uchun havoni iskayverdi. U rg'ochi bo'ri ham havoni iskab ko'rdi-da,
yo'ldosh iga dalda bergan kabi o ld in g a o'tib yo'l boshladi. H am on
betoqat bo'layotgan Birko'z noiloj u nga ergashdi, am m o dam -badam
to'xtab, xavotir ichida sham olni iskar edi.
U rg'ochi bo'ri daraxtlar orasidan yurib borib, sekin-asta hayhotdek
yalanglikka chiqdi. Bir necha daqiqa o'sha yerda yolg'iz o'zi turdi, so'ng
ham on bir nim adan hadiksirayotgan B irko'z yoniga keldi. Ular atrofga
birga ko'z yugurtirib, quloq solib, havoni iskagancha anchagacha turishdi.
Itlarning hurishi, erkaklarning o'dag'aylashi, xotin-xalajning shang'il-
lagani va go'daklarning chinqirib yig'lagani eshitildi. Yalanglikdan ularga
charm qoplangan ulkan vigvamlar, gulxan shu'lasida g'imirlab yurgan
odam lar va sokin havoda o'rlayotgan tutun ko'rinardi, xolos. A m m o,
dim oqlariga hindularning qishlog'idan Birko'zga nom a'lum , urg'ochi
Do'stlaringiz bilan baham: |