O`qitish texnologiyasi tuzilmasi
O`qitish texnologiyasi (jarayon sifatida) – pedagogik muolajalar, amal va usullar ketma-ketligi (qat’iy tartib shart emas) bo`lib, yaxlit didaktik tizimni tashkil etadi, u pedagogik amaliyotga joriy etilishi bilan kafolatli o`quv maqsadiga erishiladi va talaba shaxsining to`liq rivojlanishiga imkon yaratadi. Texnologiyani tashkil etadigan muolajalar, amal va usullarni muayyan pedagogik natijaga erishish yo`lini batafsil yoritiladigan algoritm sifatida talqin qilish yaramaydi. Ularga yaxlit tarzda ta’lim subyektlarining berilgan maqsadlarga harakatlanishini ta’minlovchi tayanch didaktik vositalar sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, o`qitish texnologiyasi deganda, didaktik masalalar yechimiga yo`naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va izchil tadbiq etadigan pedagokning ketma-ketli o`zaro bog`liq harakatlari tizimi tushiniladi. Ta’kidlash joizki, o`qitish texnologiyasi nafaqat didaktik jarayonning o`zi sifatida, balki uni pedagog faoliyatning loyihalash natijasi sifatida ham qaralishi mumkin.
O`qitish texnologiyasi (natija sifatida) – didaktik jarayonning ilmiy loyihasi (modeli) bo`lib, faoliyat davomida pedagogik harakatlar muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Umumiy tarzda o`qitish texnologiyasining asosiy belgi va vazifalarini ifodalaydi. Birmuncha sezilarli belgilariga tashhisli maqsadlilik va natijaviylik, tejamkorlik, algoritmlilik, loyihalanuvchanlilik, boshqaruvchanlilik va vizuallikni kiritish mumkin. Ularning qisqacha mazmuniga to`xtalamiz.
Tashhisli maqsadlilik va natijaviylik maqsadlariga qat’iy erishish o`quv jarayoni samaradorligini ta’minlaydi. Aytish joizki, maqsadni tashhisli tarzda o`rnatish mumkin, agar quyidagi shartlarga amal qilinsa: bashoratlanayotgan o`qitish natijalariga aniq erishilganligi, uni boshqa har qanday o`quv unsurlaridan xatosiz aniqlash mumkinligi; pedagogik “instrument”, usul, uni ajratish uchun mezonlarning borligi; o`lchash natijalariga tayanadigan baholash shkalasining mavjudligi.
Tejamkorlik o`quv vaqti zahirasini, o`qituvchi mehnatini maqbullashtirishni ta’minlovchi texnologiya sifati va shu asosda rejalashtirilgan didaktik natijaga erishishni ifodalaydi.
Navbatdagi belgilar guruhi algoritmlilik, loyihalanuvchanlilik, boshqaruvchanlilik pedagogik amaliyotda o`qitish texnologiyalarini qayta ishlab chiqish (loyihalash) g`oyalarining turli jihatlarini aks ettiradi.
Tuzatuvchanlilik belgisi aniq maqsadga izchil yo`naltirilgan doimiy tezkor teskari aloqalarni ta’minlaydi. Shu ma’noda tashhislanuvchan maqsadga muvofiqlilik, natijaviylik va tuzatuvchanlik o`zaro bog`lanishda bo`lib, bir-birini to`ldiradi.
Vizualilik belgisi o`qitish texnologiyasi doirasida audiovizual, elektron-hisoblash kabi informatsion texnologiyalarini qo`llash, shuningdek, turli didaktik materiallar va yangi ko`rgazmali qo`llanmalarni konstruksiyalash hamda foydalanish masalalariga daxldorlik qiladi.
O`qitish texnologiyasi uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi: tavsiflovchi, izohlovchi, loyihalovchi.
Tavsiflovchi funksiya o`quv jarayonini amaliy jihatdan amalga oshirishning ahamiyatli jihatlarini ochib beradi. Zarur vositalar turlicha bo`lsada, bu jarayonga har xil soha mutaxassislar bir xilda tavsif berishi lozim.
Izohlovchi funksiya o`qitishning turli komponentlari (misol uchun, turli metodlar) samarasini aniqlashtirish va uning eng maqbul uyg`unlashuvini belgilash imkonini beradi.
Loyihalovchi funksiya o`quv jarayonini barcha darajalarda, jumladan, pedagogik tadbiq sathida ifodalashda ro`yobga chiqadi. Shunday qilib, pedagogik tizim maqbulligi uning amaliyotda takrorlanuvchanligidir. Chunki zamonaviy pedagogikada o`qitish texnologiyasi tushunchasini yagona izohlashda yagona yondashuv ishlab chiqilmagan, uning tasnifi ham mavjud emas. Shunga qaramasdan ayrim mualliflar bu masalaga o`z yondashuvlarini bildirishmoqda. Xususan, A.Ya.Savelyev tomonidan taklif etilgan tasnif birmuncha diqqatga sazovordir. Unga ko`ra, mavjud texnologiyalarni tasniflashtirish quyidagi mezonlar bo`yicha amalga oshiriladi :
- harakatlarning yo`nalganligi bo`yicha (maxsus rivojlantiruvchi va kasbga yo`naltirilgan va h.k)
- o`qitishning maqsadli bo`lishi (bilimlar olish, ko`nikma va malaka hosil qilish, kasbiy shaxs sifatlarini shakllantirish va h.k.)
- predmetli muhit bo`yicha (gumanitar va ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy, texnin maxsus fanlar)
- qo`llanilayotgan texnik vositalar bo`yicha (audiovisual, informatsion, telekomunikatsion va h.k.)
- o`quv jarayonini tashhis etish bo`yicha (individual, jamoali, aralashma)
S.A.Smirnov tomonidan taklif etilgan o`qitish texnologiyalari tasnifi ham qiziqish uyg`otadi [19]. U foydalanilayotgan o`qitish vositalari va ta’limning mazmunini amalga oshirish darajalariga bog`liq tasnifni keltiradi. Muallif o`quv mashg`uloti darajasi, o`quv predmeti darajasi va barcha o`qitish darajasi (barcha predmetlar bo`yicha va butun o`quv yili davomida) jamlab o`qitish texnologiyalarini uch darajaga ajratadi.
- mashg`ulot yoki mashg`ulotning tugallangan sikli texnologiyasi;
- predmet texnologiyasi;
- to`liq o`qitish texnologiyasi.
G.S.Selevkoning o`qitish texnologiyalari tasnifi birmuncha murakkab, qiziqarli va ayni vaqtda, hammaga ham tushunarli:
- qo`llash darajasi bo`yicha: umumpedagogik (umumdidaktik) xususiy predmetli va lokal (modulli);
- o`zlashtirishning ilmiy konsepsiyalari bo`yicha (assotsiativ reflektorli, bixeviristik, geshtaltexnologiyalar, rivojlantiruvchi va boshqalar);
- shaxs tuzilmasiga yo`nalganligi bo`yicha: axborotli (bilim ko`nikmasi, malakani shakllantirish); amalli (aqli harakat usullarini shakllantirish); hissiy-badiiy va hissiy-axloqiy (estetik va axloqiy munosabatlarni shakllantirish); o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyasi (shaxsning o`z-o`zini boshqarish mexanizmini shalkllantirish);
- evristik (ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish) va amaliy (harakatli-amaliy sohalarni shakllantirish);
- tashkiliy shakllar bo`yicha darsli va muloqotli akademik va kulubli, individual va guruhli jamoaviy o`qitish usuli hamda tabaqalashtirilgan ta’lim;
- ustuvor (ustunlikka ega) metod bo`yicha: dogmatik (nomahsul) izohli-tasvirli evristik, o`yinli, muammoli (izlanuvchi) dasturli ta’lim, rivojlantiruvchi ta’lim, informatsion (kompyuterli) va ijodkor;
- mavjud an`anaviy o`qitish tizimini yangilash (modernizatsiya) yo`nalishi bo`yicha insonlararo munosabatlarni takomillashtirish va demokratizatsiyalash asosida ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosida; boshqaruv samaradorligi va tashkil etilishi asosida; o`quv materialini metodik va didaktik jihatdan qayta konstruksiyalash asosida; muqobilli, tabiatan monand, mualliflik maktablarining yaxlit texnologiyalari;
- ta’lim oluvchilar toifasi boyicha jadallashtiruvchi ta’lim, o`rnini to`ldiruvchi, ommaviy texnologiya, qiyin o`zlashtiruvchilar bilan ishlash texnologiyasi, iqtidorlilar bilan ishlash texnologiyasi.
Oliy o`quv yurtlari didaktik nazariyalarga tayanilgan, bir muncha keng qo`llanilayotgan texnologiyalar tasnifi ham mavjud. Misol uchun, D.V. Chernileviskiy ushbu mezonlar asosida muammoli, modulli, rivojlantiruvchi, tabaqalashtirilgan, kontekstli va o`yinli o`qitish texnologiyalarini ajratib ko`rsatadi.
Ye.N. Shiyanov va I.B. Kotovalar mos ravishda bilim ko`nikma va malakalarni uzatish (transformatsiya), muammoli, dasturli, turli darajali, modulli o`qitish texnologiyalarini keltirib o`tadi.
P.I. Obraztsov tadqiqotlarida quyidagi texnologiyalar qayd etiladi: assotsiativ-reflektorli ta’lim, aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish, muammoli, rivojlantiruvchi, kontekstli va modulli ta’lim .
Xullas, mazkur tasniflar tarkibiga kirgan ba’zi texnologiyalar takrorlanadi, ayniqsa, muammoli va dasturli ta’lim texnologiyalari birmuncha keng tarqalgan.
Aslida dasturli ta’lim XX asrning 60-yillarida sobiq SSSR datadqiqot obyekti bo`lib hisoblanib, unga keng o`rin berilgan. Uning mazmuni esa dasturlashning an’anaviy tushuncha, mazmunlari doirasida chiqib ketgan, ba’zi olimlarning izohlari esa didaktik tizimga kirgan.
Shunday qilib, o`qitish texnologiyalarining tarixan rivojlanishida ikki yo`nalish ko`zga tashlanadi:
O`quv-tarbiya jarayonini zamonaviy texnik vositalar, shu jumladan, kompyuterlar asosida loyihalashtirish.
O`quv-tarbiya jarayonini tahlil va tashkil etishga ilmiy yondashuv.
Agar birinchi yo`nalishga o`tgan asrning 20-yillarida radio, televidineye, elektron hisoblash mashinalarining rivojlanishi asos solgan bo`lsa, ikkinchisi XX asrning 70-80 yillarida angilyalik va amerikalik didaktlar tomonidan taklif etilib, u texnik vositalarsiz (yoki ulardan qisman foydalanilgan holda) ta’limda salmoqli natijaga erishish mumkinligini isbotlagan .
“Kungaboqar o`yini”.O`quvchilarni fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish va o`tilgan mavzu yuzasidan bilimlarini tekshirish, mustaxkamlash maqsadida mavzu bo`yicha oldindan tayyorlab qo`yilgan yaproqchalar tarqatiladi, ya`ni bu yaproqchalarning orqasiga savollar yashiringan bo`ladi. Ba yaproqchalar quyidagi ko`rinishda terib qo`yiladi.
O`quvchi chiqib xohlagan yaproqchani olib undagi savolga, javob bera boshlaydi.
Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |