O‘qitish materiallari to‘plami tarkibi


regEdit oynasini ishga tushurish



Download 10,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/211
Sana01.01.2022
Hajmi10,58 Mb.
#290128
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211
Bog'liq
Raqamli multimedia axb nashr qilish 11 texn

regEdit oynasini ishga tushurish.  
  
Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to‗plamiga kiruvchi, regEdit 
dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regEdit ni bajaring 
buyrug‗ini kiriting ( Pusk\Vыpolnit\ regEdit) va OK tugmasini bosing.  
Dasturni darchasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma 
(struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo‗ladi, o‗ng tomonda esa, 
belgilangan (aktiv) bo‗limda joylashgan kalitlar ro‗yxati chiqadi. Redaktor yordamida 
qiymatlarni to‗g‗rilashingiz, reestrni import va eksport qilishingiz hamda qidiruvni amalga 
oshirishingiz mumkin. Reestr oltita bo‗limdan iborat. Har bir bo‗lim, darchaning chap 
qismida joylashgan va papka belgisi ko‗rinishiga ega bo‗lgan qism bo‗limlarni o‗z ichiga 
oladi. Reestr daraxtning chekli elementi–bu, uch tipga bo‗linadigan kalitlardir:  

satrli (masalan, ":\Windows");  

ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal  uzunligi 16 Kbayt;   

DORD.  Bu  tipdagi  kalit  4  baytdan  iborat  bo‗lib,  o‗n  oltilik  va  o‗nlik  ko‗rinishda  aks  etadi 
(masalan, 0x00000020 (32)-qavsni ichida kalitning o‗nlik qiymati ko‗rsatilgan).  
Endi joriy bo‗limlarni ko‗rib chiqamiz, aniqrog‗i, ular qanday ma‘lu-motga ega. Tartib 
bo‗yicha boshlaymiz:  
HKEY_LASES_ROOT. Bu bo‗limda Windowsda qayd etilgan fayllar tiplari, shuningdek, , 
OLE va drag-and-drop operatsiyasi to‗g‗risida ma‘lumot-lar mavjud.   
HKEY_URRENT_USER. Bu yerda, Windowsga kirgan foydalanuvchi qobig‗ini 
sozlatuvchilar joylashgan (masalan, ―Pusk‖ menyusini, Ish stolini). Bular 
HKEY_USER\name qism bo‗limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu yerda, name-
Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda Kompyuterda bitta 
foydalanuvchi ishlasa va Windowsga doimiy kirish ishlatilsa, unda bo‗lim qiymatlari  
 
HKEY_USERS\.  
DEFAULT  
qism  
bo‗limdan  
olinadi.  
HKEY_LOAL_MAChINE. Bu bo‗lim kompyuterga tegishli, drayverlar, dasturiy ta‘minotni 
o‗rnatish va HKEY_USERS sozlash ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi.   
  


  
  
Hamma foydalanuvchilar uchun Windows qobig‗ini ham o‗z ichiga oladi. Avval 
aytilgandek, aynan shu bo‗limdan HKEY_URRENT_USER bo‗limga ma‘lumotlar 
nusxalanadi. Barcha HKU (HKEY_URRENT_USER)dagi o‗zgarishlar avtomatik ravishda 
HKU ga o‗tadi. HKEY_URRENT_ONFIG. Bu bo‗limda Plug&Play qurilmasining va 
apparat vositalari o‗zgaruvchan bo‗lgan Kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida ma‘lumot 
joylashadi. HKEY_DYN_DATA. Bu yerda esa foydalanuvchining kompyuterda o‗rnatilgan 
qurilmalari haqida dinamik ma‘lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo‗limga tegishli ma‘lumotlar 
Boshqaruv panelidan chaqirilgan,  
"Svoystva Sistemы" (―Tizim xususiyat(xossa)lari‖) darchasidagi "Ustroystva" ilovasida aks 
etadi. Bu bo‗limdagi ma‘lumotlar amaliy tizim yordamida o‗zgartiriladi. Shunday ekan, qo‗l 
yordamida, ba‘zi birlarini o‗zgartirish tavsiya etilmaydi. HKEY_URRENT_USER va 
HKEY_LOAL_MAChINE bo‗limlari katta imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy 
tizimni lozim bo‗lgan ko‗rinishga olib keladigan sozlanishlar saqlanadi.  
Reg-fayllar tuzilmasi. Reg-fayl–bu, o‗ziga xos tuzilmaga ega bo‗lib, reestrga o‗tadigan 
ma‘lumotni, o‗z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan ishlash imkoniyati 
bo‗lmasa, unda reestrni to‗g‗rilash usulidan biri reg-faylni yaratish va boshqa joyga o‗tkazish 
usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta DOSDagi himoyalangan rejimiga o‗tish va boshqa 
dasturlardan foydalanish mumkin, lekin bular hammasi murakkabroq bo‗ladi va asosan, uzoq 
vaqtda bajariladi).   
Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o‗ziga xos talablar qo‗yiladi.  
Faylning birinchi satrida, albatta, quyidagilar kiritilishi lozim:  
REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry editor Version  
5.00 (Windows 2000/XPgf uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin.   
Birinchi qatorda bundan tashqari hech narsa bo‗lmasligi kerak. Bu matndan so‗ng, 
keyingi qatorda Albatta bo‗sh qator bo‗lishi kerak. So‗ngra, ba‘zi bir parametrlarni 
o‗zgartirish yoki kiritish lozim bo‗lgan reestr bo‗limini ko‗rsatish zarur. Bo‗limning nomi 
kvadrat qavslarga […] olinishi shart. Har bir qatorda qo‗shiladigan parametrlar bittadan 
yoziladi. Agarda, bir necha bo‗limlarga 
o‗zgartirishlar kiritmoqchi bo‗lsangiz, 
unda oldingi bo‗limning oxirgi 
parametri va keyingi bo‗limning nomi 
orasida bo‗sh qator qoldirish lozim.   

Download 10,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish