g'ulik qo'yniga xavotir ichida qaray-qaray yo'lda davom etdi.
Oradan bir soat o ‘tgach, Bill chanani quvib yetdi.
— Juda ko'payib k etishibdi, — dedi u, — h am m ayoq d a izg'ib
yurishibdi, lekin bizni ham ko'zdan qochirmay qadam-baqadam ergashib
kelishyapti. Chamasi qochib ketolm asliginiizga ishonch hosil qilishgan.
— Y a ’ni, ular bizni qochib qutulolm aydi deb o ‘ylasharkan-da, —
dedi G enri.
Bill uning nim a dem oqchi ekaniga ahamiyat bermadi.
— Bir xillarini ko'rdim — qoq suyak! U chta itimizni aytmasa, anchadan
beri ularga hech narsa uchramagan shekilli. Juda ko'pchilik, uchta it
urvoq ham bo'lmagan. Shunchalik oriqlab ketishganki, qovurg'alari sanalib
turibdi. Qisqasi, sillasi qurigan hammasini. M eni aytdi dersan, bu ahvolda
qo'rquvni ham unutishadi, ana unda hushyor bo'lish kerak.
Bir necha daqiqadan so'ng ch an anin g ortida kelayotgan G enri
Do'stlaringiz bilan baham: |