qari b o ’ri irillab tishlarini g'ijirlatar va o'sha zahoti u nin g ta ’zirini
berib qo'yardi. Lekin ba’za n -b a ’zan yosh bo'ri tixirlik qilib u bilan
urg'ochi bo'rining orasiga suqilib kirardi. Bunaqa nayrangi ikki, hatto
uch tarafdan qarshilikka uchrardi. U rg 'o ch i b o ’ri irillay b osh lad i
deguncha, qari b o ’ri keskin o'girilib yosh bo'riga tashlanardi. B a’zan
unga qo'shilib urg'ochi bo'ri ham tashlanib qolar, gohida esa ularga
so'l tom ond agi sardor ham qo'shilardi.
U ch nafar darg'azab bo'rining tahdidona ochilgan og'zin i ko'rgan
yosh bo'ri shashtidan qaytib to'xtar, so'ng cho'nqayib o'tirar va hurpayib
tishlarini g'ijirlatar edi. T o'da yetakchilari o'rtasida qo'zg'algan nizo
orqada kelayotgan boshqa bo'rilarga ta ’sir qilm ay iloji yo'q edi. Ular
ham yosh bo'riga yop ish ib ketishar, undan norozi bo'lib biqini va
korsonini g'azab bilan tishlashardi. Shunday paytda u nim a qilarini
Do'stlaringiz bilan baham: |