Darslarni texnologik xarita asosida tashkil etish
darsga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida dars loyihasini, ya’ni
texnologik xaritani tuzib olish maqsadga muvofiqdir.
har bir mavzu, har bir dars bo‘yicha tuzilgan texnologik xarita
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga dars jarayonini yaxlit holda tasav-
vur etishga, dars maqsadidan tortib, erishiladigan natijani ko‘ra
olishiga yordam beradi.
texnologik xarita o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan
kelib chiqqan holda tuziladi. bu esa o‘quvchini shaxs sifatida
ta’limning markaziga olib chiqishga, pirovard natijada ta’lim sa-
maradorligini oshirishga imkon beradi.
o‘quv jarayonida o‘quvchilarga shaxs sifatida qaralishi, peda-
gogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi
o‘quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masa-
laga ijodiy yondashishga, mas’uliyatni his qilishga, «o‘qish» fa-
nini o‘rganishga qiziqishlarining ortishiga umuman, bilim olish
uchun intilishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |