«La ’nati bo ‘ri hech narsa qilmay qo ‘ydi. Suv ham ichmayapti, juda
shashti past. Itlar unga y o ‘l bermay qo'yishdi. Sizni qayerga ketganin-
gizni bilgisi kelyapti, men unga tushuntirib berolmayman. 0 ‘lib qolmasa
deb qo'rqaman».
Mett aldamayotgan edi. U nihoyatdaezilib ketgan, hech narsa yemas,
o'ziga tashlanib qolgan itlarga qarshilik ko'rsatm asdi. K un-uzzukun
ham m a narsani unutib pechka yonida yotar, ovqatga qayrilib qaram as,
M ett bilan ishi bo'lm as, yotgani-yotgan edi. M ett uni erkalashga urinib
ko'rdi, baqirib ko'rdi — foydasi bo'lm adi. Oq So'yloq xira tortgan
ko'zlarini ochib qarar, so'ng yana shilqillab, boshini old panjalariga
qo'yib olardi.
Bir kuni kechqurun Mett stolda kitob o'qib o 'tira r ekan, birdan Oq
So'yloqning zorlanib g'ingshigani diqqatini bo'ldi. Oq So'yloq quloq-
larini ding qilib, eshikka qadalib qoldi. Bir daqiqa o 'tar-o 'tm as M ett
qadam tovushlarini ilg'adi, eshik ochilib U idon Skott kirib keldi. U lar
quchoqlashib salomlashishdi. Keyin Skott atrofga alangladi:
— Qani bo'ri! — deb so'radi u hayajonlanib.
Oq So'yloq pechkaning yonida turardi. U birdan o'zini otm adi,
boshqa har qanday it shunday qilgan bo'lardi, balki xo'jayinidan ko'z
uzmay turaverdi.
— Ana xolos! — deya qichqirayozdi Mett. — Dumini likillayotibdimi?!
Uidon Skott xona o'rtasiga chiqib Oq So'yloqni chaqirdi. Oq So'yloq
unga o'zini otmadi lekin o'sha zahoti yoniga bordi. U qim tinib-tortinar,
ko'zlarida yangi — g'ayrioddiy bir ifoda paydo bo'ldi, m ehr va sadoqat
nurlari ila yoshlandi.
— Siz yo'g'ingizda menga bir marta bo'lsin bunaqa qaramagandi, —
dedi Mett.
Uidon Skott uning gapini eshitmadi. Oq So'yloq qarshisida chordona
qurib o'tirdi-da, quloqlarining orqasi, bo'yin-yelkalarini asta silab, erkalay
boshladi, orqasiga beozorgina qoqib-qoqib qo'ydi. Bunga javoban Oq
So'yloq ohista irillab qo'ydi. Ammo bu hali hammasi emas. O 'zidan
ogoh qilayotgan tuyg'uning ayon bo'lishi uchun quvonch qay tariqa
yordam berdiykin?! D a fa ta n Oq So'yloq bo'ynini ch o'zib boshini
xo'jayinining quchog'iga yashirdi, bu ahvolda uning faqat ikkita qulog'i
ko'rinardi. U endi qattiqroq irillar va xo'jayinining pinjiga tobora mah-
kamroq suqilardi.
Yigitlar ko'z urishtirib olishdi. Skottning ko'zlari charaqlardi.
— Ana xolos! — deya xitob qildi lol qolgan Mett. So'ng so'zini
davom ettirdi, — men doim aytganman, bu it emas, bo'ri deb. Bag'rin-
gizga bosing yaxshilab endi.
Uni sevish va ardoqlashga o'rgatgan xo'jayini kelib Oq So'yloq juda
tez sog'aya boshladi. Kulbada u yana ikki kecha-yu ikki kunduz yotdi,
so'ng peshayvonga chiqdi. Itlar uning jasoratini unutib yuborishgan,
keyingi paytda ojiz va kasal ekanidan xabarlari bor edi — peshayvonga
chiqdi deguncha har tom ondan unga qarab huriy boshlashdi.
— Ana to 'p o lo n -u mana to'polon! — deya to'ng'illadi m am nun
qiyofada Mett ostonada turib. — Ular bilan adi-badi aytishib o'tirm a,
qashqir! Ularning bir dodini bergin. Qani, yana, yana!..
Oq So'yloq daldaga muhtoj emasdi. Suyukli xo'jayinining kelganini
o‘zi kifoya. Rangin vajo'shqin hayot yanatom irlaridajo'sh ura boshladi.
U jang chog'idagina zavq-shavqdan mast bo'lardi. Bu olishuvlarning
hammasi bir xilda, g'anim larning mag'lubiyati va urra qochishlari bilan
yakunlanardi. Itlar qorong'i tushgandan keyingina qaytib kelishar ham da
itoat etishlarini bildirib qo'rqa-pisa zorlanib g'ingshir edilar.
X o'jayinning pinjiga boshini suqib o 'z sadoqatini izhor etishni
o'rgangan Oq So'yloq bundan buyon shu odatdan tez-tez foyda-
lanadigan bo'ldi. Bu so'ngi chorasi edi, undan uyog'ini bilmasdi.
Hammadan ham u boshini ehtiyot qilar, kimda kim teginsa chidab
turolmasdi. Shimol o'lkasi shunday deb o'rgatgandi: tuzoqdan, ozor
berish mumkin bo'lgan hamma narsadan saqlan, m ana shu narsa uning
uchun qonun edi. Boshini asrash, boshini ehtiyot qilish — tabiatning
asosiy talabi edi bu. Endi bo'lsa xo'jayinning pinjiga bosh suqar ekan
Oq So'yloq o 'z ixtiyori bilan o'zini nochor ahvolga solardi. Shu orqali
u xo'jayiniga cheksiz mehri va beminnat sadoqatini namoyish etar va
bu b ilan g o 'y o : « O 'z im n i seni ix tiy o rin g g a to p s h ira y a p m a n .
Xohlaganingni qil, ixtiyor o'zingda», der edi.
K unlardan bir kun kechqurun yotishdan oldin, Skott M ett bilan
kribbej o'ynab o'tirardi.
— 0 ‘n besh-u ikki, o ‘n besh-u to ‘rt va yana ikki, — deya hisoblardi
Mett. Shunda d a fa ta n tashqaridan birovning jonholatda qichqirgani
va irillash eshitildi.
U lar bir-biriga qarab qolishdi-da, so‘ng sakrab o'rnilaridan turib
ketishdi.
— Bo‘ri bitta-yarimtasini qopdi shekilli! — dedi M ett.
Jon achchig‘ida chinqirgan ovozni eshitib ular tashqariga otilishdi.
— Fonusni ola chiqing! — deya qichqirdi Skott yugurgancha peshay
vonga chiqarkan. Mett fonusni ola uning ortidan yugurdi, fonus yoru-
g'ida qorda yuz tuban yotgan kimsaga ko‘zi tushdi. 0 ‘sha odam Oq
So'yloqning o 'tk ir tishlaridan himoya qilgandek yuz-ko'zini, boshini
qo'llari bilan to'sib olgan edi. U shunday qilishga m ajbur edi, chunki
Oq So'yloq g'azabdan quturib ketgan, qanday bo'lm asin notanish
kishining kekirdagidan olishga zo'rberardi, uning ko'k paxmoq ko'ylagi,
kamzulining yengi va ichki kiyimi parcha-parcha osilib yotar, g'ajib
tashlagan qo'lidan tinmay qon oqardi.
Skott bilan Mett buni ko'rgan zahotlari Oq So'yloqni bynidan
tortib ajratib olishdi. Oq So'yloq irillab ularning qo'lidan chiqib ketishga
zo'riqar, lekin xo'jayinini tishlamasdi, aksincha uning bitta baqirishidan
darhol uni o'chdi.
M ett o'sha kimsaning turishiga yordamlashib yubordi. O 'rnidan
turayotganda u qo'lini tushirgan edi, Mett uning shumshuk basharasini
ko'rib qichqirib yuborayozdi-da, ortiga tisarildi. Bu X ushro'y Smitt
edi. U chiroq nuridan ko'zlari qisilib atrofga alanglardi. Oq So'yloqni
ko'rib, o'takasi yorilganidan uning aft-basharasi qiyshayib ketdi.
Shu choq Mett qorda nimadir yotganini ko'rib qoldi. Fonusni yaqin-
lashtirib etigining tum shug'i bilan zanjir va yo'g'on tayoqni tepib qor
ichidan chiqardi. Uidon Skott tushunarli, degandek boshini sarak-sarak
qildi. Birontasi churq etmasdi. Mett Xushro'y Smitning yelkasidan ushlab
o ‘girdi-da ketiga qarab bir tepdi. X ushro'y Smit orqa-oldiga qaramay
qochdi.
Xo'jayini Oq So'yloqni silab-siypab o'zicha tushuntirardi:
— Seni olib ketmoqchi bo'ldimi, a? Sen bunga yo'l qo'ymagansan,
trimi?! Shunaqa gaplar, bu showoz chuchvarani xom sanagan ekan-da!
— Jon-poni chiqib ketgan bo'lsa kerak, o'ziyam, — deya iljayib qo'ydi
M ett.
Oq So'yloq hamon irillashdan to'xtam asdi, biroq, sekin-asta hur-
paygan junlari tekis bo'lib yoyildi va g'azabnok irillash q a’rida eshitil-
may qolgan beozor ohanglar yanayam tiniqlashib, tobora balandroq
eshitila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |