«Maqollar tilsimi» o‘yini multimedia ilovasidan foyda-
lanib o‘tkaziladi.
Ushbu o‘yinda o‘quvchilar ketma-ket almashib kelayotgan
maqollardagi tushib qolgan so‘zlarni berilgan jadvaldagi so‘zlar
orasidan belgilaydilar. agar maqoldagi so‘z to‘g‘ri belgilansa,
so‘z orqasidagi rasm qismi ochiladi va navbatdagi maqol matni
beriladi. o‘yin so‘nggida xalq og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan er-
takdan parcha namoyish etiladi.
V. Darsga yakun yasash va baholash.
o‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar
bilan murojaat etiladi:
1. bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
2. darsda nimalarni bilib oldingiz?
3. qo‘shiqlar inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
o‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, dars yakunlanadi.
o‘quvchilarning darsdagi faoliyati tahlil qilinib, baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |