quloq solm ay va qal’aga bostirib kirmoq uchun besamar urinishlari ustidan
kulganday pinagini buzmas, ahyon-ahyon o'yinni to'xtatib quloq solib
qo'yardi. Keyin — tushi haddan tashqari g'alati edi, bir nima qarsilladi.
Eshik lang ochilib, xonaga bo'rilar bostirib kirdi. Ular Genri bilan ta’minot
boshlig'iga tashlanishdi. Eshik ochilishi bilanoq uvillagan ovoz chidab
bo'lm aydigan darajada kuchaygan edi. U ning tushi birdaniga boshqa
yo'nalishda davom etdi. Genri nim a bo'layotganini anglayolm as, chunki
bir daqiqa tinm ayotgan uvillash nim a gapligini aniqlashga xalal berardi.
A loha, u xuddi tushdagi kabi uvillashlar-u, irillashlardan uyg'onib
ketdi. Bir gala bo'ri baravariga unga tashlanishdi. B o'rilardan biri
bilagidan tishlashga ulgurdi. G enri gulxan o'rtasiga sakradi, sakrash
barobarida boldiriga o'tkir tishlar g'archcha botganini sezdi. A yovsiz
Do'stlaringiz bilan baham: |