Ulug`vorlik kategoriyasi odamlar uchun alohida ahamiyatli hodisalar sirasiga kiradi. Bunday hodisalar mohiyatan shu qadar keng ko’lamliki, ular ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida to’la o’zlashtirilishi mumkin bo’lmaydi, shuning uchun odamlarni faol harakatga, o’zlaridagi ijodiy imkoniyatlarni ishga solishga doimo rag’batlantiradi. Tabiatda ulug`vorlik baland tog’lar, qudratli sharsharalar, cheksiz okeanlar, moviy mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va q. k. timsolida namoyon bo’ladi. Bu yyerdagi umumiylik ulardagi keng ko’lam, ulkanlik, buyuklik, tuganmaslikdir. Tabiatdagi ulug`vorlik insonda o’zidagi zaiflik emas, balki tabiat bilan qo’shilib ketishga intilish hissini uyg’otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |