Ta’limiy yozma ishlar o‘quvchilarga o‘tilgan mavzularni mustahkamlash, fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, bilimlarni chuqurlashtirish kabi vazifalarni bajarsa,
tekshiruv yozma ishlari o‘quvchilar bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash va ularni to‘ldirish hamda baholash, berilgan bilimlarni mustahkamlashni ta’minlovchi ta’limiy shartlardan biri hisoblanadi.
Nazorat ishi o‘quvchilarni fanlardan o‘rganilgan bilimlarni qanday o‘zlashtiriganliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Tekshiruv yozma ishlari o‘quv dasturlarining tegishli bo‘limi tugallangandan so‘ng va chorak yakunida o‘tkaziladi.
O‘qish fani Davlat ta’lim standartida umumiy ko‘rinishda berilgan tayanch komptensiyalar A1 va A1+ darajaga ajratib berildi. Har bir sinfning boshida o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan shu sinfga xos tayanch komptensiya elementlari berildi. Har bir sinfda o‘rganiladigan bo‘lim va mavzular nomlari hamda ularga ajratilgan soatlar ko‘rsatildi. Bunda har bir bo‘lim mazmuni va fanga oid komptensiyalar elementlari ochib berildi. O‘qish fanining xususiyatidan kelib chiqib o‘quvchilarda fanga oid kompetensiyalar elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishi hamda o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, takrorlash soatlari ajratildi. A1 va A1+ (1-4-sinf) yakunida o‘quvchilarda shakllangan tayanch hamda fanga oid kompetensiyalar elementlari keltirildi.
«O‘qish kitobi» darsliklaridagi savol-topshiriqlarni o‘quvchilarni izlanishga o‘rgatish jihatdan quyidagi guruhlarga bo‘lishni lozim topdik:
1. Qayta xotirlash tipidagi savol-topshiriqlar.
2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi savol-topshiriqlar.
3. Ijodiy tipdagi savol-topshiriqlar.
4. Adabiy tushunchalarni anglash tipidagi savol-topshiriqlar.
Sinfda o‘qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O‘qish malakasini takomillashtirish. O‘quvchilarda yaxshi, to‘g‘ri o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish.
2. O‘quvchilarda kitobga muhabbat uyg‘otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga o‘rgatish, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni yetishtirish.
3. O‘quvchilarni tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning nutqini va tafakkurini o‘stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
Bu vazifalarni bajarishning aniq yo‘li, yaxshi o‘qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo‘llaridir. Matn va badiiy asarlar yuzasidan nazorat ishlarining test turlarini ishlab chiqish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o‘tilgan darslarni o‘zlashtirish darajasi to‘g‘risida, ham navbatda o‘rganilishi lozim bo‘lgan dars hajmi to‘g‘risida o‘qituvchiga axborot berish; o‘qituvchiga o‘qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat.
Matnni o‘qish va uni tushunish darajasini aniqlash bo‘yicha topshiriqlardan namunalar
Do'stlaringiz bilan baham: |