4- sinf uchun ona tili fanidan 3- chorak yakuni uchun
1.Sifatning so’roqlarini aniqlang.
A) qancha? B) nima qildi? D) qanday? E) nechanchi?
2. Felga oid so’zlarni toping.
A) zararli B) yodladi D) o’qituvchi E) tuzsiz.
3. Egalik qo’shimchalari qatorini belgilang.
A) –ning, -ni, -ga,-da, -dan. B) –chi, -la, -siz, -li, -zor, -kor, -bon:
D) -- m, -im, -ng, -ing, -si, - I, -miz, -imiz. E) -li, - siz, -dor, - kor
4. II shaxsdagi otlarni belgilang.
A) shanba B) mehringiz D) hovlisi E) murabbo
5. I shaxs ko’plikdagi otlarni aniqlang.
A) vazifamiz B) sichqon D) darslari E) bog’im
6. III shaxsga tegishli otni aniqlang.
A) qizlar B) shaftolisi D) tarjima E) yurt
7. Nuqtalar o’rniga egalik qo’shimchalaridan mosini qo’ying.
Sinf…… da a’lochi o’quvchilar ko’p.
Sayrayotgan qushcha bog’……da yashaydi.
A) –ingiz B)-im D)-imiz E)-si
8.Otlar qaysi so’z bo’lagi yordamida boshqa so’zlar bilan bog’lanadi.
A) so’z yasovchi qo’shimcha bilan B) so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha bilan
D) o’zak bilan E) asos bilan
9. Kelishiklardan qaysi birining so’roqlari to’g’ri emas.
A) bosh kelishik-- kim? Nima ? Qayer? B) qaratqich – kimning?nimaning?
D) tushum kelishigi-- kimga ? nimaga ? E) chiqish kelishigi-- kimdan?
10.Tushum kelishigidagi otlarni belgilang.
A) Lolaning singlisi B) Botirga xat D) tabiatni kuzatish E) she’r aytmoq.
11.Ciqish kelishigidagi otni belgilang.
A) televizorda ko’rmoq B) o’qituvchidan o’rganmoq
D) chiroyli gullar E) Zulfiyadan oldim
12.Narsalarning tartibini bildirgan sonlarni toping.
A) uchta nok B) sakkizinchi qavat D) besh so’m E) oltita vtarvuz
13. Olmoshli birikmani belgilang .
A) ko’rkam bog’ B) bizning sinf D) birinchi yu E) chiroyli bino
14. Kishilik olmoshlari qaysi qo’shomchalar bilan turlanadi.
A) –chi, -la, -li, - siz,-boh, -zor. B) -ning, -ni, -ga, -da, - dan
D)-m, -ng, -ngiz,-- miz. E) –chi , -kor, - dosh, -zor, - loq
15. Berilgan gapdagi bosh bo’laklarni aniqlang.
Bolalar bog’da pishib yetilgan mevalarni termoqdalar.
Bolalar termoqdalar B) pishib yetilgan
D) mevalarni E) bog’da
16. Gapning bosh bo’laklarini belgilang.
A) ot,sifat B) olmosh D) ega, kesim E) son, fel
17.Sifatlarning ma’no turlari nechta?
A) 4 ta B) 5 ta D) 3 ta E) 6 ta
18. Qaysi qatorda ko’chma ma’noda qo’llangan sifatlar berilgan?
A) yaxshi bola B) qalin o’rtoq D) chiroyli qiz E) qizil gul
19. Xil- xususiyat bildiruvchi sifatlar qatnashgan gapni aniqlang.
A) pak-pakana bo’yi bor,yeti qavat to’ni bor.
B) Oyko’lning suvi ko’m-ko’k va shirin.
D) U soda,uyatchan ,kamtargina yigit edi.
E) Dori achchiq—Ta’siri shirin.
20. Sonlar yozuvda necha xilda ifodalanadi?
A) 2 xil B) 3 xil D) 4 xil E) 5 xil
21. Quyidagi qo’shimchalardan qaysi biri tuslovchi qo’shimchalar hisoblanadi? A) egalik qo’shimchalari B)kelishik qo’shimchalari
D) shaxs-son qoshomchalari E) ko’plik qoshimchasi.
22.Qaysi qatorda sonning yozilishi bilan bog’liq xato mavjud.
A) ikkinchi sinf B) 1- sentabr D) XXI-asr E) barchasi to’g’ri.
23. Tushum kelishigi qo’shimchasi otni qaysi so’z turkumiga bog’laydi?
A) otga B) sifatga D) fe’lga E) songa
24. Qaysi qatorda ot yasovchi qo’shimchalar berilgan?
A)-dan, - da, - ga B) -chi, - ning, - ni
D) - kor, -q, -k E) - zor, -dosh, -ga
25. Berilgan gapdagi sifatning ma’no turini aniqlang.
Qishloqqa egri-bugri yo’llar orqali kirib bordik.
A) hajm B) shakl D) xil-xususiyat E) maza-ta’m
Do'stlaringiz bilan baham: |