Ulug`vorlik nafosatli va axloqiy mezonlar bilan bog’lanib, nihoya darajada yaqqol va bevosita amal qiladigan nafosatli mezoniy tushunchani tashkil etadi. Ulug`vorlik ko’lami go’zallik ko’lamidek cheksiz va benihoyat. Ulug`vorlik tabiatda, jamiyatda, inson ishlarida, uning faoliyat mahsulotlarida jamlangandir. Ulug`vorlik belgisiga ega bo’lgan barcha narsalarning, hodisalarning hammasiga xos bo’lgan umumiylik ularning me’yoriy barkamolligi, shu qadarki, undan tashqarida me’yor qonuni buzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |