Mikroprosessor
Mikroprosessor (MP) ShK ning markaziy bloki bo‗lib, u mashinaning barcha
bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni
bajarish uchun mo‗ljallangan.
Mikroprosessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (Bq): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar
bajarilaѐtgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilaѐtgan amal
ishlatadigan
xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi;
boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy
amallarni bajarish uchun mo‗ljallangan (ShK larning ba‘zi modellarida amallarni bajarilishini
tezlashtirish uchun qo‗shimcha matematik soprosessor ulanadi).
Mikroprosessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining yeng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda
bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, ѐzish va uzatish uchun mo‗ljallangan; MPX
registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta‘minlash uchun ishlatiladi, negaki
asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprosessorning samarali ishlashi uchun kerak bo‗lgan
ma‘lumotni ѐzish, qidirish va o‗qish tezligini har doim ham ta‘minlayvermaydi. Registrlar — turli
xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka yega bo‗lgan va
tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o‗laroq,).
Mikroprosessorning interfeysli tizimi ShK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish
uchunmo‗ljallangan, u o‗z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-
chiqarish portlarini (KChP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
Interfeys (interfase) — kompyuter qurilmalarini o‗zaro moslash va aloqa qurilmalari to‗plani bo‗lib,
ularning o‗zaro samarali ishlashini ta‘minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo‗lib,
mikroprosessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko‗p jihatdan uning ishlash tezligini
aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma‘lum taktlar soni davonida
bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |