas, odam emas, balki
dev ham qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi.
U esa bir to’da bolaga ilm va adab o’rgatadi, ko’rkim bunga nima yetsin.
Shunisi ham borki, u to’dada fahm-farosatli ozlar bo’ladi, unday kishiga
yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo’ladi. Har qanday bo’lsa ham, yosh
bolalarga uning haqqi ko’pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga
(muallimga) qulluq qilsa arziydi”.
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navoiy o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z
shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo’lishi zarur.
O’ziga ham, o’quvchiga ham talabchan bo’lishni uqtiradi. Navoiy
o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar
muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.
Sharq mutafakkirlarining asarlari biz uchun qimmatli xazina bo’lib,
biz ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish lozim. Bu esa o’qituvchi
faoliyatida yuksak yutuqlarga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbek pedagogikasi tarixi. “O’qituvchi” 1997. 247-bet.
2. Hoshimov va boshqalar. Pedagogika tarixi “O’qituvchi” 1996. 150-bet.
3. Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Т.:
’’O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b.
4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Т.: O’qituvchi. 2010 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |