yangi ekaniga ishonch hosil qilgach, qorda yotib izlar ketgan tom onga
uzoq tikildi. S o'n g asta ortiga burilib o 'n g qo'ldagi irmoq yoqalab
yo'lga tushdi. Izlar o'zidan xiyla yirik hayvonning izlari edi — bo'ri uni
ta ’qib etish befoyda ekanini sezdi.
Shu asno yana yarim mil yurgach, bo'ri allaqanday g'ijirlagan
tovushni ilg'ab to'xtadi. Yaqinroq pusib bordi-da, orqa oyoqlarida turib
tishlarini daraxtga ishqayotgan jayraga ko'zi tushdi. Birko'z ishi o'ngidan
kelmasligiga ko'zi yetsa ham orqa tarafidan sekin jayraga yaqinlashdi.
K o'p d an beri S h im o ld a jayralarga y o 'liq m a g a n ed i. G arch i um ri
davom ida bir marta go'shtini tatib ko'rmagan bo'lsa ham, bunday vahshiy
yirtqichlarning fe’lini yaxshi bilardi. Lekin hayot unga baxt yoki soddaroq
aytganda om ad nima ekanini o'rgatgan edi. Shuning uchun u jayrani
Do'stlaringiz bilan baham: |