atrofga alangladi. O na bo'ri o'kirib atrofga qutqu solib kelardi, u
bolasining zorlanishini eshitib yordamga oshiqardi.
Ona bo'ri ilkis odamlarga tashlandi. U quturib ketgan, hech narsadan
toym as, vajohati o'ta dahshatli ham da vahshiyona edi. Lekin uning
xaloskorona yangragan qahr-g'azabi bo'ri bolasini quvontirib yubordi.
U quvonchdan chiyillab yubordi va onasiga peshvoz yugurdi, odamlar
esa bir necha qadam chekinishdi. Ona b o ‘ri bolasi bilan odamlar o'rtasida
turib oldi. U ning junlari hurpaygan, b o ‘g ‘zida vahshiyona irillash qaynab-
toshardi.
Birdan hindulardan biri qichqirib yubordi:
— Kichi!
Bu xitobda hayrat ohanglari yangradi.
B o ‘ri bolasi bu ovozdan onasining qunishib olganini payqadi.
— Kichi! — deya yana qichqirdi hindu, bu safar keskin va am rona
ohangda.
Do'stlaringiz bilan baham: |