Shunda bo'ri bolasi balodan qo'rqm aydigan onasining yerga yotib
olib dum ini likillatgancha yalinchoq ohangda chiyillaganini ko'rib hech
narsaga tushunm adi. U sarosimaga tushdi. U yana odam zoddan qo'rqa
boshladi. Sezgisi uni aldamayotgandi. Onasining xatti-harakati ham buni
tasdiqlab turibdi. U ham odam larga itoat etmoqda!
«Kichi!» deb baqirgan inson urg'ochi bo'rining yoniga keldi. U
kaftini uning boshiga qo'ygan edi, urg'ochi bo'ri yanayam yerga qapishib
oldi. U insonni tishlash u yoqda tursin, bunga harakat ham qilib ko'rmadi.
Qolgan to'rt nafar hindu kelib, ushlab, siypalay boshlashdi. Kichi yo'liga
bo'lsin qarshilik qilm adi. Bo'ri bolasi odamlardan ko'z uzmasdi. Ular
bir nimalar deb baqirishar, lekin og'zilaridan chiqayotgan tovushda
tahdidli biron nima sezilm asdi. Bo'ri bolasi onasining pinjiga suqulib
oldi-da itoat etishga qaror qildi, lekin uning junlari baribir hurpayib
turardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |