Bundan tashqari, tarixiy voqealarni borishini tiklash uchun Askoniy Pidian (eramizning I asri), Lutsiy Anney Flor (II asr) Evtropiy (IV asr) kabi imperiya davri yozuvchilarining yirik asarlari, har xil kompendiyalar, yozuvchilarning yirik asarlari, xronografiyalar va obzorlami ko'rsatish mumkin. Rim shahrining arxeologik yodgorliklari alohida ahamiyatga ega. Bu yerdan topilgan qabrlar, uy-joylar, jamoat binolari, mudofaa devorlari, Rim forumi, suv quvurlari muhim arxeologik manba bo'lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |