bamisli arining inidek tinim siz g'o'ng'illar, vizillar, bir dam tinchim asdi.
Yangi-yangi tovushlar uni cho'chitar, tashvishga solar edi.
Oq S o'yloq vigvamlar orasida u yoqdan-bu yoqqa yurayotgan va
ko'zdan g'oyib bo'lib yana paydo bo'layotgan odam larni tom osha qilib
yotardi. X uddi odam lar o'zlari yaratgan ilohlarga iltijo bilan term ulgani
kabi Oq S o'yloq ham ularga shunday termulardi. U odam larni xudodek
ko'rardi. Inson xudodan deb bilgan mo'jizalar, kuch-qudrat, Oq So'yloq
uchun ularning har bitta xatti-harakatida namoyon bo'lardi. Ular cheksiz,
misli ko'rilmagan qudratga ega edilar. Ular borliq olam ning hukmdorlari
edi. Qimirlagan jon borki, insonga tobe; jonsiz narsalarga jon ato etishga
qodir, ular qurigan yo'sin va shox-shabbaga jon baxsh etguvchi, qaysiki
quyosh rangini eslatuvchi mavjudotni yaratuvchi zot! Ular olo v yarat-
ganlar! Ular qudrat sohiblaridir!
Do'stlaringiz bilan baham: |