I qism. Bog'lanishli nutq. „Tipratikanlar" rasmi bo'yicha hikoya qilish. Dastur mazmuni. O’quvchilarning yovvoyi hayvonlar (tipra-tikanlar)
to'g'risidagi mavjud bilimlaridan foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o'rgatish.
qism. Lug'at ishi. Topishmoqlarni topish.
Dastur mazmuni. O’quvchilarni topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o'rgatish.
qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, tovushlarining to'g'ri talaffuzini mustahkamlash.
Darsning mazmuni. tovushlarining to'g'ri talaffuzini aniqlash, mustahkamlash, fonetik idrokni o'stirish, tovushlari bo'lgan so'zlarni aniq va cho'zib talaffuz etishga o'rgatish.
Mashg'ulotning borishi. O’qituvchi o’quvchilarga tipratikan haqidagi she'rni aytib beradi.
So'ngra o’qituvchi so'raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan?" (Ignalar bilan.) „Tipratikan qanday?" (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi:
Tikuvchimas, bichuvchimas,
Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan.
So'ng shu topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan" deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yowoyi hayvon uni yemoqchi bo'lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo'lsak, ignalarini qo'limizga sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo'lmaydi, tikanli.)
Yana bitta topishmoq aytadi:
„Ignalarini o'zi bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaycli".
O’qituvchi so'raydi: Nima uchun „Tikishni bilmaydi" deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignalari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar nimasi bilan o'xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.)
O’qituvchi „Tipratikanlar" rasmini („Yovvoyi hayvonlar" seriyali rasmlardan) ko'rsatadi. O’quvchilarga uni diqqat bilan ko'rib chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan nima qilyapti? Tipratikan o’quvchilari-chi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin?" Javoblarni tinglaydi va o’quvchilarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm yuzasidan bir o’quvchining hikoyasi:
„Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan. Kunlar-dan bir kuni ular o'tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni ko'rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo'ng'izga
qarab o'yiashibdi, bu kim ekan, bitta tipratikancha esa xuddi koptokka o'xshab, dum-dumaloq bo'lib olibdi. Qo'ng'iz yiqilib tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug'ini ichkariga yashirdi".
Ikkinchi bir o’quvchining hikoyasi: Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Ona tipratikan bilan tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog'ga borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtni ko'rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni ko'rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron".
Do'stlaringiz bilan baham: |