Protsessor va xotira modulining siljishi. Protsessor va xotira moduli elektr ta‘minot manbayi
yonida joylashgan va bitta ventilator yordamida sovutiladi. Bu o‗z o‗rnida protsessor uchun maxsus
ventilatordan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi. Katta passiv issiqlik qaytargich uchun ham joy
bor. Protsessorni va issiqlik qaytargichni o‗rnatish uchun ajratilgan joyning balandligi taxminan 70
mm (2,8 dyuym) dir.
Kiritish-chiqarish ichki razyomlarining joylashuvi. Bu razyomlar egiluvchan va qattiq diskli
jamlagichlar uchun bo‗lib, jamlagichlar ichki kabellarining uzunligini kamaytirish uchun shu
jamlagichlarning yonida joylashgan bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |