gan bo'lib, yelkasini unga tutib berdi, am m o urg'ochi bo'ri ko'nm adi —
uning duch kelgan yerini tishlab tashlayverdi. Yarashishdan umidini uzgan
Birko'z pirovardida uning hamlalariga chap berishga tushdi. O ra-chora
dam u yelkasini, dam bu yelkasini tutib berishdan boshqa iloj topolm adi.
Q uyon esa ham on havoda koptokdek likillab yotardi. U rg'ochi bo'ri
qorga ch o 'n q a yd i, sirli archadan ko'ra sherigidan ko'proq xavotir
olayotgan Birko'z yana sakradi. Q uyonni changallab yerga tushgach, u
yakka-yu yagona k o'zi bilan daraxtga tikilib qoldi. Daraxt yana keskin
egildi. Bo'ri hozir qarsillatib uriladi, degan xavotirda g'ujanak bo'lib
oldi, lekin o'ljasini qo'yib yubormadi. A m m o , kutganidek daraxt kelib
urilmadi, aksincha boshi uzra egilgan ko'yi turaverdi. Bo'ri o'rnidan
jilsa archa ham jilar, va u tishini-tishiga bosib irillardi, jim yotganda
Do'stlaringiz bilan baham: |