bo'ri bolasi bilan kuchuk payt poylab bir-birining atrofida aylana boshladi.
Bu juda uzoq davom etdi. Oq So'yloqqa bu o'yin hatto yoqdi. Tuyqus,
Lip-Lip o'qdek otilib bo'ri bolasini g'archcha tishladi-da, chetga sakradi.
Oq So'yloqning yelkasidagi silovsin g'ajib tashlagan jarohati hali bitmagan,
suyaklari hamon zirqirab og'rirdi. Lip-Lip xuddi o'sha yerini tishlagan edi.
Oq So'yloq kutilmagan hamladan va og'riqning zo'ridan uv solib yubordi
va o'sha zahoti jon-jahdi bilan Lip-Lipga tashlandi.
Lip-Lipning hindular qarorgohida tug'ilgani va boshqa kuchuklar
bilan san-sanoqsiz urishgani bekorga ketmagan edi. U ning nisbatan
maydaroq, lekin o'tkir tishlariga dosh berolmay Oq So'yloq sharman-
dalarcha onasining yoniga qochib qoldi. Bu Oq So'yloq bilan Lip-Lip
o'rtasidagi birinchi to'qnashuv edi, istiqbolda ularni hali ko'p to'qna-
shuvlar kutar, chunki ikkovi ham bir-birini ilk bor ko'rgan onlardanoq
Do'stlaringiz bilan baham: |