O’qitish metodikasi Ishning maqsadi


fani mazmuni  4. Shaxsiy kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.04.2022
Hajmi0,68 Mb.
#533011
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-laboratoriya mashg’uloti Mavzu khk larda Shaxsiy kompyuterlar

 
fani mazmuni 
4.
Shaxsiy kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish
 
fani laboratoriya mashg’ulotlariga 
qo’yilgan talablar. 
o’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur 
haqida gapirganlarida «… har tomonlama yetuk yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
dasturimizning asosiy sharti bo’lishi kerak» degan edilar. Faqat shunday kadrlar ta’lim, ilm-fan 
va ishlab-chiqarishning, umuman iqtisodiyotning raqobatdoshligini oydinlashtiradilar, 


belgilaydilar. [1]. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich 
amalga oshirilayotganligi natijasida, respublikamiz ta’limtizimida tub islohotlar sodir bo’lib, u 
rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi bilan uyg’unlashib bormoqda. Bu jarayonda 
tayyorlanayotgan kadrlarning kasbiy mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning eng 
muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. o’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: «Agar o’quvchilar fikrlashga o’rganmasa, ta’lim samarasi 
past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. [1]. Ammo u o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham 
katta boylikdir.» Chunki, bozor iqtisodi sharoitida faqat mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega 
bo’lgan shaxsgina, ijtimoiy hayotda o’zining munosib o’rnini topaoladi, jamiyat uchun ham, o’zi 
uchun ham foydali bo’ladi va turli g’arazli oqimlar ta’siriga berilmaydi. Shuning uchun ham, 
so’ngi yillarda malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonida o’quvchilarning mustaqil fikrlash 
qobiliyatini rivojlantiruvchi noan’anaviy ta’limni tashkil qilish, faol usullarida foydalanishga 
ko’proq e’tibor berilmoqda. Noan’anaviy ta’lim usullarining o’ziga xos xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 

o’qituvchi talabalarga tayyor o’quv materialini taqdim etmaydi; 

o’quv 
materiali shunday bayon etiladiki, talabalar faol bilish va mustaqil o’zlashtirish jarayonida yangi 
bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar; 

faol o’qitishning negizida mustaqil fikrlashga undash 
yotadi. Noan’anaviy ta’lim - o’quvchilarlarni o’z kasbiga qiziqtiruvchi, bilim doiralarini 
kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, faollashtiruvchi va ularning 
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funktsiyalarni bajaradi. Tajribalarda 
ta’kidlanganidek, agar mashg’ulot odatdagi - faqat tinglab o’tirishga asoslangan usulda 
o’tkazilganda, talabalar axborotning ko’pi bilan 20 foizini o’zlashtirgan bo’lsa, innovatsion 
pedagogik usullardan foydalanilganda esa, bu ko’rsatkich 80-90 foizgacha oshganligi 
tasdiqlangan. Noan’anaviy ta’limning samaradorligi yana shundan iboratki, uning qatnashchilari 
yaxlit tizimli bilimga ega bo’ladi va mustaqil - ijodiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanishi negizida 
bo’lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang’ich ko’nikmalar shakllantirilib, o’quv-tarbiyaviy 
jarayonni amaliyot bilan bevosita bog’lab olib borishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham u, 
rivojlantiruvchi o’qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo’lib hisoblanadi. Kasb-hunar 
kollejlarida o’quvchilarga Informatika va axborot texnologiyalaridan chuqur va mustahkam 
bilim berish Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasining dolzarb 
muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida 
amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, 
unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va 
amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80-foizi ta’lim 
jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir. [21]. Hozirgi 
kunda ta’lim tizimida yangi bosqich bo’lgan kasb-hunar ta’limini zarur me’yoriy hujjatlar, 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator amaliy ishlar amalga 
oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Bugungi kunda kasb-hunar ta’limi yo’nalishlarining 
zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganlik va texnik ta’minotlarining yuqori darajada 
ekanligi bilan o’lchanmoqda. Shu bois informatika va axborot texnologiyalarning jamiyatimiz 
ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga jadal sur’atlar bilan kirib kelganligi zamonamizning xos 
xususiyatlaridan biri bo’lsa, informatika fanini o’zlashtirish davr talabidir. Respublikamizda 
kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi 
yo’nalishlarida olimlarimizdan A.Abduqodirov, U.Yuldashev, F.Zokirova, R.Boqiev, I.Isoqov, 
A.Hayitov, M.Mamarajapov, D.Abduraximov, S.Allayorov, S.Qulmamatov, 
D.Toshtemirovlarning ilmiy-metodik ishlarini keltirish mumkin. Bu olimlar tomonidan kasb-
hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish samaradorligini 
oshirishga qaratilgan ishlar respublikamiz ta’lim tizimida aloxida o’z o’rniga ega. Shuning uchun 
kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish samaradorligini 
oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy izlanishlar “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni bajarishni 
ta’minlash yuzasidan qilinayotgan dolzarb tadqiqotlar sirasiga kiradi.


Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz 
tasavvur qilish qiyin. XXI asr savodxon kishisi bo’lish uchun avvalo kompyuter 
savodxoni bo’lish, axborot texnologiyalarini puxta egallamoq’I lozim. Har bir 
mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat'iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi 
darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish 
uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli 
bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub 
islohotlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. 
Jumladan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da "Kadrlar tayyorlash tizimi va 
mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat 
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarining zamonaviy 
yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish nazarda tutiladi" deb belgilab 
qo’yilgan. 
Ta'lim tizimi butunlay yangi mazmun kasb etayotgan hozirgi davrda har bir fanning 
mazmunini qayta tahlildan o’tkazish, ta'lim bosqichlari bo’yicha uning uzviyligi va 
uzluksizligini ta'minlash asosida tubdan isloh qiiish va hayot bilan bog’lash nuqtai 
nazaridan yondashuv zarur bo’ladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quv 
rejasida umumta'lim predmeti sifatida kiritilgan "Inforiratika" predmeti ham bundan 
mustasno emas. 
"Informatika" fanining asosiy maqsadi o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 
muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchilarga informatikaning amaliy jihatlari haqida 
bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti, shu jumladan, amaliy va 
xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, zamonaviy axborot 
texnologiyalari haqida umumiy ma'lumot berishdan iborat. 
Mazkur fanning vazifasi amaliy informatikani foydalanuvchi darajasida o’rgatishdan 
iborat bo’lib, unda dastur o’rta umumta’lim maktablaridagi "Informatika va hisoblash 
texnikasi asoslari" va oliy ta'limdagi "Informatika, axborot texnologiyalari" fanlari 
bilan uzviy bog’liq ravishda tuzib chiqilganligi bilan bir qatorda, o’rta maxsus 
ma’lumotli mutaxassislarga shu sohada mukammal to’liq bilim berilishini 
ta’minlaydi. 
Dasturni tuzishda mavzularning uzviy ketma-ketligi va ta’limning ushbu bosqichida 
"Axborot texnologiyalari" kursining o’qitilishi ham e'tiborga olingan. Shuning uchun 
dasturda axborot texnologiyalari haqida asosiy tushunchalargina berilib, uning texnik 
vositalari bilan to’liq tanishtirish va ularda ishlash ko’nikmalarini shakllantirish 
ko’zda tutilmagan. 
Dasturning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’quvchilarning yosh va fiziologik-ruhiy 
xususiyatlarini, ularning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda informatika 
fanining asoslarini amaliyotga tadbiq etish nuqtai nazaridan o’rganishni ta’minlaydi. 
Undagi ayrim mavzular umumiy o’rta ta'limdagi "Informatika va hisoblash texnikasi 
asoslari" fanidagi mavzularning takrorlanishi bo’lsada, bu yerda ular chuqurroq va 
amaliy faoliyatda foydalanishga yo’nalirilgan holda o’rganiladi. 
Dasturga muvofiq o’quv jarayonini tashkil etishda,. mashg’ulotlar "oddiydan 
murakkabga, nazariy bilimlardan amaliy foydalanishga" tamoyillariga amal qilinadi. 
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda yo’nalish va kasbning 
xususiyatlaridan kelib chiqib vazifalar bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu narsa ishchi 
o’quv rejalarida o’z aksini topishi lozim. Shuning uchun dasturni bajarishda asosiy 


e'tibor amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilishi lozim. 
Hozirgi davrda deyarli barcha o’rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarini 
zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganligini hisobga olib, dasturning bajarilishini 
ta’minlaydigan texnik ta’minotni yetarli darajada deb hisoblash mumkin. Shulafni 
hisobga olgan holda ta’lim muassasalarini texnik va dasturiy ta'ininlanganligi 
darajalariga muvofiq ravishda dasturdagi mavzularni o’tish ketma-ketligini 
o’zgartirish, ko’rsatilgan amaliy dasturlarni mavjud kompyuterlarni imkoniyatlaridan 
kelib chiqqan holda tegishli turdosh dasturlar bilan almashtirish imkoniyati ko’zda 
tutiladi. Darslarni tashkil qilish jarayonida pedagogik talablar me'yorlariga amal 
qilish, amaliyotda shakllangan uslublardan foydalanish bilan bir qatorda noan'anaviy 
mashg’ulot turlaridan foydalanish lozim. Shuningdek, mavzularni Respublikamiz 
davlat tili talablariga rioya etgan holda bayon qilishga atamalarning bir xilligiga, ko’p 
ma'noli so’zlardan, g’aliz jumlalardan foydalanmaslikka intilish lozim. 
O’quvchilarining bilim va ko’nikmalariga talablar: 
o’quvchilar: 
- Axborot, uning o’lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining 
taraqqiyoti haqida ma'lumotlarga ega bo’lishi; 
- Axboriy jarayonlar, axborotlashgan jamiyat, uning xususiyatlari haqida 
tushunchaga ega bo’lishi; 
- Axborot tizimlari va ularning iurlari, axborot tizimlari ta'minoti, axborot 
texnologiyalarmi qo’llash sohalarini tasavvur qilishi; 
- ShEHM umumiy tuzilishi, ShEHM tasnifi, kompyuter arxitekturasi, uning 
dasturiy ta'minoti, asosiy va atrof qurilmalari, kompyuterlar ma'lumotlarda tashkil 
etish va saqlay olishi; 
- MS DOS operatsion tizimi, fayl tushunchasi, fayllarining turlari va nomlanishi, 
kataloglar, amaliy dasturlar va ularning asosiy turlari, dasturlash texnologiyasini 
uskunaviy vositalarini bilishi; 
- Windows operatsion tizimi, uning afzalliklari va o’ziga xos xususiyatlarini 
bilishi; 
- Kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlarining matn muharrirlaridan 
farqi va o’xshashliklarini bilishi, grafik muharrirlarida ishlay olishi; 
- Matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, 
xotiradan o’qish, ularni tahrir qilish usullari, bosmaga chiqarish usullarini bilishi va 
matn muharririda ishlay olishi; 
- Elektron jadval, ularning turlari. Elektron jadval tuzish, ularga o’zgartirishlar 
kiritish. Yacheykalar ustida amallar bajarish, formulalar, funksiya va diagrammalar 
bilan ishlashni bilishi; 
- Power Point dasturi bilan ishlay olishi zarur. 
1. Dasturning asosiy bo’limlari quyidagilardan iborat: 
1-bob. Axborot va jamiyat. 
2-bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari. 
3-bob. Shaxsiy kompyuterlar. 
4-bob. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti. 
5-bob. WINDOWS operatsion tizimi. 
6-bob. Kompyuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash asoslari. 
7-bob. Matn muharrirlari.


8-bob. Elektron jadvallar. 
9-bob. Kompyutetda taqdimot yaratish asoslari. 
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlari ma'ruzalarda olingan nazariy bilimlarni 
o’zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, zamonaviy kompyuterlar va 
axborot texnologiyalar vositalari bilan jihozlangan xonalarda o’tkaziladi. Ularning 
soni mavzularning nazariy yoki amaliy jihatlariga qarab aniqlanadi. I-III boblarda 
laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazilmaydi. Qolgan boblar bo’yicha ular-ning soni 2 ta 
dan 6 ta gacha bo’lishi mumkin 
Dasturning bajarilishini kafolatlaydigan muhim omilllaridan biri o’quvchilar bilimini 
nazorat qilishni izchil va tizimli ravishda o’z vaqtida amalga oshirib borishdir. Bu 
o’rinda joriy nazoratni o’quvchilarning laboratoriya ishlarini bajarishlari, uy vazifasini 
tekshirish, qisqa muddatli mustaqil ishlarni uyushtirish yoki test orqali amalga 
oshirish tavsiya etiladi. Buning uchun laboratoriya ishlari to’plainini tuzish va ulardan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Oraliq va yakuniy nazorat esa, asosan maxsus 
vazifalarni bajarish yoki test topshiriqlari orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat har 
bir bo’lim bo’yicha 1 marta, yakuniy nazorat esa, har yarim yil oxirida o’tkaziladi. 
Fanni o’rganishda zamonaviy shaxsiy kompyuterlardan, axborot texnologiyalari 
vositalaridan, lokal va global kompyuter tarmoqlaridan, INTERNET, elektron pochta, 
ACCESS ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, WORD, EXCEL, Power Point kabi 
amaliy dasturlardan foydalanish ko’zda tutilgan. 
2. FAN DASTURINING MAZMUNI 
1- bob. Axborot va jamiyat 
Axborot haqida tushuncha. 
Axborotning sifat ko’rsatkichlari. 
Axboriy jarayonlar. Informatika predmeti va vazifalari. 
Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha. 
Axborlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizlari. 
Vatanimizda informatikaning taraqqiyoti va istiqbollari. 
2- bob. Axborot tizimlari va texnologiyalari 
Axborot tizimlari haqida tushuncha. 
Axborot tizimlarining turlari. 
Boshqaruv tizimi. 
Axborot tizimlarining ta'minoti. 
Axborot ta'minoti. 
Texnik ta'minot.Dasturiy ta'minot.Tashkiliy ta'minot.Matematik ta'minot. 
Huquqiy va lingvistik ta'minot. 
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha. 
Ma'lurnotlar ombori, uni yaratish va foydalanish usullari haqida tushuncha. 
3- bob. Shaxsiy kompyuterlar 
EHMlar arxitekturasi. 
Universal EHMlarning rivojlanish tarixi. 
Shaxsiy kompyuter. 
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari. 
Markaziy protsjessorlar. Operativ xotira. 
Qattiq disk va disk yurituvchilar. 


Monitor. Klaviatura. 
Shaxsiy kompyuterlar tasnifi. 
Kompyuterning atrof qurilmalari. 
Sichqoncha. Printerlar. Diskli jamlagichlar. Skanerlar. Modemlar va faksmodemlar. 
Kompyuterda ma'lumotlarni tashkil etish va saqlash. 
Axborot o’lchov birliklari. 
Yacheykalar. Fayllar. Kataloglar. 
4- bob. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta'minoti 
Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta'minoti va uning turlari. 
Tizimli dasturiy ta'minot. 
Operatsion tizim. Drayverlar. 
MS DOS operatsion tizimi. MS DOS da fayllar va kataloglar bilan ishlash. 
Tarmoq operatsion tizimi. 
Amaliy das-turiy ta'minot (ADT). Umumiy maqsadii ADT. Ofis ADT. 
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari. SASE-texnologiyalar. 
5- bob. WINDOWS operatsion tizimi 
WINDOWS operatsion tizimi haqida ma'lumot. 
WINDOWS operatsion tizimining ish stoli. 
Masalalar paneli. 
WINDOWSning oynalari va ularning turlari. 
Bosh menyu va uning bo’limlari. 
"Mening kompyuterim" ilovasi. 
Uskunalar paneli va undan foydalanish. 
Jildlar va ularni tashkiJ etish. 
"Boshlovchi" ilovasi va u bilan ishlash. 
6- bob. Kompyuterda grafik ob'ektlar bilan ishlash asoslari 
Grafik ob'ektiar haqida ma'lumotlar. 
Kompyuterda grafik ob'ektlarni tasvirlash usullari. 
Kompyuter grafikasi tushunchasi. 
Paint grafik muharriri haqida ma'lumot. 
Paiiu muharriri bosh menyusining bo’limlari. 
Grafik tasvirlar hosil qilish. 
Grafik tasvirlar ustida amallar. 
Paini grafik muhurririning qo’shimcha imkoniyatlari. 
7- bob. WORD matn muharriri 
WORD matn muharriri va uning imkoniyatlari. 
WORD matn muharriri interfeysi oynasining tuzilishi. 
Hujjatlar yaratish. 
Hujjatlarni saqlash. 
Hujjatlarni chop etish 
Hujjatlarni taxrirlash. 
Matnni formatlash. 
Matnga qo’shimcha ma'lumotlar kiritish. 
Jadvallar yaratish. 
8- bob. Elektron jadvallar 
Elektron jadvallar haqida umumiy ma'lumotlar. 


EXCEL jadval protsyessori. 
Elektron jadvalning asosiy elementlari. 
Ilovalar oynasining asosiy elementlari. 
Ishchi hujjatlar bilan ishlash. 
Ma'lumotlar bilan ishlash. 
Formulalar bilan ishlash. 
Ma'lumotlarni o’tkazish. 
Funksiyalar bilan ishlash. 
Diagrammalar bilan ishlash. 
9- bob Kompyuterda taqdimot yaratish asoslari 
Taqdimot (prezentatsiya) tushunchasi. 
Taqdimot yaratish dasturlari. 
Power Point dasturi haqida umumiy ma’lumotlar. 
Dasturning asosiy oynasi elementlari. 
Dasturning ish rejimlari. 
Power Pointda taqdimot yaratish. 
Slaydlar yaratish. 
Taqdimot ustida ishlash. 
Maxsus effektlar va ularni o’rnatish. 
Animatsiya va animatsion effektlar. 
Power Point dasturining qo’shimcha imkoniyatlari. 
3. AMALIY MASHGULOTLAR VA LABORATORIYA ISHLARI UCHUN 
TAXMINIY MAVZULAR: 
1. Shaxsiy kompyuterlarning texnik qurilmalari bilan ishlash; 
2. Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti bilan tanishish; 
3. Windows operatsion tizimi ish stoli elementlari bilan ishlash. 
4. Oynalar bilan ishlash; 
5. Bosh menyu bo’limlari bilan ishlash; 
6. Jildlar bilan ishlash; 
7. "Boshlovchi" ilovasi bilan ishlash; 
8. Paint grafik muharriri bilan ishlash;
9. Paint grafik muharririning qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanish; 
10. Wordda hujjatlar yaratish va saqlash 
11. Hujjatlarni tahrirlash va chop etish; 
12. Hujjatlarni formatlash va qo’shimcha ma’lumotlar kiritish; 
13. EXSEL ilovalar oynasining asosiy elementlari bilan tanishish; 
14. Ishchi hujjatlar yaratish; 
15. Formulalar bilan ishlash; 
16. Funksiyalar bilan ishlash; 
17. Diagrammalar bilan ishlash; 
18. Power Point dasturini asosiy oynasining elementlari bilan ishlash; 
19. Power Pointda slaydlar yaratish; 
20. Animatsion va maxsus effektlar o’rnatish. 
‘quvchilar jamoasini o‘rganib chiqish, ularning qiziqishlari, intilish va 
xohishlarini, istaklarini inobatga olgan holda darslarni tashkil etish yoki 


o‘quvchilarning o‘quv–biluv faoliyatini maqsadli yo‘naltirish bilan o‘quv 
materiallarini o‘zlashtirishning ta'minlanishini bugungi kun maktab amaliyoti 
ko‘rsatmoqda. Ma'lumki, darslarni tashkil etish va dars davomida o‘quvchilarning 
faolligini ta'minlash uchun avvalo o‘quvchilardagi o‘quv–biluv motivlarini 
inobatga olish yoki ularning fanga bo‘lgan motivlarini shakllantirish zarur. Bunga 
asosiy sabab o‘quvchilardagi o‘quv – biluv motivlari, umuman, motivlar 
faoliyatning tayanch asosini tashkil etishidadir.
Motivlar – didaktik jarayonining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. 
Harakatlantiruvchi motivlarni o‘rganish, to‘g‘ri qo‘llash va uni to‘g‘ri yo‘naltira 
olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi. 
Motiv va uning nazariy mazmun va mohiyati yuzasidan ko‘plab ilmiy 
tadqiqotlar olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivga turli ta'riflar keltirilgan 
bo‘lib, ular quyidagicha: 
Motiv
– 1) insonni o‘qishga yoki muayyan harakatlarni bajarishga undovchi 
turli sabablar yig‘indisi; 2) o‘quvchining ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan 
bog‘liq faoliyatga moyilligi
1
.
Motiv
– insonni o‘qishga yoki biror harakatlarni bajarishga undovchi turli 
sabablar yig‘indisi. Salbiy motiv – bu majburlab o‘qitish, lekin bunda 
o‘quvchining o‘qishga nisbatan qarshiligi hamma harakatlarimizni yo‘qqa 
chiqaradi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish