hayot-m am otlari shunga bog'liq edi. Bu laqqa go'sht, uni vahim ali
gulxan ham , uchar palyonlar ham hirnoya qilm asdi. Ayri tuyoqlar bilan
sershox muguzlar bo'rilarga tanish, ilgari ham xo'p to'qnashgan edilar.
Shuning uchun ehtiyotkorlik va bo'rilarga xos sabr-toqatni yig'ishtirib
qo'yib bug'uga tashlanishdi. Qaqshatqich olishuv shiddatli tus oldi.
Ular bug'uni to'rt tom ondan qurshab oldilar. Bug'u zalvorli tuyoqlari
bilan tepib, bo'rilarning qornini yorib tashlar, boshlarini yon g'oq d ek
chaqar, bahaybat muguzlari bilan abjaqlarini chiqarardi. Bug'u qorga
ag'anab, ularni tagiga olib piypalar, biroq baribir uning kuni bitgan
edi. N ih oy at, u tizzalab qoldi. U rg'ochi bo'ri vahshiylarcha uning
bo'g'ziga zulukdek yopishdi, boshqa bo'rilar esa hali jon i uzilm agani
va ham on qarshilik qilishga urinayotganiga qaramay tilka-pora qilib
yem oqqa tutindilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |